|
Shartli belgilar: taqrizchilar Pdf ko'rish
|
bet | 42/150 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 13,23 Mb. | | #100154 |
Bog'liq Jahon tarixi 10 uzb 2022Versal-Vashington tizimi nomini oldi. Versal-
Va shington tizimi bir guruh davlatlarning dunyoga hukmronligini, dunyo siyosatida
AQSH taʼsirining sezilarli kuchayganligini aks ettirdi.
1930-yillarning boshiga kelib AQSH kapitalistik dunyoning tan olingan yetakchisi-
ga, texnik taraqqiyotning yalovbardoriga aylandi. Iqtisodiy inqirozning butun qudrati
ham shu yerda namoyon boʻldi. Xoʻjalikning anʼanaviy tipi oʻz imkoniyatlarini yakun-
ladi.
1929–1932-yillari sanoat ishlab chiqarish hajmi 50% ga qisqardi, 13 millionga
yaqin kishi oʻz ish joylaridan mahrum boʻldi.
1932yil noyabrdagi saylovlarda Amerika xalqiga yangi kurs vaʼda qilgan
Franklin
Ruzvelt gʻolib chiqdi. “Yangi kurs” Amerika kapitalizmining xarakterini oʻzgartirib
yubordi. U AQSH iqtisodini yangi, buyuk davlatchilik intilishlari avj olgan davrga
mosladi. Shu tariqa 1930-yillarning ikkinchi yarmida AQSH va uning ortidan butun
kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib oldi.
B
irinchi jahon urushidan keyin liberal demokratiya mamlakatlarining yetak-
chisi AQSH boʻlib qoldi. Ammo amerikacha gullabyashnashning va ilgʻor
kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotining boʻsh tomoni ham boʻlib, u doimiy yuz
beradigan inqirozlarda namoyon boʻladi. 1929yil 24oktyabrda Nyu York fond
birjasida boshlangan inqiroz tufayli barqaror rivojlanish davri tugadi. AQSHning
ortidan butun kapitalistik dunyo jahon iqtisodiy inqirozi girdobiga shoʻngʻidi. Bu
inqiroz kapitalistik xoʻjalik shaklining XIX asr oxiri – XX asr boshlari uchun xos
boʻlgan tarixiy evolyutsiyasini yakunladi.
AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI
Parij yaqinidagi Versal saroyida
1919-yil 18-yan-
vardan 1920-yil 21-yanvargacha 27 davlat vakillari
ishtirokida tinchlik konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
1919-yil 28-iyunda Germaniya Versal tinchlik
shartnomasini imzoladi.
Uzoq Sharq va Tinch okeandagi bahsli muammolarni
hal qilish va dengizdagi qurollarni cheklash maqsadida
|
| |