• 2.2. Pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish …………………………
  • SH.M.MIRZIYOYEV
  • II BOB. TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI ……………………………………….18-23




    Download 185,5 Kb.
    bet3/20
    Sana27.11.2023
    Hajmi185,5 Kb.
    #106293
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INNOVATSIYALAR YARATISH VA

    II BOB. TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI ……………………………………….18-23
    2.1. Pedagogik texnologiyalar asosida informatika fanlarini o‘qitish metodikasi ………………………………………………………………….24-25
    2.2. Pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish ……………………………………………….26-31
    XULOSA…………………………………………………………………… 32-41
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………… 40

    KIRISH
    “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo’lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko’plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug’iladi. Shunday ekan, Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o’ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo’llab-quvvatlaydi”



    SH.M.MIRZIYOYEV
    Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy yetuk bo'lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar.
    Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro'yobga keldiki, bu xalq xo'jaligining barcha sohalarida, hususan, ta'lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo'llanilayotganligi, o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan bilimlar ko'lamining tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo'yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi qonunda ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jaxonning ilg’or yutuqlarini e'tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama shakllangan va etuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan.
    O’zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlab o’tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo'lajak o'qituvchilar shahsiga qo'yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma'naviy barkamollik deb belgilash mumkin”. O'quvchilarning informatik bilimlarini o'z kasbi doirasida, kundalik hayotda qo'llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon talabidir.
    Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir.
    Hozirgi paytda darsning xilma xil noan’anaviy shakllari joriy etilmoqda. Bunday darslar o‘quvchining ijodiy qobiliyatini o’stirish, aqliy salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez va to’la qabul qila olish ko’nikma va malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo’llash o‘quvchilarda ilmiy izlanishga qiziqishni uyg‘otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim, ko’nikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, o’zlashtirish sifati oshadi. Buning uchun o’qituvchi mahoratli bo’lishi va mavzularning mazmuniga qarab darsni to’g‘ri rejalashtirishi, mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilarni faol va ongli ishlashlariga erishmog‘i lozim. Pedagogik innovatsiya bu pedagogik g‘aoliyatdagi yangilik, o'qitish va tarbiya mazmuni va texnologiyasidagi o'zgarishlar, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan.Innovatsiya - innovatsiya natijasi sifatida tushuniladi va innovatsion jarayon uchta asosiy bosqichning rivojlanishi sifatida qaraladi: g'oyani yaratish (ma'lum bir holatda, ilmiy kashg‘iyot), amaliy jihatlarda g'oyalarni rivojlantirish va yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish.
    Pedagogik innovatsiyalar samaradorligining o’lchovi sifatida optimallik o’qituvchi va o’quvchilarning kafolatlangan natijaga erishishi uchun kuch-quvvat sarflashlarini taqozo etadi. Turli o’qituvchilar va o’quvchilar o’zlarining shaxsiy pedagogik hamda o’quv faoliyatlari jarayonida turlicha darajadagi samaradorlikka
    Bundan tashqari, xususiy, to‘g‘ri pedagogik (masalan, uslubiy) yangiliklarning samaradorligi, agar ular ijtimoiypedagogik rejada qo'llab quvvatlanmasa, qo'llab-quvvatlanmasa, ancha past bo'ladi. Shunday qilib, xususiy innovatsiyalar va ijtimoiy-pedagogik yangiliklarni qo'llabquvvatlovchi ijtimoiy pedagogik kontekstni yaratish ham, ma'lum hajm, miqyos va daraja umuman mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlanishini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin.
    Yuqoridagilardan tashqari har qanday innovatsion jarayonda yangiliklarni yaratish va yangiliklardan g‘oydalanish (o'zlashtirish) kabi tuzilmalarni ko'rish oson; bir biri bilan bog'liq bo'lgan mikroinnovatsion jarayonlardan iborat bo'lgan butun maktabning rivojlanishi asosida yotadigan murakkab innovatsion jarayon.
    O’qituvchilarda ijodkorlikni shakllantirishning muhim pedagogik sharti uni mustaqil bilim olish va ijodiy fikirlashga yónaltirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda, o‘qituvchilar orasida ijodiy muhit, muayyan ma‘naviy-ruhiy holat, tashkiliy, metodik, psixologik chora-tadbirlar qo‘llashga ham alohida e`tibor qaratish lozim. erishadilar. Xuddi mana shuning o’zi pedagogik innovatsiyalarning optimallik darajasini belgilaydi.
    Innovatsiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o’quv jarayoniga yangi (foydali) pedagogik texnalogiyalarni olib kirish tushuniladi. Yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim tizimining: maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; pedagogik faoliyatdagi o’ziga xoslik va o’quv-bilish jarayonini tashkil etishga; ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; o’quv-metodik ta’minotiga; tarbiyaviy ishlar tizimiga; o’quv reja va o’quv dasturlariga; o’quvchi va o’qituvchi faoliyatiga bog’liq.
    Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida natijalanganlik o’qituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon bo’ladi.
    Innovatsion texnologiyalarga ehtiyoj inkor etilmaydi. Ulardan foydalanish bilan mashg’ulotlar yanada qiziqarli va yorqinroq bo’ladi. O“quvchilarni ta’lim sifatini yaxshilashga ma’lum ta’lim natijalariga erishishga undaydi.



    Download 185,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 185,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II BOB. TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI ……………………………………….18-23

    Download 185,5 Kb.