• KURS ISHI TEKSHIRDI: MAXMUDOVA L. TOSHKENT - 2024 Reja: Kirish.
  • 1.4. Kislota-asos titrlash (neytrallash) usul. 1.5. Suvsiz muhitda kislota-asos titrlash. 1.6. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalariga asoslangan usul.
  • III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish.
  • Fizik xossalari
  • Obidova layloning farmatsevtik kimyo fanidan




    Download 1,29 Mb.
    bet1/7
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,29 Mb.
    #236766
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Obidova Laylo



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
    TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
    FARMATSIYA FAKULTETI FARMATSIYA YO‘NALISHI
    3-KURS TALABASI


    OBIDOVA LAYLONING


    FARMATSEVTIK KIMYO FANIDAN
    PIRIDIN-3 KARBON KISLOTA GURUH PREPARATLARI TAHLILI”
    MAVZUSI YUZASIDAN TAYYORLAGAN
    KURS ISHI


    TEKSHIRDI: MAXMUDOVA L.




    TOSHKENT - 2024
    Reja:
    Kirish.
    I. Adabiyotlar tahlili.
    1.1. Miqdoriy tahlilning kimyoviy usullari.
    1.2. Gravimetrik (tortma) usul.
    1.3. Titrimetrik (hajmiy) usul.
    1.4. Kislota-asos titrlash (neytrallash) usul.
    1.5. Suvsiz muhitda kislota-asos titrlash.
    1.6. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalariga asoslangan usul.
    1.7. Kompleksonometrik titrlash.
    1.8. Nitritometriya.
    II. Amaliy qism.
    2.1. Farmakopeya maqola.
    2.2. Alternativ metod.
    III. Xulosa.
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
    Kirish.
    Nikotin kislotasi, piridin 3-karbon kislota — suvda oz eriydigan rangsiz kristall. V vitamin guruhiga mansub, suyuqlanish temperaturasi 236—237°. Organizmda keng tarqalgan. Sut, baliq, sabzavotlar-mevalar, achitqi, bugʻdoy kepagi, goʻsht, ayniqsa, jigar va buy- rakda koʻp. Nikotin kislotasi amidi — nikotinamid (qarang Vitaminlar) kofermentlar — nikotinami-dadenindinukleotid (NAD) va nikotinamid-adenindinukleotidfosfat (NADF) tarkibiga kiradi. Nikotin kislotasi ning organizmdagi ahamiyati meʼda-ichak yoʻllari epidermasi va epiteliysini hamda nerv sistemasi funksiyasini normal holatda tutib turishdan iborat. Kishining Nikotin kislotasiga boʻlgan bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 20–30 mg. Nikotin kislotasi yetishmasa, pellagra kelib chiqadi. Nikotin kislotasi pellagradan tashkari, meʼda-ichak kasalliklari, ateroskleroz va boshqa kasalliklarni davolashda ham ishlatiladi. Sanoatda nikotinni oksidlab olinadi
    Nikotin kislota tarkibida azot atomi saklovchi olti a’zoli geterotsiklik halqa bo‘lib, ko‘pchilik tabiiy va sintetik preparatlar asosini tashkil qiladi.

    Nikotin yoki 3 – [21 – (N-metilpirrolidin)] -piridin tamaki o’simligidan olinadi. Umuman tamaki o’simligida o’ndan ortiq alkaloid borligi aniqlangan. Nikotin moysimon suyuqlik bo’lib , havoda tezda oksidlanishi sababli qo’ng’ir tusga kiradi, optik faol modda ,uning suvdagi eritmasi qutublangan nur tekisligini chapga buradi.
    Nikotinni 1828- yilda Posselt va Reymanlar sof holda ajratib olganlar. Nikotin molekulasi piridin xalqasi va azotda metillangan pirrolidindan tashkil topgan :

    Piridin qoldig’I N-metilpirrolidin koldig’i
    Nikotin eng zaharli alkoloidlardan biridir. Uning bir milligrammi og’ir zaxarlanishga olib keladi: bunda bosh og’riydi, qayt qilinadi, hushdan ketiladi. Nikotin yurak uchun kuchli zahar hisoblanadi, uning kishini o’limga olib keladigan dozasi 40 mg atrofida. Organizm asta -sekin bu zaxarga o’rganadi, biroq kashandalarda bora-bora nikotin bilan uzoq davom etadigan zaharlanish sodir bo’ladi.
    Nikotinni qishloq xo’jaligida zararkunandalarga qarshi insektisid sifatida keng ishlatiladi.
    Fizik xossalari
    Nikotin kislota hidsiz, kuchsiz nordon mazali, oq kristall kukun bo’lib, suvda, spirtda qiyin eriydi, issiq suvda eriydi. U 234 – 238 oC da haroratda suyuqlanadi. Nikotin kislota amfoter xossaga egadir. Unda uchlamchi azotgetroatomi hisobiga asos xossa, karboksil guruhi hisobiga esa kislota xossa mavjud.



    Download 1,29 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Obidova layloning farmatsevtik kimyo fanidan

    Download 1,29 Mb.