Didaktik o'yinlarni tashkil etish tamoyillari




Download 185,5 Kb.
bet18/20
Sana27.11.2023
Hajmi185,5 Kb.
#106293
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INNOVATSIYALAR YARATISH VA

Didaktik o'yinlarni tashkil etish tamoyillari.
Ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli talabalarning ta'lim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o'yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o'yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
    1. o'yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo'lgan qiziqishi ortadi;


    2. o'yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya'ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;


    3. shaxsning o'z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o'zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;


    4. hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinichiliklarni engish va mo'ljalni to’g’ri olish ko'nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;


    5. o'yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;


    6. shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;


    7. insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma'naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishga e'tibor qaratiladi;


    8. o'yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko'zda tutiladi.


Didaktik o'yinli mashg’ulotlarni talabalarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yini, konferentsiyalar, o'yin-mashqlarga ajratish mumkin.


O’qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, o'yin muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng esa, ularni ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o'yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.

Download 185,5 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 185,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Didaktik o'yinlarni tashkil etish tamoyillari

Download 185,5 Kb.