|
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish
|
bet | 7/20 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 185,5 Kb. | | #106293 |
Bog'liq PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INNOVATSIYALAR YARATISH VA1.2 Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish
Pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash asosida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda o‘quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko‘proq ma’lumotlarni yoritishga intilishi o‘quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni o‘zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o‘quvchining o‘zini his qilishi va sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi.
Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati o‘zlashtiriladigan ma’lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda o‘zgarib borishini e’tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi: - ko‘rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;
- yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy ko‘tarinkilikning tinib qolishi;
- yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy hissiyotlarning yig‘ilib borishi;
- katta miqdordagi ta’limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi.
Bu holat ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi. Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi birinchidan: talabalarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik ko‘rsatkichlari, motivatsion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi.
Obyekt Funksiyalari :
1. Button Buyruq tugmasi. Bir nechta rangdagi turli variantlari mavjud. Asosan boshqaruv funksiyasini bajaradigan buyruqlar bu tugmaga biriktiriladi.
2. Label YOzuv maydonchasi. Ishchi sohadagi yozuvlar shu obekt bilan beriladi. YOzuv gorizontal va vertikal ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
3. Paragraph Bir nechta satrdan iborat matnni o‘z ichiga oladigan yozuv maydonchasi. Ko‘rinish sohasiga sig„may qolgan pastdagi yozuvlar uning o‘ng tomonidagi lift yugurdagi orqali o‘qilishi mumkin, .txt va .quiz-kengaytmali matn fayllarini yuklab olib o‘qitish ham mumkin.
4. Image Turli formatdagi ikonkalar va rasmlarni ishchi sohada joy- lashtirish uchun ishlatiladi.
5. RichText WordPad, Bloknot, MS Word kabi matn muharrirlarida tay- yorlangan .txt va .rtf-fayllarni yuklash va uni samarali o‘qish imkonini beradigan yozuv maydoni.
6. Hotspot SHaffof holatdagi to‘g‘rito‘rtburchak ko‘rinishdagi faollash- tiruvchi obekt. U orqali sahifada bo‘sh turgan sohani biror funksiyani bajaruvchi faol sohaga aylantirish mumkin.
7. Video Video fayllarni (.avi, .mpg, .wmv, mp4, .) ishchi sohaga joylashtirish va turli o‘lchamlarda ko‘rish uchun foydalani- ladigan obekt
8. FlashMacromedia Flashda tayyorlangan .swf-fayllarni ishchi sohaga joylashtirish va unda foydalanish imkonini beradigan obekt
9. Web Bu obekt orqali .htm, .mht kengaytmali fayllarni ishchi sohaga Web sahifa orqali joylashtirish va ko‘rish mumkin.
10. SlideShowBir nechta grafik fayllarni bu obekt orqali yuklab olish va ma’lum vaqt oralig„ida ketma-ket slayd ko‘rinishida namoyish etish mumkin.
11. InputDasturga parol qo‘yish yoki klaviaturadan kiritiluvchi biror ma’lumotga ehtiyoj sezilganda mazkur obektdan samarali foydalaish mumkin.
12. CheckBox Bu obekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan bir nechta variantli ma’lumotlardan bir nechtasini tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin.
13. RadioButton Bu obekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan bir nechta variantli ma’lumotlardan faqat bittasini tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin.
14. ListBox Ishchi sohaga ro‘yxat shaklidagi ma’lumotlarni joylashtirish va ulardan birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish imkonini beradigan obekt.
15. ComboBox Ishchi sohaga ro‘yxat shaklidagi ma’lumotlarni “yashirin” tarzda joylashtirish va ulardan birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish imkonini beradigan obekt.
16. Tree Ma’lumotlarni daraxt ko‘rinishida ishchi sohada tasvirlash imkonini beradigan obekt.
17. Progress Vaqtga bog„liq jarayonni vizual tarzda ishchi sohada aks etti- ruvchi obekt. Xususan, ko‘p o‘lchamli fayllarni nusxalash- da, o‘chirishda, xotiradan katta joy egallovchi dasturni ishga tushirishda jarayonning kechishini bu obekt orqali vizual tarzda kuzatib turish mumkin. Bu obektlar sichqoncha yordamida dastur galeriyasidagi tayyor to‘plamdan olib qo‘yiladi.
