O`qituvchi: Jonajon O‘zbekistonomizning har bir vohasida o‘ziga xos nonlar tayyorlanadi. Ayniqsa, bizning Samarqand nonlarimiz butun dunyoga mashhur.
Mana aziz bolajonlar, nonning dasturxonimizga kelguncha bosib o‘tadigan murakkab yo‘lini bilib oldingiz. Shunday ekan har birimiz o‘zgalar mehnatini hurmat qilishimiz va qadrlashimiz kerak.
O`qituvchi:Kasb inson uchun juda zarur faoliyat.Kim qanday kasb tanlasa unga mehr qo’yishi kerak.O’z kasbini yaxshi bilgan kishining ishi unumli bo’ladi.Bu kechamiz orqali sinfimiz o’quvchilari o’zlari yoqqan kasbni tanlab oladi,degan umiddamiz.
O’qituvchi: Bolajonlar kasblar haqida she’r bilasizmi?
O’quvchilar: Ha
O’qituvchi: Qani bo’lmasa siz yod olgan she’rlaringizdan eshitaylik
O’quvchi
Kasblar ko’pdir dunyoda
Bir biridan ziyoda
Kasb-hunarni egallaganlar
Ishtiyoqqa egalar
Orzuli bo’lsa yurak
Bajo bo’lar har tilak.
1-boshlovchi:Kasblar tilga kirsin
1-o’quvchi:
Bilim olib chinakam
O’rganamiz harf raqam
Hammaga berar ta’lim
O’qituvchi muallim.
O’qituvchi buyuk kasb egasi,o’qituvchi sizga,bizga bilim beruvchi inson. O’qituvchidanolgan bilimi bilan inson o’z komillik yo’lini topadi.Buning uchun,albatta o’qituvchi berayotgan bilimni chuqur egallashi lozim.
2-o’quvchi:
Mashinada poezda
Tramvayda-temir izda
Ziyrak,mohir haydovchi
Tashir yuk va yo’lovchi.
Haydovchi erta tongda kun botgunga qadar odamlarni o’z manzillariga bexatar etib olishlari uchun xizmat qiladi.Haydovchi kasbi doim ziyraklik,hushyorlikni talab etadi.Haydovchi,yuk mashinalarini boshqaradi.
3-o’quvchi:
Davo olganda bemor
Muolijalar darkor
Charcharmas ishlab sira
Oq xalatli hamshira.
Hamshiralik eng olijanob kasblardan biri.Hamshira shifokorning ko’rsatmasini aniq va bexato bajarib bemorning dardiga malham bo’ladi.Hamshira ochiq chehra va shirin so’z bo’lishi kerak.
4-o’quvchi:
Quruvchi g’isht teruvchi
Tomni yopib beruvchi
Ko’p ishlarni biluvchi
Ular bari quruvchi
Quruvchi-uy va binolarni quradi.Quruvchi qurgan uylarda yashaymiz, binolarda o’qiymiz,mehnat qilamiz.Quruvchilar qurgan uy,binolar mustahkam,shinamligi bilan shahrimiz ko’rkiga ko’rk qo’shadi.Demak, quruvchi sharafli kasb.
5-o’quvchi:
Tikuvchi ko’p tez tikar
Tikuvchi ko’ylak tikar
Yubka,shimu,kamzulcha
Sarafan,xalat,nimcha
Tikuvchi-biz va sizga bejirim,chiroyli ko’ylaklar tikib beradigan hunar egasi.O’z mahorati tufayli kishilar olqishiga sazavor bo’ladi.Ularning mehnati tufayli biz doim chiroyli ko’ylaklar kitib yuramiz.Ularning mehnati qadrlashimiz kerak.
6-o’quvchi:
Nonvoy nonlar yopadi
Elda hurmat topadi
Yozilganda dasturxon
Qo’yiladi avval non
Novvoychilik kasbi ham xalqimiz orasida qadrlanadi.Ular erta tongdan turib,xamir qorib,tandirga o’t qalab biz va siz uchun eng aziz mehnat bo’lgan nonni dasturxonimizga tortiq etadi.
7-o’quvchi:
Dard bor joyda darmon bor
Buni bilar shifokor
Orangizda bo’lsa bemor
Tuzatishga u tayyor.
Shifokor kasbi eng sharafli va mas’uliyatli kasblardan biridir.Yaxshi shifokor bo’lish uchun tinim bilmay izlanish zarurdir.
Shifoko nafaqat dori-darmon bilan,balki dhirin so’z bilan bemor dardini yengishga yordam beradi.
8-o’quvchi:
Boks,kurash,shaxmat,shashka
Sport turlari ko’p boshqa
Sportchilar kuch sinashar
Yurt bayrog’in ko’tarishar
Sportchilar o’z g’alabalari bilan Vatanimiz ravnaqiga,dunyo tanilishiga hissa qo’shadilar.Bugun mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish uchun barcha imkonyatlar yaratilgan.Siz ham o’zingiz istagan sport turlari bilan shug’ullanishingiz mumkin.
