I BOB. TA'LIM JARAYONIDA QOʻLLANILADIGAN INNOVASION VOSITALARNING OʻRNI




Download 185,5 Kb.
bet4/20
Sana27.11.2023
Hajmi185,5 Kb.
#106293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INNOVATSIYALAR YARATISH VA

I BOB. TA'LIM JARAYONIDA QOʻLLANILADIGAN INNOVASION VOSITALARNING OʻRNI
1.1.Oʻquv jarayonini samarali tashkil etishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish
«Ta'lim toʻgʻrisida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasida ta'lim tizimini keng miqyosda isloh qilishning boshlanishi boʻldi. Hozirgi kunda ta'lim jarayoniga axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) shiddat bilan kirib kelishi bilan birga, u ta'limning samaradorligini oshirishda eng qulay om illardan biri boʻlib qolmoqda. Ta'lim tizimini dunyo standartlari darajasiga etkazish ushbu islohotning muhim vazifalaridan biridir. Jahonda zamonaviy ta'limning xarakterli tomoni shundaki ta'limni axborotlashtirish va axboriy jamiyatning ehtiyojini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi ta'limida ham roʻy bermoqda, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati «axborotresurslari,axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jaxon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan». Shuning uchun ham ilgʻor mamlakatlar ta'lim tizimida kompyuter texnikasidan, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan unumli foydalanishga qaratilgan izlanishlar toʻxtovsiz kechmoqda.Ushbu holatlar kadrlarni tayyorlash tizimida informatika fanining oʻrnini muhimligini koʻrsatib beradi.
Informatikaning asosiy tushunchalaridan biri – bu axborot-kommunikasiya texnologiyasidir.
Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima kilganda san'at, maxorat, bilish ma'nolarini anglatadi, bular esa oʻz navbatida jarayonlardir. Jarayonlar - bu qoʻyilgan maqsadga erishish uchun ma'lum harakatlar majmuasidir.
Axborot texnologiyasi –axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
Ayni paytda axborot texnologiyasi haqida fikr yuritganda «yangi», «kommunikasion» yoki «zamonaviy» soʻzlarini koʻshib ishlatiladi.
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyasi (AKT)-bu zamonaviy kompyuterlar va telekomunikasion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «doʻstona» interfeysga ega boʻlgan axborot texnologiya demakdir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videokoʻz, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqlari, mobil aloqa tizimlari, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun'iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin.
Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda oʻzlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta'minoti;
- uskunaviy dasturiy ta'minot;
- virtual matn konstruktorlari, multiplikasiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran prosessorlari va h.k.;
- axborotlar majmui — ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.;
- texnik koʻnikma trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma'lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki oʻzlashtirish va h.k.).
Axborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir. Hozirgi kunda kompyuterlar ta'lim tizimida asosan toʻrt yoʻnalishda:
- oʻrganish ob'ekti sifatida;
- oʻqitishning texnik vositalari sifatida;
- ta'limni boshqarishda;
- ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda.

Download 185,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 185,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. TA'LIM JARAYONIDA QOʻLLANILADIGAN INNOVASION VOSITALARNING OʻRNI

Download 185,5 Kb.