|
II BOB. TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI
|
bet | 8/20 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 185,5 Kb. | | #106293 |
Bog'liq PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INNOVATSIYALAR YARATISH VAII BOB. TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI.
Yangi pedagagik texnalogiyalar haqida. Dars o’tishning turli uslublari bor, shuningdek, darsning o’zining ham turlari xilma-xil bo’ladi. Dars o’tishning an’anaviy uslublari quydagi reja-ssenariy bo’yicha kechadi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik, davomatni aniqlash, doskaning tozaligi, bo’r, lattaning borligiga ishonch hosil qilish va hokozo.
2. O’tilgan mavzuni so’rash – O’qituvchi “Avvalgi darsda qanday mavzuni o’tgan ediik, uyga qaysi misol-masalalar berilgan ediқ”, degan savolni o’rtaga tashlaydi. O’tilgan mavzuni 4-5 o’quvchidan so’raladi. Ular, odatda, doska oldida javob bedradilar, shunda uy vazifasini bajargan daftarlarini o’qituvchiga ko’rsatish uchun o’zlari bilan birga olib chiqadilar. O’qituvchi o’quvchilarning javobini eshitadadi va uy vazifalarini ko’radi, ularni baholaydi. O’quvchilar javoblari bo’yicha fikr mulohazalar aytiladi.
3. Yangi mavzuni bayon qilish. Bundan oldin doskaga mavzu sarlavhasi yoziladi. Ba’zi o’qtuvchilar shu vaqtning o’zidayoq yangi mavzu darslikning qaysi paragrifida, nechanchi betlari ekanini, qaysi mashqlar uyga vazifa qilib berilishini, doskaning bir chetiga ( ko’pinch o’ng yuqori burchgiga) yozib qo’yadilar. So’ngra yangi mavzuni bayon qilish boshlanadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni o’quvchilar qanday tushunadilar, darsdan ko’zlangan maqsad erishildimi-yo’qmi ekanini aniqlash, mavzuning asosiy g’oyasini, “nuqtalari”ni mustahkamlash uchun o’qituvchi mavzuga oid savol berib ko’radi, mashqlar ishlatadi. Bunda tajribali o’qtuvchilar sinfning faolligini oshirish, mavzu o’quvchining ongiga singib olish uchun turli uslublardan foydalanadilar. Masalan, tarqatma matriallar berish, o’quvchilarni guruhlarga ajratish, har bir guruhga avvaldan tayyorlab kelingan topshiriqni berish va hokazo. O’qituvchi mashqlarni bajarish jarayonida sinfni aylanib, kim qanday ishlayotganini kuzatadi, zarur hollarda yordam beradi. “Savollar bormi?”- deb so’rab turadi.
5. Darsni yakunlash, o’quvchilarning bilimini baholash. O’qituvchi mashqlarni bajarilishini va jovoblarni tahlil qiladi. Mavzuning o’quvchilarga “etib bormagan” joylarini aniqlaydi. Bu “joy”larini qayta tushuntirib, izohlab beradi. Doskada faol qatnashgan, savollarga javob bergan, topshiriqni bajargan o’quvchilar baholanadi. Ko’p o’qituvchilarning kundalik dars o’tish rejalarini o’raganish, tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar yuqorida keltirilgan har bir bosqich uchun vaqt taqsimotini beradilar. Bu, ayniqsa, yosh o’qtuvchilar uchun foydali. Ko’rsatilgan vaqtdan birozv cheklanishlar biroz tabiiy hol. Keyingi vaqtda dars o’tishning “yagi texnalogiyasi” , dars o’tishning nostandart – noan’anaviy uslubi, xususan, interfaol(interaktiv) uslubi degan iboralar eshitamiz. Bunday uslublarni ilg’or o’qituvchilarning o’zlari kashf qilganlar va bu uslubdan ko’pgina o’qituvchilar foydalanib kelmoqdalar.
Dars o’tishning zamonaviy pedagagik uslublariga oid ko’plab qo’llanmalar chop etilgan. “Biror navzu ustida qanday ishlanganda uning qancha foizi (protsenti) yodda saqlanadiқ” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o’tkazilgan tajribalar yakuni “anglash piramidasi” degan nomni oldi. Unga ko’ra mavzu bayonini;
faqat eshitganda uning 10-20%i;
eshitsa va mavzuga oid ko’rsatmali materiallar ko’rsa, uning 30- 50%i;
eshitsa mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulot bajarsa, mavzuni o’rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa uning 60-90%i yodda qoladi.
