|
ed6 cd4 35.df8 de3 36.fd6 ef2 37.de5
|
bet | 31/139 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 31,19 Mb. | | #117717 |
Bog'liq Shashka bo\'yicha o\'quv qo\'llanma 100000 34.ed6 cd4 35.df8 de3 36.fd6 ef2 37.de5 Qoralar taslim bo’lishdi.
B .Blinder – S.Natov
Yurish qoralardan.
11…gh4?
Qoralar o’z xohishlari bilan harakatsiz o’yin olib borishmoqda va shu bilan o’zlarini og’ir himoyaga majbur qilishmoqda.Vaziyatga diqqat bilan qarab, ular oqlarning o’ng qanotining kuchsizligini ko’rishlari va 11…cd6! 12.ce7 df6 13.de3 bc7 14.gf4 gh4= dan keyin faol himoyaga o’tib, o’yinni tenglashtirishlari mumkin edi.
Lekin yuqoridagi yurishga qaytamiz. Yuzaga kelgan vaziyat o’yinning markaziy qismi hisoblanadi. Bir qarashda sodda ko’rinishiga qaramasdan, unda ko’plab yashirin imkoniyatlar bor. Oqlarning vaziyatini yanada kuchaytirish uchun qanday yo’l tutish kerak? To’g’ridan-to’g’ri f4 xonasini egallash hech qanday natija olib kelmaydi, bunga sabab:
12.gf4 cd6! 13.ce7 fd6 14.bc3 ab6 15.cd4 (teng o’yinli 15.ab2 bc5) 15 … bc5 16.db6 ac7 va 17…de5=.
12.de3 cd6 13.ce7 df6! 14.gf4 bc7 15.ed4 cd6 vaziyat tenglashadi.
12.dc3!
Sodda, lekin topilishi qiyin bo’lgan yurish, a5 yon tomon donasini almashtirish orqali d4 markaziy xonasini egallash rejasiga asoslangan. Shu tariqa oqlar keyinchalik muhim f4 xonasini egallash uchun o’zlariga yo’l ochishmoqda.
12…cd6 Boshqa chora yo’q.
13.ce7 fd6 14.cb4!
14.gf4 ni o’ynash shoshma-shosharlik bo’lardi, chunki 14…dc5 dan keyin oqlar 15.fe5 yurishi mumkin emas.
14 … ac3 15.bd4
Nihoyat, muhim markaziy xonani egallash uchun kechgan og’ir kurash yakunlandi. Ustunlik oqlar tomonida.
15…dc5 Boshqa javoblar qoralarning holatini yaxshilay olmasdi.
16.db6 ac5 17.gf4.
Uzoq harakatsizlikdan so’ng, g3 donasi kurashga qo’shilmoqda.
17 … bc7 18.ab2 cd6
Boshqa yurishlar quyidagi natijalarga olib keladi: 18 … cb4 19.bc3 bd2 20.ce3 cd6 21.ed4 de7 22.de5 dc5 23.ed6 cd4 24.df8 dc3 25.fh6 cb2 26.hg7X
Yoki 18 … de7 19.fe5 cb4 20.bc3 bd2 21.ce3 cb6 22.ed4 va ustunlik oqlar foydasiga.
|
| |