• 1. N azariy metodologiyaning umumiy konsepsiyasi va masalalari I lmiy tadqiqotga kirish
  • Ilmiy tadqiqot: Asosiy kategoriyalar va tushunchalar Ilmiy ish
  • Ilmiy tadqiqot
  • O‘quv kursining maqsadi va vazifalari




    Download 119,94 Kb.
    bet2/10
    Sana17.01.2024
    Hajmi119,94 Kb.
    #139658
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Ачилова, Н.М.Д.METODOLOGIK
    hayvonlar evolyutsiyasi , Hisobot mart, 9-sinf jahon 3-chorak, 11-maktab shartnoma maktab tuzatilgan, dars jadvali 2023 1-chorak, 26-maktab Алфраганус институтига, Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan ssenariy va tadbirlar-fayllar.org, 3-В Физика узб, wedwedf, English, Документ Microsoft Word (3), Nasrlar, Bayotlar
    O‘quv kursining maqsadi va vazifalari
    O‘quv kursining maqsadi: ilmiy tadqiqot dasturini tuzish va unda nazariya va amaliyot birligiga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iborat.
    Kursning vazifalari: ilmiy tadqiqot ishini tayyorlashda ilmiy izlanish, ilmiy dalillarning rolini anglash, bilimdan asosiy metodologik vosita sifatida foydalanish;
    -ilmiy tadqiqot jarayonida muammoni to‘g‘ri qo‘yish va uning yechimini topish texnologiyasi;
    -axborot va axborot texnologiyalardan foydalanishning zaruriyati;
    -ilmiy ish ma’nosini tushunishning ahamiyati;
    -ilmiy tadqiqot jarayonida olim mas’uliyatining ahamiyatini o‘rganishdan iborat.
    1. Nazariy metodologiyaning umumiy konsepsiyasi va masalalari
    Ilmiy tadqiqotga kirish
    Tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati XXI asr fani muvaffaqiyatining garovidir. Qadimgi davrlardan to bugungi kungacha fan umuman jamiyatga va alohida har bir kishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda bizni o‘rab turgan jamiki narsalar – bu inson ilmiy faoliyatining amaliy shakllari bo‘lib hisoblanadigan texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayoni orqali moddiy boyliklarda mujassam bo‘lgan aqliy ish mahsulidir.
    Ilmiy faoliyat metodologiyasini anglab olish uchun avval-boshda kirish tartibida ayrim nazariy jihatlar, asosiy kategoriyalar va tushunchalar ustida mushohada yuritish kerak bo‘ladi – ushbu bob shu mavzuga bag‘ishlanadi.
    Ilmiy tadqiqot: Asosiy kategoriyalar va tushunchalar
    Ilmiy ish boshqa har qanday ishdan o‘zining maqsadi — yangi ilmiy bilimni olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqelik haqidagi ob’ektiv bilimlar ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi.
    Biroq fanda qandaydir bir yangi ilmiy faktni aniqlash kamlik qiladi, unga fan pozitsiyasidan turib izoh berish, uning umumiy bilishga oid, nazariy yoki amaliy ahamiyatini ko‘rsatish, shuningdek ilgari ma’lum bo‘lmagan yangi jarayonlar va hodisalarni oldindan ko‘ra bilish talab etiladi.
    Ilmiy ish bu avvalo qat’iy rejali faoliyatdir. Garchi fanda tasodifiy kashfiyotlar qilinib tursa-da, lekin faqat rejali, zamonaviy vositalar bilan puxta qurollangan ilmiy tadqiqot tabiat va jamiyatdagi ob’ektiv qonuniyatlarni ochish va teran bilishga imkon beradi. Shundan keyin avval-boshdagi fikrning aniq maqsadni ko‘zlab ishlanishini davom ettirish, oldindan mo‘ljallangan tadqiqot sxemasini aniqlashtirish, o‘zgartirish, unga qo‘shimchalar qilish jarayoni kechadi.
    Ilmiy tadqiqot. Uning umumiy maqsadi quyidagi ehtiyojlarga javob beradigan nazariyani qurishdan iborat:
    1) faktlarni tahlil etish, tasniflash va bir tizimga solish (sintez qilish);
    2) real olamning aniq faktlarini talqin qilish va anglab olish;
    3) yangi natijalarni oldindan aytib berish va hodisalar rivojini bashorat qilish.

    Download 119,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 119,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quv kursining maqsadi va vazifalari

    Download 119,94 Kb.