9-o’quvchi:
Duradgor qoqadi poya
Yasar eshik, rom darhol
So’ng esa yo’nib taxta
Yasar zumda xontaxta
Duradgor yog’ochlarga ishlov beruvchi hunar egasi hisoblanadi. Duradgor usta xalq orasida azaldan ardoqlangan,chunki duradgor xalq xizmatida bo’lganlar
10-o’quvchi:
Qulchi-har kun-yozu,qish
Qilar gulni parvarish
Bayramda-chi,birpasda
Tutar sizga guldasta
Bu kasb egalari chiroyli va xushbo’y gullarni yetishdiradi hamda alohida yetkazib beradi.Tantana va bayramlar ularning xizmatisiz o’tmaydi. Gulchi nozik didli tasavvurga boy bo’lishi kerak.
11-o’quvchi:
Dalasiga olib yo’l
Dehqon ko’zlar hosil mo’l
O’z ishiga u usta
Xirmon uyadi kuzda
Dehqonchilik bilan qadimdan ota-bobolarimiz shug’ullanib kelishgan. Dehqonlar yerga ishlov berib,urug’ qadaydilar,urug’dan unib chiqqan yosh nihollarni,parvarishlab dasturxonimizga ne’matlarni yetkazib beradilar.
12-oquvchi:
Dutor,tanbur,nay va soz
Ohanglar o’ziga xos
Musiqachi kuy chalar
Odamlar baxra olar
Musiqachi san’atning musiqa yo’nalishi bo’yicha ijod qiladi va o’zining chiroyli kuy qo’shiqlari bilan dilimizni xushnud etadi.
13-o’quvchi:
Bog’bon qaddi bo’lib dol
Ekar,sug’orar nihol
Mevaga kirganda bog’
Bog’bon qaddi bo’lar tog’
Bog’bon bog’ yaratib har-hil ko’chat o’simliklarni parvarishlab,shirin-sharbat mevalarni yetishtiradi.
Dono xalqimiz “O’zidan yaxshi nom qoldirmoqchibo’lsang,bog’ yarat” deydi.
14-o’quvchi:
Mana mato,moybo’yoq,
Rasmda chol bog’u-rog’
Hayotdan olib ilhom
Uni tasvirlar rassom
Rassomchilik nafis san’at turlaridan sanaladdi.Rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar insonlarga zavq bag’ishlaydi.Bu kasb egalari ijodiy tasavvur sabr-toqat va diqqat kabi sifatlar rivojlangan bo’lishi kerak.
15-o’quvchi:
Milisioner jasur mard
Shunday bo’lishi ham shart
Uchrasa tartibbuzar
Darrov yo’lini to’sar
Istar janjaldan xoli
Tinch yashasin aholi
Militsiya xodimlari aholining asoyishta hayot kechirishi uchun, tartib buzarlarni tartibga chaqirib,xalqning tinchligini ta’minlaydilar.Ular mard ziyrak,epchil va chaqqon bo’lishlari kerak.
16-o’quvchi:
Vatani hamma bilsin deb
Ishin reja qilsin deb
Soat to’xtasa biro z
Tuzatadi soatsoz
Vaqtni bilish uchun bizga soat kerak bo’ladi.Agar soat buzilib qolsa,uni tuzatish uchun soatsozga murojat qilamiz.
17-o’quvchi:
Harbiy doim sergak
Ular jasur,sheryurak
Shaxdam qadam tashlashar
Vatanni qo’riqlashar
Harbiylik juda mas’uliyatli kasb,bu kasb ayniqsa,yigitlarimizga juda yarashadi.Harbiylar kuchli,sog’lom,baquvvat,bir so’zli bo’ladilar.Ular birinchi o’rinda biz uchun aziz bo’lgan ona vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlaydilar.
18-o’quvchi:
Yo’l noziri albatta
Bo’lmasin deb halokat
Yo’lovchi-yu,haydovchini
Qilib turar nazorat
Men katta bo’lsam yo’l noziri bo’lib,yurtim yo’llarida halokat bo’lishini oldini olmoqchiman.
19-o’quvchi:
Samoliyotda uchuvchi
Samolarni quchuvchi
Pastlab uchib,shunday der;
-Salom Vatan,ona yer!
Uchuvchining vazifalari insonlarning uzoqini yaqin qilib,samolyotda uchayotgan yo’lovchilarni xavf-xatarsiz manziliga yetkazishdan iborat.
Uchuvchi mard,dovyurak,baquvvat va sog’lom bo’lishi kerak.
20-o’quvchi:
Bilsang,zar va ipak
Do’ppiga bo’lar bezak
Ko’rsang yayrab ketar ko’z
U tikkan naqshli ko’ylak
Raqqosalarga bezak
Zardo’zlik qadimdan davom etib kelayotgan hunardir.Bu hunar insonlardan juda katta mehnat talab qiladi.Zardo’zlikda do’ppi, cho’pon kabi kiyimlar tikiladi.Bu hunar ayniqsa Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo,Xorazm viloyatlarida keng tarqalgan.
