• Professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini malaka oshirish kursi “Informatika va AT” yo’nalishi tinglovchisi Sindarov Mirjalolning
  • SAMARAQAND-2023
  • Himoyaga tavsiya etaman




    Download 185,5 Kb.
    bet1/20
    Sana27.11.2023
    Hajmi185,5 Kb.
    #106293
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INNOVATSIYALAR YARATISH VA




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASISNI OSHIRISH MINTAQAVIY MARKAZI
    HIMOYAGA TAVSIYA ETAMAN” SamDU huzuridagi pedagog kadrlarni Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Mintaqaviy markazi direktori ____________________A.I.Babayarov «____» _________ 2023- yil


    Professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini malaka oshirish kursi
    Informatika va AT” yo’nalishi tinglovchisi
    Sindarov Mirjalolning
    Pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish.


    BITIRUV MALAKA ISHI
    Ilmiy rahbar: ass .D.Ablakulov

    SAMARAQAND-2023
    SamDU huzuridagi PKQT va MO mintaqaviy markazi “Informatika va AT” yo’nalishi tinglovchisi Sindarov Mirjalolning” Pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish” mavzusidagi malaka ishiga ilmiy rahbar


    XULOSA
    Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchining qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda tayyorlanishi lozim.
    Media darslarining metodik imkoniyatlari va ularning afzalliklari:
    - O‘quv jarayonida dars sifati va samarodorligini oshirishga yordam beradi;
    - O‘quv ob’ektlari va voqealarini modellashtiradi, ularni avtomatik ravishda ketma-ketlikda namoyish etadi, tasvirni tushiradi;
    - Multimedia texnikasi o‘quvchilarning o‘quv mazmunini o‘zlashtirishga qiziqishini yanada oshiradi.;
    - O‘quvchining ko‘rgazma-obrazli ta’sirida fikr yuritishi, motorik va verbal kommunikativ ko‘nikmalarini shakllanishiga olib keladi;
    - Axborot bilan ishlash (axborot qidirish, zarurlarini ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, axborot mazmunini tushunish, mantiqiy yaqinlarini ajratish)ni o‘rganadi. SHular asosda axborot madaniyati shakllanadi.
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash jarayonida quydagi pedagogik talablarni e’tiborga olish lozim:
    - tayyorlangan materiallarni amaldagi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga to‘la muvofiq bo‘lishi;
    - ta’lim oluvchiga qiziqarli va ilmning jamiyatdagi rivojlanish darajasiga mos ilmiylikka ega bo‘lishi;
    - berilishi zarur bo‘lgan o‘quv materialining hajmi o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasida bo‘lishi;
    - ta’lim oluvchi uchun sodda, aniq, intutiv va yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi;
    - o‘rganilayotgan o‘quv materialini ta’lim oluvchi (o‘quvchi) osonroq o‘zlashtirishi uchun imkoniyat darajasida ovoz, animatsiya, rasm va shu kabilardan foydalanishi;
    - o‘rganuvchining e’tiborini chalg‘ituvchi ortiqcha elementlarni bo‘lmasli;
    - ta’lim oluvchilarning hissiy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olishi;
    - o‘rganilayotgan o‘quv materialini sistemali, mantiqiy ketma-ketligi va ularni uzviyligiga e’tibor berish.
    Bugungi kunda ta’lim sohasida zamonaviy interfaol va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini uyg‘unlashgan, moslashgan holda bir-birni to‘ldirishi kerak; ta’lim maqsadi, mazmuni, shakli, o‘qitish metodlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati muvofiqlashtiriladi. Bu esa ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
    Ishning ikkinchi bobida professional ta’lim muassasasi Informatika va AT fani o’qituvchisi Sindarov Mirjalolning “Pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish ”mavzusidagi malaka ishi DTS talablariga mos keladi va muvaffiaqiyatli himoya qilinganda ijobiy baholash mumkin.

    Download 185,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 185,5 Kb.