Albatta har bir o’qituvchining tajribasi, bilimi, qo’shimcha adabiyotlarning borligi, shaxsiy kutubxonasining boyligi, ko’p jihatdan, unga mavzuni qaysi uslub bo’yicha o’tishini “aytadi”. Qisqacha bo’lsada dars o’tishning noan’anaviy, faollashtiruvchi yo’llariga to’xtaylik. Amaliy mashq – mavzuda bayon qilingan nazariy bilim, qoida, formulani amalda, mashqlar ishlash jarayonida qo’llay olish ko’nikmasi (uquvi )ga ega bo’lish maqsadida tashkil qilinadi. Matematik darslarning deyarli hammasida amaliyot bilan bog’liq mashqlar bajariladi. Mustaqil ishlash – ma’lum mavzular guruhi (bloki) tugagach, ularni bir tizimga solish, mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga mustaqil amaliy ish, faoliyat bilan shug’ullanish, darslik, masalalar to’plami bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish. Masalan, mustaqil ish algebraic kasrlar ustida to’rt amalgam oid bo’lishi mumkin. Mustaqil ish yozilgan varaq har bir o’quvchiga alohida berilishi mumkin. Uni muallim avvaldan tayyorlab qo’yadi. O’quvchilarning juft-juft muloqotda bo’lishi – biror mavzuga oid masalani hal etishda o’quvchi o’zining qilayotgan ishini yonida o’tirgan (u bilan juftlikda bo’lgan) o’quvchiga tushuntiradi. Masalan, juftlikdagi biro’quvchi masalaning sharti va savolini tahlil qilishdan uni to’la yechishga olib boruvch barcha ishlarni, mulohazalarni o’rtog’iga tushuntiradi. U o’z navbatida, masalaning yechilishini birinchi o’quvchiga tushuntiradi ya’ni juftlikdagi o’quvchilar navbatma-navbat o’qituvchi vazifasini (rolini) bajaradilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash orqali o’rgatish – bunda sinfdagi o’quvchilar guruhlarga ajratildi. Har bir guruhda 5-6 tadan o’quvchi bo’lishi mumkun. Guruhlarga vazifa aniq va ravshan qo’yilishi kerak. Guruhdagi o’quvchilar qo’yilgan vazifa bo’yicha fikr-mulohazalarini o’rtaga tashlab, umumiy bir fikrga keladilar. Bu fikrni guruh nomidan biror o’quvchi sinfga taqdim etadi. 30 O’qituvchi guruhlarni faolyatini izohlaydi va baholaydi. Bunday ishlashda o’quvchilar: bir-birlarini o’rganadilar, har bir guruhni nuqtai nazarini, fikrini hurmat qilishga; o’z fikirlari, mulohazalarini asoslashga, ko’pchilikka etkaza olishga o’rganadilar. O’qituvchi mavzu, topshiriqlar ro’yxatini avvaldan tuzib qo’yadi. Rolli o’yinlar- mavzuga mos vaziyatni sahnalashtirish, rollarga bo’lib ijro etish. Ssenariy shunday tuzilishi kerakki, sahnadagi ijrochilarning bilim olishlariga, ko’nikmalarini egallashlariga yordam bersin. O’qituvchi qaysi mavzularni sahnalashtirish uchun qulayligini har tomonlama o’ylab ko’radi; ular ro’yxatni tuzadi va a’lochi o’quvchilar birlashib ssenariy yozadi. Matematik diktantlar – o’quvchi bilimining baholashning joriy nazorat shakllaridan biri. Bunda soda mashqlar bilan bir qatorda, ma’lum bir mavzular majmuasiga oid va tushunchalarni o’quvchining qay darajada o’zlashtirilgani aniqlanadi. Tanlovlar – ma’lum bir mavzular guruhi bo’yicha olingan bilimlarni, ko;nikmalarni tekshirish, baholashni maqsad qilib qo’yiladi. Bu tadbir savoljavoblar musobaqasi, viktorina, matematik devoriy gazetalar(ro’znomalar), mavzu bo’yicha yozilgan referatlar tanlovi (konkrusi) ko’rinishida o’tkaziladi. Konferensiyalar – har chorakda o’takazilishi mumkun, ularni ham oraliq nazoratning bir turi deb qarasa bo’ladi. Bunda, o’quvchilar o’zlari mustaqil yozgan ishlarini sinfga ma’ruza shaklida taqdim etadilar. Ishlar ma’lum mavzularga bag’ishlangan bo’ladi. Har bir sinfdan bir nechta maqbul deb topilgan ishlar bo’yicha o’quvchilarning maktab informatika koonferensiyasini o’tkazish ham mumkun.
