|
Oʻquv jarayonida kompyuterlar asosan quyidagicha foydalanilmoqda
|
bet | 5/20 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 185,5 Kb. | | #106293 |
Bog'liq PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INNOVATSIYALAR YARATISH VAOʻquv jarayonida kompyuterlar asosan quyidagicha foydalanilmoqda:
- passiv qoʻllash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi;
- faol muloqat – kompyuter oʻquvchiga yoʻl – yoʻriq berish va imtihon olishda;
- interfaol muloqat – kompyuter sun'iy intellekt sifatida, ya'ni oʻquvchi bilan muloqot qilishda foydalaniladi.
Ta'limda zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etilishi:
- fan sohalarini axborotlashtirishni;
- oʻquv faoliyatini intellektuallashtirishni;
- integrasiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;
- ta'lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi.
Pedagogik ta'lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:
- kompyuter “nazoratchi” funksiyasini bajarib ta'lim oluvchining didaktik topshiriqlar, test savollari, muammoli vaziyatlarga bergan javoblarini, ya'ni oʻzlashtirganlik darajasini aniqlab natijalarini monitorda koʻrsatadi;
- dars jarayonida ta'lim oluvchilar faoliyatini boshqaruvchi vosita boʻlib xizmat qiladi va bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqlar soni keskin ortadi, buning natijasida egallanishi lozim boʻlgan bilimlar xajmining oshishiga olib keladi;
- oʻquv mashgʻulotining tarkibiy tuzilishini modifikasiyalash, ya'ni oʻqituvchi tomonidan bajarilayotgan koʻpgina tashkiliy ishlarni kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilib vaqt tanqisligi muammosi kamayadi;
- ta'lim oluvchi faol ishtirokchiga aylanib, mustaqil ta'lim olish imkoniyati sohalari kengayadi va oʻqituvchi bilan erkin hamda teng muloqatga kirisha oladigan hamkorga aylanadi.
Ta'lim jarayonida amaliy dasturlar. Kompyuterning dasturiy ta'minoti orasida eng koʻp qoʻllaniladigani amaliy dasturiy ta'minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab — kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qoʻllanishidir. Amaliy dasturiy ta'minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
|
| |