• Tasdiqlayman”
  • NAZARIY-METODOLOGIK KURSINING DASTURI 14.00.41 – xalq tabobati Bajaruvchi
  • Sharq tabobati




    Download 119.94 Kb.
    bet1/10
    Sana17.01.2024
    Hajmi119.94 Kb.
    #139658
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Ачилова, Н.М.Д.METODOLOGIK
    hayvonlar evolyutsiyasi , Hisobot mart, 9-sinf jahon 3-chorak, 11-maktab shartnoma maktab tuzatilgan, dars jadvali 2023 1-chorak, 26-maktab Алфраганус институтига, Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan ssenariy va tadbirlar-fayllar.org, 3-В Физика узб, wedwedf, English, Документ Microsoft Word (3), Nasrlar, Bayotlar

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
    FARMASEVTIKA TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISh AGENTLIGI
    Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti


    Institut ilmiy kengashida
    «__» _______ 2024 yilda tasdiqlangan
    (Bayonnoma № __)






    Tasdiqlayman”
    “Sharq tabobati” ITI direktori, t.f.n. ______ G.B.Vafoqulova
    “____” ____ 2024 yil

    Inonotus abliquus zambrug`ining marfabiologiyasi, kimyoviy va tibbiyotda qo`llanilish istiqbollari”


    biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan
    NAZARIY-METODOLOGIK KURSINING
    DASTURI
    14.00.41 – xalq tabobati
    Bajaruvchi: tayanch doktorant D.M.Mamadaminova
    Ilmiy raxbar: q.x.f.d. X.Q.Haydarov


    Samarqand – 2024
    KIRISh
    O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2017 yil 22 maydagi 304-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) va fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
    Nazariy-metodologik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasini va masalalarini, fan bo‘yicha nazariy asoslarni va ilmiy tadqiqotlar usullarini o‘z ichiga oladi.
    Fanning barcha tabiiy, ijtimoiy, texnika, fundamental, amaliy kabi sohalarini zamon talablariga mos moddiy texnik resurslar bilan ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Fanni rivojlantiruvchi intellektual salohiyat egalari - olimlarning, ijtimoiy faolligi yanada oshdi. Shu bois, yoshlarning ijodiy faoliyatini qo‘llab quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun sharoit yaratish va ijod mahsullarini rag‘batlantirish uchun katta ilmiy xodim-izlanuvchilar bosqichida hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanini o‘qitish joriy qilindi. Zero, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga mutaxassisliklari bo‘yicha ilmiy faoliyatni tashkil qilish metodologiyasini o‘rgatish muxim ahamiyat kasb qilmokda.
    Zero, xar qanday ilmiy tadqiqot muayyan maqsadga yo‘naltirilishi bilan bir qatorda, uning o‘ziga xos uslubiy ta’minoti bo‘lishi, malakali mutaxassis egallagan bilimlaridan qaerda, qachon va qay darajada foydalanishi, ilmiy tadqiqot natijalarining inson manfaatlariga xizmat qilishi kabi muxim omillar ushbu fanning mohiyatini chukur o‘rganish jarayonida egallanadi. Shu bois, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar mutaxassisliklari bo‘yicha umummetodologik fanlar blokida o‘rganiladigan ushbu fan tadqiqotning texnologiyasi, har qanday ilmiy izlanishning asosiy omili bilimni egallash va undan foydalanish mahoratini o‘rganishga qaratilgan.

    Download 119.94 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 119.94 Kb.