1.O'tilgan mavzuni mustahkamlash. O'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish. O'quv materialini takrorash va umumlashtirish. Yangi mavzu mazmuni bilan tanishtirish.
2.Yangi mavzuni mustahkamlash.
3.O'quvchilaming bilimlarini, ko'nikma va malakalarini tekshirish.
4.O'quv materiallarini takrorlash va umumlashtirish.
Hozirgi yangi pedagogik texnologiyani mohiyati ham suhbat metodi orqali yangi mavzu mazmuni ochib berishdan iboratdir. Bunda mavzu mazmunini o'qituvchining o'zi bayon qiladi, lekin mantiqiy mulohazalar vaqtida va turli hisoblashlarni bajarishda o'qituvchi o'quvchilarga mavzu mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollar tizimi orqali murojaat qiladi, o'quvchilar ana shu savollarga javob berish orqali mavzu mazmunini chuqurroq o'zlashtirib oladilar. Sinfda yangi materialni o'rganishda qo'llaniladigan usullardan yana biri bu o'quvchilaming mustaqil ishlaridir. O'quvchilaming mustaqil ishlarida misol va masalaiar yechishni mashq qilish, teorema isbotlarini turli xil usullarda bajarish (agar imkoni bo'lsa), mavzu mazmuniga qarab natijaviy formulalarni chiqarish va unga doir misollar yoki masalalami tadbiq kilish kabi o'quv metodik ishlar amalga oshiriladi. Masalan, o'qituvchi to'la kvadrat tenglama va uning ildizlarini topish mavzusi o'tilgandan keyin, keltirilgan kvadrat tenglama va uning yechimlarini topishni mustaqil ish sifatida berishi mumkin, Bunda o'qituvchi o'quvchilarni kvadrat tenglama va uning yechimlari mavzusining mazmunini ochib beruvchi mantiqiy ketma-ketlikga ega bo'lgan savollar tuzishi bilan o'quvchilami yo'naltirib turishi maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi har bir o'quvchini qo'yilgan topshiriq mazmunini ochishdagi xato va kamchiliklarini to'g'rilab borishi lozim bo'ladi. Shundagina mustaqil ishlash usuli orqali o'quvchilar bilimini chuqurlashtirish mumkin bo'ladi. Informatika darslarida ma'ruza metodidan ham foydalanib darslar o'tiladi. Bu holda o'qituvchi' o'quvchilami mulohazada ishtirok etdirmasdan, mavzu mazmunini yolg'iz o'zi bayon etadi. Shu bilan birga bayon etilayotgan mavzu mazmunidah nimani yozib olish, qanday chizmani chizib olish, doskadan nimalami ko'chirib yozish kerakligi o'quvchilarga aytib beriladi. O'qituvchi nazariy materialnigina emas, balki masalalami yechilishini ham o'zi bajarishi, hamda mantiqiy mulohazalarni o'zi aytishi va barcha chizmalarhi chizish va yozuvlarni yozishni ham o’zi bajarishi mumkin. Bunda o'qituvchining mavzu mazmunini bayon qilish usuli o'quvchilar uchun namuna bo'Iishi, o'quvchilar ham o'z fikrlarini o'qituvchilardek bayon etishga intiladigan bo'Iishi kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim- tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shu sababli, bugungi kunda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan «Ta’lim menejmenti » fani o‘qituvchilar oldida quyidagi muhim vazifalar turadi:
- talabalarning mustaqil bilim olish, o‘rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o‘rni va ahamiyatini oshirish;
- mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o‘tkazish; - talabalaming faolligini oshirish, o‘zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metod va shakllarni qo‘llash;
- ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim muassasalari talabalarini mustaqil bilim olishiga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. 0‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, «Informatika» fanini o‘qitish samaradorligini oshirish o‘quv raashg‘ulotlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o‘qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ularrn о quv jarayomga jony etish asosiy vazilalardan hisobianadi. Ushbu vazifalami dolzarbligini e’tiborga olgan holda «Informatika» fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o‘rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalami ishlab chiqish zarur. O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiravchi faoliyati tashldl etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan biigalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlaming ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. О‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi. O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi. O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi. O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi O'qituvchilaming nutqi savodli, mulohaza va isbotlari etarli darajada asoslangan bo'Iishi hamda nutqi ravon bo'Iishi kerak. Agar darsda qo'llanilgan metodlar o'quvchilarda qiziqish tug'dirgan, ular diqqatini jalb qilgan bo'lsa, o'quvchilar mavzudagi asosiy mulohazalarni to'g'ri takrorlab bera olgan bo’lsalar, demakki, o'qituvchi mavzu mazmunini yoritishda qo'llangan metodidan qanoat hosil qilishi mumkin. O'tilgan mavzuni mustahkamlash deganda biz asosan o'quv materialini nazariy ma'lumotlarini takrorlash hamda o'quvchilami o'tilgan mavzu materiallari yuzasidan malaka va ko'nikmalarini shakllantirish uchun; misol, masalaiar yechish orqali o'tilgan darslarini takrorlab mustahkamlashni tushunamiz. O'tilgan materialni takrorlash ilgari olingan bilimlami yangilashga, o'tilgan mavzu mazmuniga umumiyroq nuqtai-nazardan qarashga yordam beradi.
