Samarqand viloyati
Jomboy tuman
xalq ta’limi bo’limiga qarashli
23-umumiy o’rta ta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
_Akbo’tayeva Dilafruzning
1-sinf odobnoma fanidan
ochiq dars ishlanmasi.
Mavzu: “Kim bo’lsam ekan”
Taqrizchi: Axrorova N
Tuzuvchi: Akbo’tayeva D
Uslub birlashma rahbari: Abdiyeva D
O’IBDO’: Mahmudova M
Ushbu namunaviy dars ishlanma uslub birlashmaning _-oktabr
2019 –yildagi yig’ilishida
ko’rib chiqildi.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
MAVZU: «Kim bo’lsam ekan?»
|
SOATLAR SONI: 1 soat (45 daqiqa)
|
MAVZUNING QISQACHA BAYONI:
O`quvchilarga kasblar haqida tushuncha berish.
|
O`QUV JARAYONINING AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI:
METOD:interfaol, suhbat, savol – javob, didaktik o`yinlar, tushuntirish, muammoli izlanish, munozara.
SHAKL: Noan’anaviy, kichik guruhlarda ishlash, jamoa bo`lib va individual ishlash.
JIHOZ: Kasblar haqida rasmlar, “Klaster”, “Baliq skeleti”, “Venn diagrammasi”, boshqotirmalar, tarqatma kartochkalar, turli ko‘rinishdagi non turlari, bug‘doy boshog‘i, syujetli rasmlar, sahna.
NAZORAT: dars davomida faol qatnashgan o`quvchilarni nazorat qilib borish.
BAHOLASH: O`quvchilarni dars davomida to`plagan rag`bat kartochkalariga asoslanib, baholanadi.
|
DARSNING MAQSADI:
|
a) ta’limiy – o‘quvchilarga nonning dasturxonimizga kelguniga qadar bosib o‘tadigan mashaqqatli yo‘li haqida bilim va tushuncha berish;TK1: Mustaqil fikrlashga o’rgatish.
b) tarbiyaviy – dunyoda insonlar uchun eng oliy tanlovlardan biri kasb tanlash har bir o‘quvchining muqaddas burchi ekanligini uqtirish;
d) rivojlantiruvchi – o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, o‘z fikrini to‘liq va ravon bayon eta olish, chaqqonlik, zukkolik va bilimdonlik sifatlarini rivojlantirish;
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR:
|
Darsyakunida o`quvchilarda kasblarga hurmat hissini tarbiyalash. O`quvchilarda donolik, ziyraklik, mehnatsevarlik, do`stlikni qadrlash sifatlari shakllanadi.
|
DARSJARAYONIVATEXNOLOGIYASI
|
ISHNINGNOMI
|
BAJARILADIGANISHMAZMUNI
|
METOD
|
VAQT
|
I - bosqich
Tashkiliyqism
|
O`quvchilar bilan salomla-shish.
Sinfning darsga tayyorgar-ligini aniqlash.
Navbatchi orqali sana, kun, davomat aniqlanadi.
Yil fasli haqida savol – javob o`tkaziladi.
O`quvchilar guruhlarga bo`lib olinadi.
|
Savol – javob
|
5 daqiqa
|
II - bosqich
O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkam-lash
|
O`quvchilardan mavzu so`raladi.
“Klaster” usuli orqali bilimlari sinaladi.
O`quvchilarga “Baliq skeleti” orqali bilimlari mustahkamlanadi.
O`quvchilarga mavzu yuzasidan savollar beriladi.
|
Muammoli izlanish
Didaktik o`yin
Savol – javob
|
10 daqiqa
|
III - bosqich
Yangi mavzuni bayoni
|
Kasblar– haqida ma’lumot beriladi.
Kasblar haqida she’rni ifodali o‘qish.
O’quvchilarning kasblar haqida fikrini bilish.
Mehnat, hunar, odob haqida maqollar.
|
Tushuntirish
Og`zaki
Chaqqonlik musobaqasi
Og`zaki
Zukkolar musobaqasi:
|
15 daqiqa
|
IV - bosqich
Yangi mavzuni mustahkam-lash
|
Boshqotirma.
“Klaster” usulida dondan nongacha bo‘lgan jarayonda kimlar xizmat qilishini aniqlash.
Dam olish daqiqasi o`tkazish.
“Kasblar olami” o`yini.
|
Didaktik o`yinlar
|
10 daqiqa
|
V - bosqich
Baholash
|
O`quvchilarni dars davomida olgan rag`bat kartochkalari hisoblab, aytiladi.
Kartochkalar yordamida har bir o`quvchini baholash.
|
Tushuntirish
|
3 daqiqa
|
VI bosqich
Uyga vazifa
|
Darslikdan matnni o`qish va turli nonlarning rasmini chizish
|
Tushuntirish
|
2 daqiqa
|
DARSNING BORISHI
I BOSQICH. TASHKILIY QISM.
O‘qituvchi sinfga kirib o`quvchilar bilan salomlashadi:
So`zlarning eng shirini,
Ochiq aytay sirini
Odob bo`g`in sharbatin
Qalb gavharin qimmatin,
Qo`l berib shu so`z bilan
Gullar qulfin ochamiz
Aql nurin sochamiz-
Qaysi shirin so`z ekan?
O`quvchilar:- Assalomu alaykum!
O`qituvchi: Salom, mening jajji o‘quvchilarim,
Bilimga chanqoq, o‘g‘il-qizlarim.
O`quvchilar: Assalomu alaykum. Xush kelibsiz.
O`qituvchi: Bugun sinfimizda kim navbatchi?
Navbatchi o`quvchi: Bugun men navbatchiman.
Ustoz sizga yordamchiman.
Sinfimizda __ nafar o`quvchi bor. Darsda hamma qatnashayapti.
Darsimiz odobnoma. Hamma darsga tayyor.
Faslga doir suhbat o‘tkaziladi.
O’quvchi:
Sog’indim bahorni bargi ko’klikni.
Ipak maysalarni izlaydi ko’zim
Sog’indim irmoqlar qirlar so’hlikni
Assalom deyman xushro’y bahorim
Tashnaman gunafsha iforlaringga
O`qituvchi: Bahor fasliga qaysi oylar kiradi?
O`quvchi:Bahor fasliga mart, aprel, may oylari kiradi.
O`qituvchi: Aprel oyida kimning tug`ulgan kununi nishonladik?
O`quvchi: Bobobmiz Amir Temurning tug`ulgan kunini nishonladik. 685 yilligi.
Biz qanday bobolarimizni bilamiz?
Slayd ko’rsatiladi
O`qituvchi: Bolajonlar elimiz tinch bo`lsa turmushimiz yanada obod bo`laveradi. Siz aziz bolajonlar esa a`lo baho va odob – axloqli bo`lish bilan birga o`z hissangizni qo`shasiz. Bugun odobnoma fanidan “Kim g`olib” musobaqa darsini o`tkazamiz.
|