21-o’quvchi:
Kotibaning ko’p ishi
Kimning bo’lsa yumushi
U rahbarga yetkazar
Va ro’yhatdan o’tkazar
Jiringlaydi telefon
Faks keladi shu zamon
Hamma bilan u doim
So’zlashadi muloyim
Kotiba korxona va tashkilot rahbarlarining yozma hisobotlari, yo’riq nomalarni yuritib boradi.Kotibaning xushmuomila va bilimli bo’lishlari kerak.
22-o’quvchi:
Bankir bankda ishlaydi
U hisobni hushlaydi
Kredit,lizing va foiz
Joyida bo’lmoq joiz
Foyda keltirgan pullar
Muomalada bo’lar
Bankirlarda doim taxt
Shartnoma,barcha hujjat
Bankirlar-bank xodimlari davlat va nodavlat banklarning faoliyatini yo’lga qo’yadilar.Banklarda davlatning pul mablag’lari aylanishi, fuqarolar mablag’ining saqlanishi tashkil etadi.
23-o’quvchi:
Arxitektor chizadi
O’z rejasin tuzadi
So’ng qurilar bino,uy
Go’zal shahar cho’zar bo’y
Arxitektor-bino va inshootlarning chizmalari va maketlarini yaratuvchi hamda ularning qurilishi mumkinligini tasdiqlovchi kasb egasi.Ular shahar va qishloqlarimizning ko’rkam bo’lishiga o’z hissalarini qo’shadilar
24-o’quvchi:Yurganday kometadan
Samoda raketada
Oyni aylanib zir-zir
Uchib yurgan fazodir
Juda kuchli hamda mard
Va bilimli kosmonavt
Kosmonavtlar-koinotni zavf etuvchilar.Ular fazo sirlarini o’rganadilar.Bu kasb egalaridan kuchli iroda,mardlik,ziyraklik va asosiysi,chuqur bilim talab etiladi.
25-o’quvchi:
Olovda kelar bas
Bu ish qiyin,osonmas
O’t uchiruvchi odam
Kulfatini yengar bardam
Bu kasb juda mashaqqatli kasblardan biri.O’t o’chiruvchilar o’z hayotlarini xavf ostiga qo’yib insonlarni yong’indan qutqaradilar.Bu kab egalari juda ham matonatli,kuchkli insonlar.Ular o’zlarining og’ir mehnatlari orqali insonlarga juda kata yordam beradilar.
26-o’quvchi:
Qandolatchiga rahmat-rahmat
Charchamas qilib xizmat
Tayyorlar novvot,rulet
Mahoratin ko’rib ket
Tanla senga ne kerak
Parvarda,hova,pashmak?
Qandolatchi o’zining mahsulotlari bilan xalqning dasturxoniga ko’rk beruvhi shirin va mazali qandolat mahsulotlarini elga ulashadi.
Guruh o`quvchilari yod olgan she’rlarini ifodali o`qib beradilar. Ular “Non bo`lagi” bilan rag`batlantiriladilar.
O`qituvchi: Keyingi shartda “Kim ko`p maqol biladi?” shartida mehnat, odob va hunar haqida maqollar aytasiz.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
O`qituvchi: Navbatdagi shartda har bir guruhlardan bir nafar o`quvchi chiqadi va stol ustidagi kartochkalar ichidan kas nomi alohida va rasmi alohida tayyorlangan . O’quvchilar rasmga mos so’zlarni topib tahlaydilar. Qaysi guruh a’zosi to`g`ri va tez bajarsa, o`sha guruh “Non bo`lagi” bilan rag`batlantiriladi.
O`qituvchi: Hozir guruhlarga aqlingizni charxlash uchun boshqotirmalar beriladi. Boshqotirmani to`g`ri bajarsangiz o`zbek xalq maqollari kelib chiqadi.
Dam olish daqiqasi.
Bog’ga kirsam olmalar
Qip-qizarib pishubdi
Silkitibdi shamollar
Yerga to’p-to’p tushibdi.
V. Baholash.
Barcha shartlar bajarilgach, guruhlar “Non”i tekshirilib, g‘olib guruh aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
IV. Uyga vazifa.
Darslikda berilgan matnni o`qib, o`rganish va “Kim bo’lsam ekan” matni rasmlariga qarab rasmlar chizish.
-Mana aziz bolajonlar, bugungi darsimizda biz siz bilan birgalikda non haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Shu bilan bugungi darsimizga yakun yasaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Internet saytlari:www.uzedu.uz,www,rtm.uz. : www. ziyonet.uz, www. arxiv.uz, www. google.com
Darslik va 1-sinflar uchun odobnoma darsligi
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi
I.Karimov “Yuksak ma’navyat yengilmas kuch”.
www.ziyonet.uz
Ushbu namunaviy dars ishlanma uslubbirlashma yig’ilishida
ko’rib chiqildi.
O’qituvchi: Akbo’tayeva D
Uslub birlashma rahbari: Abdiyeva D
|