• 10. Bajarilishi kutilayotgan tadqiqot ishlari rejasi va uslublari.
  • Bajaruvchi
  • Kutilayotgan ilmiy yangiliklar




    Download 119,94 Kb.
    bet10/10
    Sana17.01.2024
    Hajmi119,94 Kb.
    #139658
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Ачилова, Н.М.Д.METODOLOGIK
    hayvonlar evolyutsiyasi , Hisobot mart, 9-sinf jahon 3-chorak, 11-maktab shartnoma maktab tuzatilgan, dars jadvali 2023 1-chorak, 26-maktab Алфраганус институтига, Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan ssenariy va tadbirlar-fayllar.org, 3-В Физика узб, wedwedf, English, Документ Microsoft Word (3), Nasrlar, Bayotlar
    9. Kutilayotgan ilmiy yangiliklar.

    • Qora qayin – Inonotus aliquis zamburug` sporalarining unib chiqishi ekologiyasi, sporalarni unib chiqishining optimal muddatlari va yashovchanlkni aniqlanadi;

    • Inonotus abliquis vegetatsiya davri, biologik xususiyatlari kimyoviy tarkibi, tibbiyotda qo`llanilish istiqbollari o‘rganiladi.

    • Madaniy sharoitda Inonotus abliquus zambrug`ining kimyoviy tarkibi aniqlanadi;

    10. Bajarilishi kutilayotgan tadqiqot ishlari rejasi va uslublari.
    Tadqiqotlar laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi va rejalashtirilgan tadqiqot natijalari asosida Qora qayin-Inonotus abliquis zamburug`ining morfobiologiyasi,kimyoviy tarkibi va tibbiyotda qo`llanilish istiqbollari o`rganiladi va labaratoriya sharoitida ekin sharoitida parvarishlashning texnologik asoslari ishlab chiqiladi. Tadqiqotlarni bajarishda botanika,urug‘shunoslik, urug‘chilik, agronomik, va o‘simlikshunoslikda umum qabul qilingan uslublardan, shuningdek, biostatistik ( Dospexov, 1979) uslublardan foydalaniladi.
    Tajribalar Samarqand viloyati, Nurobod tumanida joylashgan “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutining tajriba dalasida olib boriladi. Tadqiqotlar manbai bo‘lib Samarqand viloyatida tarqalgan Katta qoncho‘p –Chelidonium majus L. o‘simligi xizmat qiladi. Tadqiqotlar laboratoriya va dala sharoitlarida amalga oshiriladi.
    A)O‘simlikning ontogenezini o‘rganish dalada o‘sib turgan o‘simliklarda 2024-yildavomida amalga oshiriladi. Bunda urug‘larning unibchiqishidan boshlab vegetatsiya davrining tugashigacha bo‘lgan vaqt mobaynida o‘simlikning morfologik tuzilishida ro‘y beradigan o‘zgarishlar, rivojlanish bosqichlari qayd qilib boriladi. O‘simlikning har bir rivojlanish bosqichida biometrik o‘lchov ishlari amalga oshiriladi.
    B). Urug‘larining biologik xususiyatlarini (hayotchanligi, unib chiqish xususiyatlari, ekinboplik sifatlari, unish ekologiyasi, unib chiqishi uchun zarur harorat, namlik, yorug‘lik omillarini o‘rganishda urug‘shunoslikda umum qabul qilingan uslublardan (Kuleshov, 1963;Leurda, Belskix, 1974; Rabbimov, Xamraeva, Qarshiev, 2022) uslublaridan foydalaniladi. O‘simliklarning fenologiyasini o‘rganishda I.N.Beydeman (1960) uslubidan foydalaniladi.Ushbu tadqiqotlar 2025-yilda amalga oshiriladi.
    2026-yilda o‘simlikning suv rejimi, gullash biologiyasi, urug‘ hosil qilish xususiyatlari, ildiz tizimining shakllanishi, yer ostki va ustki organlari fitomassasi, urug‘ ekishning optimal muddatlari, ekish chuqurligi kabi xususiyatlarini o‘rganish amalga oshiriladi
    Tadqiqotlarni olib borishda quyidagi uslublardan foydalaniladi:

    • O‘simliklarning yashovchanligini aniqlashda dastlabki yildagi o‘simliklar tup soniga nisbatan kiyingi yilning bahori va kuzida har bir hisob maydonchalaridagi yashab qolgan o‘simliklar sonini taqqoslash va olingan ma’lumotlarning foizlardagi ifodalangan ko‘rsatkichlariga qarab xulosa qilinadi;

    • O‘simliklarning yillik o‘sishini o‘rganishda hisob paykalchalaridagi 25 tup o‘simlikning har qaysisidan bittadan eng uzun generativ novdani uning boshlanish nuqtasidan o‘sish nuqtasigacha lineykalar yordamida o‘lchash orqali, bahorda (may) va kuzda (oktyabr) amalga oshirialdi;

    • Fenologik kuzatishlar, fiziologik tadqiqotlar, urug‘larning ekish sifatlarini o‘rganish kabi tadqiqotlar o‘simlikshunoslik umum qabul qilingan uslublardan (N. N. Beydeman, 1960; Ivanov va boshqalar, 1963; Kuleshov, 1963) foydalanish asosida amalga oshiriladi;

    • Fitomassa ko‘rsatkichlarini aniqlashda har bir hisob paykalchalaridagi o‘simliklarning yer ustki va ostki organlarini o‘lchash orqali amalga oshiriladi.

    • O‘simlikning gullash biologiyasini o‘rganishda A. N. Ponomaryov (1960) uslubidan, ildiz tizimining shakllanishini o‘rganishda M.G.Taranovskaya (1957) va M.S.Shalыt (1960) uslublaridan foydalaniladi.

    • O‘simliklarning shoxlanish (tuplanish) darajasini baholashda har 25 tupdan o‘simliklarning generativ novdalarini sanash orqali amalga oshiriladi;

    • Tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarga biostitistik ishlov berishda Dospexov (1979) uslublaridan foydalaniladi.



    Bajaruvchi: tayanch doktorant D.M.Mamadaminova
    Ilmiy raxbar: b.f.d.prof X.Q.Haydarov
    Download 119,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 119,94 Kb.