|
Shahrisabz tumani Yangiobod mfy yangiobod qishlog’i 45-uyda yashovchi fuqaro Madiyev Shaxobiddin Musurmon o’g’liga
|
Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 13,63 Kb. | | #158429 |
Bog'liq Javob xat ishsizligi uchun rad bo\'lganlarga
Shahrisabz tumani Yangiobod MFY
Yangiobod qishlog’i 45-uyda yashovchi fuqaro
Madiyev Shaxobiddin Musurmon o’g’liga
Shahrisabz tuman “Inson” xizmatlar markazi Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishonch telefoni orqali 2024 yil 24 yanvardagi 58078/24-sonli qilgan murojaatingiz bo’yicha
Siz murojaatingizda bolalar nafaqasi tayinlashda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragansiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10 noyabrdagi «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 596-sonli Qaroriga asosan rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlariga murojaat qilmagan hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish organlarida hisobda turmagan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lganda ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash rad etilishi belgilangan.
O’rganish davomida, Sizga turmush o’rtog’ingiz Yarasheva Manzuraning 13.12.2023 yilda topshirgan Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi 18297718 ID bilan “Yagona reestr” АТ dasturiga kiritilganligini va dastur tomonidan Sizning ishsiz ekanligingiz sababli nafaqa tayinlash dastur tomonidan avtomatik tarzda rad etilganligi tushuntirildi va tushuncha hosil qilganligingiz to‘g‘risida o’z munosabat xatingizni taqdim qilgansiz.
Mazkur javob xatidan norozi bo’lgan taqdiringizda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O’RQ 445-sonli Qonunining 33-moddasida ko’rsatilgan tartibda yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilish huquqingiz borligini tushuntirib o’tamiz.
Shahrisabz tumani “Inson” ijtimoiy
xizmatlar markazi direktori X.Soatov
bajardi: D.Olimjonov
|
| |