• O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Natija
  • Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»




    Download 26,88 Mb.
    bet38/43
    Sana21.12.2023
    Hajmi26,88 Mb.
    #125935
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
    Bog'liq
    5-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

    III.Yakuniy qism:
    O’quvchilar fikrlarini xulosalab,faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.


    Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil
    30-mavzu: Qahramonlik,burch va fidoyilik (Xotira va qadrlash kuni oldidan)
    Kun shiori: «Xotira uyg’onsa go’zal»
    Maqsad: O’quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
    O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallash.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
    Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
    Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, Temurnoma, Temur tuzuklari, Sarbadorlar, Buyuk Turon amir yoxud aql va qilish, Buyuk siymo, Amir Temur chamani kitoblari, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
    D oskada:
    Xotira dunyoda aziz, mo’tabar,
    U-ona, u-ustoz, u-suyuk padar.
    Va lekin qimmati qolmasdi uning,
    Eslaydigan zuryod bo’lmasa agar.
    Abdulla Oripov
    O’qituvchi:
    Xalqimiz qadim-qadimdan o’z ajdodlarini munosib xotirlab kelgan. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999 yil 12 maydagi farmoyishiga binoan, 9 may «Xotira va qadrlash kuni» sifatida nisholanadigan bo’ldi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Vatan va xalq ozodligi yo’lida qurbon bo’lgan fidoiylar xotirasini abadiylashtirish to’g’risida»gi qarori ham e’lon qilindi.
    Ajdodlarimiz azal-azaldan vafot etgan yaqinlari, qarindoshlarini eslab qabristonlarga borishgan, qabrlarni tozalab, atrofiga tol-terak, gulu rayhonlar ekkan, yaxshi fazilatlarini xotirlashgan. Yurtimizda Islom dini joriy qilinishi bilan «Qurbon hayiti», «Ramazon hayiti» arafalarida marhumlar eslanib, ularning ruhiga duoi fotiha o’qilgan. Tongda qabristonga borilib, qabrlar ziyorat qilingan. Marhum ota-onalar, aka-opalar, qarindosh-urug’, ustozlar, jamiki bu dunyodan o’tib ketganlar esga olingan.
    U Mustaqillik maydoni xiyobonidagi mangu alanga yodgorligi atrofida joylashgan. Uning bir tomonida ayvonlar qad ko’targan bo’lib, uning tokchalariga o’rnatilgan metal taxtalarga Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan o’zbekistonlik barcha jangchilarning ismi-sharifi yozilgan. Ayvonlar milliy an’anaviy me’morlik uslubida qurilgan bo’lib, majmuani bunyod etishda o’ymakorlik bilan jozibador bezak ishlari amalga oshirilgan.
    Topshiriq: O’quvchilar 4 guruhga bo’linib, o’zlariga berilgan savolga ma’lumotlar to’playdi.
    I-guruhga: «Ikkinchi jahon urushi»;
    II-guruhga: «O’zbek xalqining urushga qo’shgan hissasi»;
    III-guruhga: «Ikkinchi jahon urushi qahramonlari»;
    IV-guruhga: «Ikkinchi jahon urushidan omon qaytganlarga e’tibor».
    Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



    Download 26,88 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




    Download 26,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»

    Download 26,88 Mb.