O'tilgan mavzu mazmuninii mustahkamlashda asosan quyidagilarga e'tibor berish kerak.
-Yangi mavzu mazmunida ishlatilgan asosiy tushunchalarni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilganlik darajasi.
-Yangi mavzudagi teorema yoki uning isbotini o'quvchilar tononidan aytib berilishi darajasi.
-Yangi mavzu o'rganilgan teorema va formulalardan misol, masalilar yechishda o'quvchilarning foydalana olish darajasi.
-O'quvchilarnhg yangi mavzu mazmunini kundalik hayotda uchraydigan elementar muammolarga tadbiq qilish darajasi.
O'quvchilami bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish o'tilgan materiallar yuzasidm og'zaki so'rash yoki yozma ish olish usuli bilan aniqlanadi.Bunday tekshirish darslarini o'tkazish o'qituvchi tomonidan bir hafta oldin e'lon qilinib, o'quvchilarga og'zaki so'raladigan mavzu materiallari va ular asosida o'qituvchi tomonidan tuzilgan savollar ketma-ketligi beriladi Agar tekshiruv darsi yozma ish orkali o'tkaziladigan bo'lsa, bunda ham yozma ish 35 variantida tushadigan misol va masalalar qaysi mavzularga taalluqligi o'qituvchi tomonidan bir hafta oldin aytib qo'yiladi. O'quv materialini takrorash va umumlashtirish. O'tilgan materiallami takrorlash-umumlashtirish darslari ilgari otingan bilimlarni yangilashga, ularni ma'lum bir tizimga solishga va o'tilgan materialga unumiyroq nuqtai-nazardan qarashga yordam beradi.
Maktab matematka va informatika darslarida takrorlash-umumlashtirish darslarini quyidagi turlarga ajratish mumkin.
1. O'quv yili boshidagi takrorlash-umumlashtirish.
2. Kundalik takrorlash.
3.Tematik takrorlash-umamlashtirish darsi.
