• U.Jems, CH.Kuli, U.Tomas, F.Znanetskiy, J.Piaje, Z.Freyd
  • Oila psixologiyasi




    Download 16.92 Kb.
    Sana13.04.2024
    Hajmi16.92 Kb.
    #194600
    Bog'liq
    pedagogik qobilyat
    8-m. Dif.integ.masofa docx, Dilbar(5), 1.1, SENSOR TARMOQ, 1212, Logotip dizayn, Yoqut tilining leksik xususiyatlari, Ibroximova Surayyoxon, o-zbek-tilida-biriktiruv-va-ayiruv-munosabatini-ifodalovchi-bog-langan-qo-shma-gaplar-tahlili, Shaharni qo’lda tasvirlash, 7130 15.------------, presuppozitsiya pragma, Erkin Vohidov Abdulla Oripov Rauf Parfi, 7.OVOZ BILAN BOG`LIQ MASHQLAR, 5.TO`G`RI NAFAS OLISH

    Oila psixologiyasi
    Ijtimoiy psixologiya oila psixologiyasini o`rganganda, unga jamiyatning bir bo‘g‘ini, kichik ijtimoiy guruh sifatida qaraydi. SHu sababli ham konkret izlanishlarda uning paydo bo`lishi, mavjudligiga asos bo`luvchi omillarni va tugashi bilan bog’liq holatlarga e’tiborni qaratadi. Zero, oila a’zolari o`rtasidagi munosabatlar bir qarashda emotsional hissiyotlarga asoslanganga o`xshasa-da, aslida bir insonning ikkinchisiga ko`ngil qo`yishi, tanlashi, birgalikda umr kechirishi jarayoni ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarga to`la bo`ysunadi. Ayrim olimlar, masalan, frantsuz tadqiqotchisi Le Ple o`z vaqtida oilada sof psixologik qonuniyatlardan tashqari, ro`zg’orni boshqarish, farzandlar soni va tarkibiga ko`ra oila byudjetining o`zgarishlarini inobatga olib, uni ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar maskani deb atashni ham taklif etgan. Uning fikricha, oilaviy o`zaro munosabatlar nihoyatda o`zgaruvchan bo`lib, ular zamon va davr ta’sirida, oila a’zolarining soni va sifatiga bog’liq tarzda tinimsiz sifat o`zgarishlarini boshdan kechirishini, hattoki, er-xotin o`rtasidagi odatiy munosabatlar yillar tazyiqi, jamiyat normalari, sanoatning rivoji yoki ma’naviyatning tanazzuli ta’siri ostida boshqacha tus olishi mumkinligini, ota-ona – bola munosabatlari tizimi, bunda hattoki, otaning avtoriteti ham o`zgarib borishi, yaqin qarindoshlar o`rtasidagi psixologik masofa yillar o`tishi munosabati bilan uzoqlashib ketishini ta’kidlaydi. Xorij mamlakatlarida oilaviy munosabatlarga qiziqish o`tgan asrning boshlarida keskin oshdi. Taniqli tadqiqotchi olimlar U.Jems, CH.Kuli, U.Tomas, F.Znanetskiy, J.Piaje, Z.Freyd kabilar oilaning davrasida ro`y beradigan shaxslararo munosabatlarning xarakteriga alohida e’tibor berishib, bir shaxsning boshqa bir shaxs ta’sirida qanday qilib, o`z sifatlarini takomillashtirishi, o`zgartirishi, tarbiyalanishi kabi qator masalalarni o`rgandilar. Natijada, bu borada olib borilajak ilmiy izlanishlarning naqadar muhimligi o`z navbatida jamoatchilikning diqqat-e’tiborini tortdi. Olimlar oila borasida o`tkaziladigan tadqiqotlar va unda qo`llaniladigan usullarning noyobligini ta’kidlashib, oila tadqiqotlarida rioya etilishi zarur bo`lgan odob normalari haqida ham fikr yuritganlar. Masalan, amerikalik sotsiolog R.Xill va boshqalar oila va nikoh muammosini o`rganishning sermashaqqat ish ekanligini ta’kidlab, usullarni tanlash va respondentlar bilan ishlaganda quyidagi omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq ekanligi to`g’risida yozgan: tadqiqot uchun shunday metodikalarni, izlanish vositalarini topish lozimki, toki u bilan respondentlarga murojaat qilinganda, oilaviy hayotga ziyon etmasin, tadqiqotchi ketgach, er-xotin munosabatlari buzilmasin; tadqiqotda oila a’zolari bevosita qatnashishi hisobga olinsa, ushbu jarayon ularning nafaqat o`zaro munosabatlariga, balki psixologik holatlari va kayfiyatlariga ham salbiy ta’sir etmasin; tadqiqotchi ham tirik inson bo`lgani sababli, uning oilaga kirib kelishi, uydagi turmush tarziga, odatlar, o`zaro yaqinlik aloqalariga putur yetkazmasin.
    Darhaqiqat, barchamiz uchun juda yaqin va tanishdek tuyulgan oila va nikoh masalalari bilan shug’ullanadigan olimlarga, oila psixologi yoki pedagogi bo`lib faoliyat yurituvchilarga tashqaridan kuzatuvchilar ular ishini osonday tasavvur qilishadi. Lekin ming afsuski, unday emas. CHunki maktabda ta’lim olayotgan bolaning xulqu-odobi haqida ota-ona bilan suhbatlashish ham oson emas, zero, otaona ishdan charchab kelgach, xonadonida birinchidan, bolasining o`qituvchisini kutmaydi, qolaversa, ming mehmonnavoz, sertakalluf inson bo`lsa ham o`qituvchining kutilmagan tashrifidan cho`chish, norizolik, “nima derkin bolam haqida” degan shubha, hadik bo`lishi tabiiy. Xuddi shunday, oilaviy munosabatlarga taalluqli ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchining har qanday oilaga tashrifi xonadon egalariga yoqavermaydi. Qolaversa, agar respondentlarga taqdim etilayotgan so`rovnoma yoki test o`zaro munosabatlarga, ayniqsa, O`zbekiston sharoitida qaynona-kelin munosabatlariga yoki er-xotinning yaqin munosabatlariga oid bo`lsa, tadqiqotchi ketgach, oila a’zolari o`rtasida “kim taklif etdi, nima maqsadda?” qabiladagi so`rovlar, “tergovlar”ning bo`lmasligiga kim kafolat beradi. Shu bois ham hamisha bizning sharoitimizda oilaviy munosabatlarga oilada tadqiqotlar o`ta odob normalariga bo`ysundirilishi, muammoning nimada ekanligini aniq, samimiy iboralar vositasida tushuntira olish madaniyati katta ahamiyat kasb etadi. Bunda tadqiqotchining qo`lidagi ilmiy “quroli” – metodikalari ham katta ahamiyat kasb etadi.
    Download 16.92 Kb.




    Download 16.92 Kb.