|
Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»
|
bet | 40/43 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 26,88 Mb. | | #125935 |
Bog'liq 5-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlarIII.Yakuniy qism: O’quvchilar fikrlarini xulosalab,faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil
32-mavzu: Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarning kitob o’qishga,ilm olishga,kutubxonadan foydalanishga qiziqishini hosil qilsh.O’quvchilar qalbiga hamma narsadan ilm kuchli,qadrli ekanini singdirish.
Kompetensiyani shakillantirish: o’zini-o’zi rivojlantirish
Sinf soati mashg’ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
S inf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism.
O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O’qituvchi:
Topishmoqning javobini toping:
Juda sevamiz uni,
U barchaning ulfati,
Xilma-xildir mazmuni. Bo’lar ba’zan surati,
O’qituvchi emas-ku, Qani,o’rtoq,buni top!
Bilim bera olar u. Eslagan der: bu……(kitob)
-Demak,bugungi suhbatimiz nima haqida ekan? –Kitob haqida ekan.
-Bolajonlar ayting-chi? Kitob bizga nimalarni o’rgatadi?
-Kitob bizga dunyo sirlarini,ajoyibotlarini ochib beradi,yangi bilimlar egallashga yordam beradi.
Endi kitob haqida qissa tinglang. Buyuk hakim va faylasuf Ibn Sino yozadi:Arastunung «Metafizika»(tabiatdan tashqaridagi hodisalar haqidagi fan) asarini to yod bo’lguncha qayta-qayta o’qidim.Lekin baribir hech narsani tushunmadim.Tushunarsiz narsa ekan,degan xulosaga kelib tashlab qo’ydim.Bir kuni muqovasozlar bozoridan o’tayotib,bir savdogarning o’z kitoblarini maqtayotganini eshitib qoldim.Do’konga yaqin bordim.Savdogar menga kitoblardan birini ko’rsatdi.Bu Abu Nasr Farobiyning «Metafizikaning asosiy qoidalari» deb nomlangan asari edi.Men biroz tajang bo’lib,tushunarsiz ilmdan hech qanday foyda yo’qligini aytib, kitobni rad etdim. Sotuvchi esa qo’yarda -qo’ymay kitobni arzon bahoda sotib olishga undardi.Axiyri kitobni bor-yo’g’I uch dirhamga sotib oldim.Uyga qaytib,kitobni mutolaa qilishga kirishdim: u menga o’z sirlarini ochdi va men falsafaga oid barcha savollarimga javob topdim.
2-qissa: Donishmand Abu Bakr al-Xorazmiy og’ir betob edi.Shogirdlari undan so’radilar:
-Ko’nglingiz nimani xohlaydi,ishtahangiz nimani tusamoqda?
-Kitobning yuziga bir qarasam,-dedi u.
Mana,ko’rdingizmi,yaxshi kitob dastlab qiyin,tushunarsiz bo’lib tuyulgan ilm yoki voqealarni anglab yetishga hammamizga ko’maklashadi,yangi bilimlarni egallashda yordam beradi va bizga to’g’ri yo’lni ko’rsatadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»
|