• Orta talim
  • Yuqori maktab
  • Koreyaning eng mashxur Universitetlari
  • Sharq mamlakatlarida (Yaponiya, Koreya, Xitoy) da pedagogik akmeologiya




    Download 141 Kb.
    bet8/8
    Sana07.10.2024
    Hajmi141 Kb.
    #273875
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Boshlang'ich maktab

    • Koreyada boshlang'ich ta'lim uchun o'quv yilida 1 martga qadar 6 yoshdan yuqori bo'lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o'qishga kirishga xuquqli bo'lib, buning uchun maktab mas'ul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo'ladi. Ular 13 (12) yoshgacha boshlang’ich maktablarda ta’lim oladilar. O'quv yili esa 1 mart Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2 martdan boshlanadi. 6 yil davom etadigan boshlang'ich ta'lim majburiy etib belgilangan. Boshlang'ich ta'limda 1 yil ikki semestrga bo'lingan holda olib boriladi. Boshlang’ich ta’limda o’qitiladigan fanlar qatoriga:

    • Koreys tili

    • Matematika

    • Aniq fanlar

    • Jamiyat haqidagi fanlar

    • Chet tili

    • Tasviriy san’at

    • Musiqa kiradi.

    O'rta ta'lim

    • O'rta ta'lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi. Kopchilik o’quvchilar o’rta maktabga 12 yoshda kelishadi va 15 yoshgacha shu yerda ta’lim olishadi. O'rta ta'lim ham majburiy bo'lib, bir o'quv yili 1 martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo'lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O'rta ta'lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san'at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o'qitiladi. Shuningdek, o'rta maktabda o'quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko'pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O’rta maktabda o’quvchilar qattiq nazorat qilinadi o’quvchilarning formasi, soch turmagi va maktabdan tashqari faoliyatlari ham nazorat qilinadi. Boshlang’ich maktabdagi kabi o’rta maktabda ham o’quvchilar asosan bir sinfda o’tirishadi, ammo fanlar turli o’qituvchilar tomonidan olib boriladi. O’quvchilar har kuni 6 ta o’quv predmeti bo’yicha dars o’tishadi.

    Yuqori maktab

    • Yuqori maktabning 1- kursiga o’quvchilar 17 yoshdan qabul qilinib 19 yoshgacha tahsil oladilar.

    • Yuqori maktablar bir necha turlarga bo'linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta'lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat,Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi),Umumiy yuqori maktablar (Har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi), xususiy yuqori maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o'qitish fanlariga ko'ra ham bir qancha turlarga bo'linadi: umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo'jaligi,sanoat,dengiz xo'jaligi,axborot),maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab),texnika maktablari,chet tili maktabi,jismoniy tarbiya maktabi,san'at maktablari. Koreya Respublikasida Ta'lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo'jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo'ladi. Yuqori maktab o’rta maktab kabi majburiy emas biroq 2005 yilgi ma’lumotlarga qaraganda 97% koreys yoshlari yuqori maktabni tamomlaganlar. Bu juda yuqori ko’rsatkichdir.

    Koreyaning eng mashxur Universitetlari:

    • Seul Milliy Universiteti, Korea Advanced Institude of Science and Technology, Pusan milliy Universiteti, shuningdek xususiy universitetlardan: Koreys Universiteti, Pohang Universitуti, Yonsei Universiteti, Sogang Universiteti, Hanyang Universiteti, Sungkyunkwan Universiteti va Ewha Womans Universiteti.

    Download 141 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 141 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharq mamlakatlarida (Yaponiya, Koreya, Xitoy) da pedagogik akmeologiya

    Download 141 Kb.