• Interfaol metodlar
  • XULOSA Innovatsiya (inglizcha innovation)




    Download 185,5 Kb.
    bet15/20
    Sana27.11.2023
    Hajmi185,5 Kb.
    #106293
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INNOVATSIYALAR YARATISH VA

    XULOSA
    Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I. Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg’un unsurlami kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o'zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq foydalaniladi.
    Interfaol metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:
      • Talabaning dars davomida befarqi bo'lmasligiga, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etish;


      • Talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlash;


      • Talaba talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi;


      • Pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etilishi.


    Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:


    1. Yangi g’oya tuqilishi yoki yangilik konseptsiyasini paydo qilish bosqichi. U kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
    2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.
    3. Yaratilgan yangilikni amalda qo’llaybilish bosqichi.
    4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
    5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o'zining yangiligini yo'qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo'ladi.
    6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo'llanish doirasini qisqartirish bosqichi.
    V.A.Slastyonin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo'naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi esa insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi.
    Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar.
    Birinchi shaklga yangilik kiritish oddiy ishlab chiqish sifatida kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o'zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir.
    Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko'lamda ishlab chiqish taalluqlidir.
    Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o'zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
    Pedagogik innovatsiyada «yangi» tushunchasi markaziy o'rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub'ektiv yangilikka qiziqish uyg’otadi.
    Xususiy yangilik V.A. Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko'zda tutadi.
    Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma'lum unsurlarning yig’indisi shartli yangilik hisoblanadi.
    Mahalliy yangilik konkret ob’ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi.
    Sub’ektiv yangilik ma'lum ob’ekt uchun ob’ektning o'zi yangi bo'lishi bilan belgilanadi.
    Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi.
    Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.
    V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g’oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir. Lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmua yoki alohida olingan unsurlari bo'lib, o'zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg’or boshlanmalarini o'zida aks ettiradi.
    R.N.Yusufbekova pedagogik yangjlikka, o’qitish va tarbiya berishda avval ma'lum bo'lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o'zgarib turishi mumkin bo'lgan mazmuni sifatida qaraydi.
    Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzulmasining uch blokini farqlaydi:

    Download 185,5 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 185,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XULOSA Innovatsiya (inglizcha innovation)

    Download 185,5 Kb.