4. Yakuniy takroriash-umumiashtirish darsi.
Har bir takrorlash darsini o'z o'rni va maqsadi bordir. O'quv yili boshidagi takrorlash darsida o'qituvchi avvalgi sinfda o'tilgan asosiy mavzu materiallarining mazmunini hamda bu mavzularda ishlatilgan asosiy matematik tushunchalarni o'qituvchining o'zi takrorlab imkoniyati boricha umumlashtirib beradi. Informatika fanini o'zi shunday fanki, o'qituvchining o'zi har bir darsda yangi mavzuning mazmunini tushuntirish jarayonida ilgari o'tilgan mavzular mazmuni va ulardagi matematik tushunchalardan foydalanib dars o'tadi. Bunday takrorlashni kundalik takrorlash darsi deb yuritiladi. Informatikadan biror bob mavzu materiallari o'tib bo'linganidan keyin alohida takrorlash-umumlashtirish darslari o'tkaziladi. Bunday takrorlashni tematik takrorlash-umumlashtirish darsi deyiladi. Tematik takrorlash-umulashtirish darsi bo'lishidan oldin o'qituvchi takrorlanadigan bob mavzu materiallarini o'z ichiga oluvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollarni o'quvchilarga bir hafta ilgari berib qo'yishi va ana shu savollar asosida tematik takrorlash darsi bo'lishini 36 aytib qo'yishi lozim. Ana shu berilgan savollar asosida o'quvchilar bo'ladigan tematik takrorlash darsiga oldindan tayyorgarlik ko'radilar. Bunday takrorlash darsini o'qituvchi savol javob usuli orqali o'tkazadi. O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar mavzularning ketma-ketligi va ularda qatnashayotgan matematik tushunchalar orasidagi mantiqiy bog'lanishlarni tushunib etadilar. Natijada o'quvchilarning ana shu bob mavzu materiallari yuzasidan olgan bilimlari mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'ladi va umumlashadi. O’quv yili oxirida ham reja asosida takrorlash darsi ajratilgan bo'ladi, bunday takrorlashni yakuniy takrorlash darsi deb yuritiladi. Yakuniy takrorlash darsida o'quv yili davomida o'tilgan har bir bob mavzu materiallari takrorlab umumlashtirib boriladi. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsining muvaffaqiyatli o'tishi uchun o'quv yili boshidagi, kundalik, tematik takrorlash darslari o'z vaqtida o'tkazilgan bo'lishi kerak. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi orqali o'quvchilarning yil davomida olgan bilimlari umumlashtiriladi va sistemalashtiriladi. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini hamma o'qituvchilar ham metodik jihatdan tashkil qilmaydilar. Biz bir necha maktabda o'tkazilgan yakuniy takrorlashumumlashtirish darslarini kuzatdik, ular o'quv materiallarini umumlashtirish va sistemalashtirish o'rniga ba'zi maktablarda o'quvchilarni doskaga chiqarib qo'yib, ulardan o'tilgan o'quv materiallarini so'rash, ba'zilarida esa bir necha misol yoki masala yechish bilan cheklanishdi.
Ko'pchilik o'qituvchilar yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazishda quyidagi kamchiliklarga yo'l ko'yadilar:
1.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun faqat o'quv yili oxirida soat ajratib uni o'tkazadilar.
2.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material tanlashga befarq qaraydilar.
3.Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasini to'g'ri tanlay olmaydilar.
4.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material yuzasidan savollar va mashqlar sistemasini tuzmaydilar.
O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan bir necha kun avval shu darsda qaysi materiallarni qanday usullar bilan takrorlash va umumlashtirishini hamda ularga doir qanday masalalarni yechish kerakligini aniqlab, so'ngra o'quvchilarga shu mavzular bo'yicha tuzilgan savollar va mashqlar sistemasini berishi, ular shu o'qituvchi ko'rsatmasiga asosan yakuniy takrorlashumumlashtirish darsiga tayyorgarlik ko'rishlari kerak. O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini uyushtirishdan oldin quyidagilarga e'tibor berishi kerak:
1.Takrorlash-umumlashtirish darsining materiali o'sha kursni umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak.
2.Shu darsda o'tish uchun ajratilgan material bo'yicha savollar sistemasi tuzilgan bo'lishi kerak.
3.Takrorlash-umumlashtirish darsida ishlanadigan mashqlar sistemasi tuzilgan bo'lishi kerak.
4.Tuzilgan savollar va mashqlar sistemasi takrorlanayotgan materialni sistemalashtiruvchi va umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak.
5.Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasiga e'tibor berish kerak. O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi uchun mavzularni avvaldan rejalashtirishi kerak. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi o'qituvchining umumiy ma'ruzasi yoki o'quvchilarning shu mavzuga doir tayyorlangan ma'ruzalarini eshitish orqali o'tkaziladi.
Dars oxirida o'qituvchi takrorlash-umumlashtiruvchi darsida faol qatnashgan o'quvchilami rag'batlantiradi, faol qatnashmagan o'quvchilami ogohlantiradi, so'ngra o'tilgan mavzu materialini umumlashtiradi va sistemalashtiradi. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan 5-6 kun oldin takrorlanadigan mavzular o'quvchilarga beriladi. O'quvchilar esa o'qituvchining 38 ko'rsatmasiga asosan belgilangan kitoblardan foydalanib, takrorlashumumlashtirish darsiga ma'ruzalar tayyorlaydilar. Yakuniy takrorlashumumlashtirish darslarini bunday uyushtirish orqali har bir o'quvchini mustaqil ishga o'rgatiladi. Mavzularni yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi rejasiga bob yoki kursni o'z ichiga oladigan materiallardan tanlanadi.
|
| |