|
Shashka haqiqiy xalq o’yini
|
bet | 32/139 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 31,19 Mb. | | #117717 |
Bog'liq Shashka bo\'yicha o\'quv qo\'llanma 100000 19.bc3 de7 20.fe3 ef6
Yuzaga kelgan vaziyatga e’tibor bering. U etyudli o’yin yakuniga olib borishda himoyalanuvchi tomondan katta mahorat talab etadi.
21.cd4 cb4 22.fg5 de5?
Mag’lubiyatga olib keladi. Qoralar yuzaga kelgan qiyinchiliklarni tushunishmadi va kuchli 22…bc3! yurishidan keyin o’yin durangga kelib qolishini tasavvur ham qilishmagan, ya’ni: 23.db2 fe5 24.bc3 hf6 25.ed4 dc5 26.db6 ef4 27.bc7 fg3 28.cd8 gh2 29.dh4 hg1=
23.ge7 ec3 24.ed8 hg3
24…ba3 dan keyin 25.dc7 cb2 26.ce5 ba1 27.eh8 hg3 28.ed4 29.hd4X hal qiladi.
25.df6 gh2
Shubhasiz, 26.fh4X tufayli 25…cd2 mumkin emas.
26.fa1 hg1 27.ef4
Keyinchalik oqlar f4 donasini damkaga olib chiqishdi va qoralar taslim bo’lishdi.
Z .Tsirik – T.Shmulyan
O’yinning debyut qismida kuchsiz rivojlanish yo’lini tanlab, qoralar harakatsiz vaziyatga ega bo’lishdi, ayniqsa, ularning rivojlanmagan chap qanoti ayanchli ahvolda.
12.bc5!
Oqlarning rejasi aniq, ular markazni mustahkam olishga intilishmoqda, chunki biroz bo’lsa-da kechikish ham qoralarga 12…dc5 yurishi bilan chap qanotini rivojlantirib olish imkonini beradi.
12 … db4 13.ac5 gf6
Chap qanot donalarini asta-sekin rivojlantirish eng to’g’ri yo’ldir, negaki 13…cd6? 14.ce7 fd6 orqali oqlarning c5 “kol” donasini almashtirgach, qoralarda durangga erishish borasida muammolar tug’iladi.
14.gf4 fg5 15.de3 hg7 16.cb2 gf6 17.cb4!
Oqlar erishilgan ustunlikni mustahkamlab, markazda faol harakatlarni boshlashmoqda va raqibga qarshi hujum uchun hech qanday imkon qoldirishmayapti. Endi 17…cd6 18.ce7 fd6 dan keyin katta ustunlikka ega 19.ef2 kelmoqda.17…cb6 ham kuchsizdir,u holda oqlar 18.ba3 va 19.ba5 orqali katta ustunlikni olishadi.
17 … gh4 18.ba3 fg5
Donalar almashinuvli kombinatsiya 18 … hg5 19.fh6 fg7 20.hf8 de7 21.fd6 ca5 qoralarni mag’lubiyatga olib kelardi: 22.ef4 hg3 23.fh2 ab4 24.cd6 bc3 25.hg3 ab6 26.gf4 ba5 27.fe5 fd4 28.gf2 hamda oqlar uchun yutuqli vaziyat.
|
| |