• Markazni o’rab olish
  • Shashka haqiqiy xalq o’yini




    Download 31,19 Mb.
    bet46/139
    Sana13.12.2023
    Hajmi31,19 Mb.
    #117717
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   139
    Bog'liq
    Shashka bo\'yicha o\'quv qo\'llanma 100000

    25.ed6! gf6 26.gf2 bc5
    Vaqt tig’izligida qoralar xato o’ynab, raqibining vazifasini yengillashtirmoqda. 26…fg5 dan keyin 27.dc7 bc5 28.bd6 db6 29.fe3 gh4 30.ef4 fg7 31.de7! oqlar g’alaba qozonadi.
    27.ba5 ce7 28.ab6 fe5 29.ba7 dc7 30.ab8 ed6 31.cb4 cb6 32.ba5 bc5 33.ba7 cd4 34.ae3 ed4 35.ee7 fd6 36.ab6 de5 37.fe3 Qoralar taslim bo’lishdi.

    Uchinchi bob
    Markazni o’rab olish

    Markazni egallashga intiluvchi o’yinchilar ko’p yillar davomida ustunlikka ega bo’lib kelgan. Hozirgi kunda ham, shubhasiz, hech kim markazning kuchini inkor etmaydi, ko’p hollarda markazni egallash – ustunlikka erishishni anglatadi. Lekin zamonaviy nazariya boshqa narsani ham ta’kidlaydi – har bir markaz ham kuchli bo’lavermaydi, markaziy vaziyatlarning zaif tomonlarini aniqlash yo’llari ishlab chiqilgan. O’rab olish uchun qulay mo’ljallar: tayanchi yo’q markazli vaziyatlar (bunday vaziyatlar “osilib qolgan markaz” deb ham ataladi), o’rab olinayotgan tomonda donalar almashinuvi imkoniyatining yo’qligi va rivojlanmagan qoloq donalari (o’ng qanotda oqlarda h2 va qoralarda a7 xonalaridagi donalar) bor markaziy vaziyatlar.


    S.Baljalarskiy – B.Blinder o’yinidagi oqlarning shov-shuvli mag’lubiyati shuni ko’rsatdiki, oqlarning hech qanday mag’lubiyatga eltuvchi yurish qilmaganligiga qaramasdan, yillar davomida ishonib kelingan vaziyat tuzish sxemasi foydasiz bo’lib chiqdi.
    1936-yildan boshlab markazni o’rab olishning yangi tizimi o’yin amaliyotiga kiritildi, bu esa shashka strategiyasining rivojiga olib keldi.
    Shunisi e’tiborliki, o’rab olishni amalga oshirayotgan tomon nihoyatda aniqlik bilan o’ynashi kerak, zero eng arzimas xato ham kuchli markazning o’z kuchini ko’rsatishiga olib keladi.
    Musobaqalar amaliyotidan olingan ko’plab misollar markazni o’rab olishning turli ko’rinishlaridagi muhim holatlarni ko’rsatadi.
    Kam sonli donalar bilan ham raqibning markaziy donalarini o’rab olish mumkin va quyidagi ikki vaziyat bizning gaplarimizni isbotlaydi.



    Download 31,19 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   139




    Download 31,19 Mb.