O`qituvchi: Bolajonlar, darsimiz qiziqarli o`tishi uchun kichik guruhlarga bo`linib dars davomida bellashamiz.
O`qituvchi: Guruhlarga bo`linib
Do`stga mehr ilinib
Fikrlashib olsak oz
Bo`lardida juda soz.
Quyidagi kartochkalardan tanlang va guruhlarga bir nom ostida ajraling:
I guruh
“Dehqonlar”.
II guruh “Oshpazlar”.
III guruh “Nonvoylar”
Guruhlar o`z guruhlari nomiga ta`rif beradilar:
O`qituvchi: Juda yaxshi bolajonlar. Bo`lmasa dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan qoidalarni eslab olsak.
1-o`quvchi: Vaqtdan to`g`ri foydalanish.
2-o`quvchi: Tirishqoqlik.
3-o`quvchi: Mohirlik.
4-o`quvchi: Ahillik.
5-o`quvchi: Epchillik.
6-o`quvchi: Komillik.
7-o`quvchi: O`zgalar fikrini tinglash.
O`qituvchi: Guruhlar har bir muvaffaqiyat uchun “Bir non bo‘lagi” bilan taqdirlanadilar. Musobaqa oxirida qaysi guruhning “Noni butun” bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib sanaladi.
O`qituvchi: Bugungi darsda siz bilan quyidagi shior ostida ishlaymiz.
«Odobli bola-elga manzur»
Shironi qaytarishadi.
O`qituvchi: Bugun oddiy dars emas
Balki sinov darsidir
O`tib olsak sinovdan
Bu hammadan yaxshidir.
O‘tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash:
O`qituvchi: O‘tgan darsda qaysi mavzuni o‘rgangan edik?
O`quvchi: “Kun tartibining foydasi”, “Havfli vaziyatlarda qanday harakat qilish”
“Klaster” metodi orqali bilimlari sinaladi. O`quvchilar doskada bajaradilar.
Har bir guruhga “Baliq skeleti” tarqatiladi. Guruhlar berilgan savollarga yozma javob beradilar. har bir guruhdan bir o`quvchi xattaxtaga chiqib, taqdimot qiladi.
O`qituvchi: O’qituvchi metodlarni yig’ib oladi.
Demak, kun tartibiga rioya qilgan va kun tartibi to’g’ri tuzgan inson sog’lom bo’ladi va vaqtdan unumli foydalanadi.
|