Multimedia hujjatlarini tayyorlash, uning dasturlanuvchi qismlari uchun Scriptlar yozish, tayyorlanayotgan amaliy dasturni boshqarish interfeysini yaratishda bu obektlar dasturchiga imtiyozli yordam ko‘rsatadi. AutoPlayning ajoyib xususiyatlaridan yana biri shundaki, bu obektlar xossalarini tanlash uchun maxsus xossalar panelini ham dasturchiga taqdim etadi va u orqali bir qiymatli xossalar qiymatidan samarali foydalanish mumkin. Buyruq tugmalari grafik turda bo‘lganligi uchun loyiha kutubxonasida mavjud bo‘lgan standart buyruq tugmalaridan tashqari foydalanuvchi didiga mos istalgan dizayndagi buyruq tugmalarini yangidan yaratish mumkin. Buning uchun AutoPlay dastur oynasidagi “Tools” menyusining “Button Maker” bandiga murojaat qilish etarli. Natijada “Untitled - AutoPlay Media Studio Button Maker” sarlavhali muloqot oynasi yuzaga keladi (4-rasm). Ushbu muloqot oynasi quyidagi tuzilmaga ega
1) sarlavha satri;
2) instrumentlar paneli satri;
3) buyruq tugma hodisalari uchun asosiy ishchi panellar;
4) xossalar paneli;
5) rasm paneli;
6) rasmni taxminiy ko‘rish paneli;
7) holat satri.
Bu muloqot oynasida asosiy e’tibor tugmaning hodisalar paneliga qaratiladi. Unda tugmaning “Up Normal”, “Up highlighting”, “Up disabled”, “Down Normal”, “Down highlighting”, “Down Disabled” kabi hodisalari uchun alohida rangdagi tugmalar, rasmlar va yozuvlar tanlanadi. Interfaol metodlarni yaratishda kulay xamda oson bulgan dasturlardan yana biri bu Ispring dasturidir. Bu dastur orkali biz ukuvchilarga yanada yaxshirok bilim va malaka berishda kulay xisoblanadi. Ispring dasturi erdamida biz test, elektron kitob kabi innovatsiyalar yaratishimiz mumkin. Ispring dasturida elektron kitob yaratish uchun Ispring Kinetics oynasini ochamiz va 3D Book bandini tanlaymiz 47 3D Book tanlangandan so‘ng quyidagi oyna ochiladi. Rasmda ko‘rsatilgan kitob muqovasini o‘zgartirish mumkin. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilgan ikkita menyu bor Book va Help undan Book menyusiga kiramiz va Moreni tanlaymiz Endi kitob sahifalarini matn bilan boyitish kerak. Matn kiritish uchun Book menyusidan text bandini tanlaymiz. sahifa ustiga sichqoncha tugmasini bosib yozish belgisini hosil qilamiz. Sichqonchani bosib turib yozish kengligini belgilab olamiz. Belgilab olingan sohaga matnni klaviatura orqali kiritamiz yoki ko‘chirib olib kelamiz. Kiritilgan matnni fonini shaklini hajmini intervalini o‘zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin. Barcha ma’lumotlar joylashtirib bo‘lingach tanlanib saqlash jarayoni amalga oshiriladi. . Publish bandi tanlanadi va keying oyna hosil qilinadi Saqlash jarayonida saqlash manzili ko‘rsatilib nom beriladi va saqlash tugmasi bosiladi. Ispring dasturining yana bir muhum vazifasidan biri bu test hosil qilishdir. Bu dasturda tuzilgan test qulayligi beriladigan savollarni ishlayotgan foydalanuvchi javobni darhol olishi va uni tahlil qilishi mumkin. Ispring dasturida 10 xil ko‘rinishdagi testlarni hosil qilish mumkin. Bu dasturda test tuzish uchun quyidagi oyna ochiladi. Bu oynaning yuqori qismida belgilangan sohani tanlaymiz. 2-oyna hosil bo‘ladi. Dastur ikkita menyudan tashkil topgan. Main, Help. Main menyusidan o‘zimizni savolimizga to‘g‘ri keladigan test shaklini tanlab olamiz. Misol uchun: Rasmda ko‘rsatilgan test shakli bir nechta variantdan tashkil topgan bo‘lishi mumkin va bitta javobga asoslangan. Har bir to‘g‘ri javob variantiga belgi qo‘yiladi. Savollarga variant qo‘shish uchun chap qismida joylashgan Add Choice tugmasi bosiladi. Bir nechta javoblarni tanlashga to‘g‘ri keladigan holatlarda quyidagini tanlaymiz. Test tuzib ko‘rsatilayotgan oyna o‘ng qismida audio, video va rasm uchun joy ham mavjud. agar joylashtirilayotgan savollar rasm, video va ovozli fayllarga mo‘ljallangan bo‘lsa ulardan foydalanish mumkin. To‘g‘risini tanlash asosida tuziladigan testlar uchun YUqorida ko‘rsatilgan belgini bosib Publish oynasi ochiladi. 53 Publish bandi tanlangandan so‘ng saqlashning 4 xil usuli klo‘rsatiladi. Saqlash usuli tanlanadi, saqlash manzili ko‘rsatiladi va ok tugmasi bosilib jarayon yakunlanadi.
|
| |