• O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • II.Asosiy qism
  • Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil




    Download 26,88 Mb.
    bet37/43
    Sana21.12.2023
    Hajmi26,88 Mb.
    #125935
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
    Bog'liq
    5-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

    Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil


    29-mavzu: Maxsus avtomobil va mototsikllar haqida suhbat
    (Yo’l harakati qoidalari)
    I.Kirish:
    Sinf soati mashg’ulotning maqsadi : o’quvchularga ko’cha harakati qoidalari haqida
    tushuncha berish.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
    O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallash.
    Sinf soati mashg’ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
    Sinf soati mashg’ulot borishi:
    Tashkiliy qism
    O’qituvchi:
    II.Asosiy qism: O’qituvchi:
    Y ong'inlarni o’chirish, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, militsiya xodimlarini hodisa ro’y bergan joyga yetkazish, tabiiy ofatlar vaqtida qutqaruv ishlarini olib borish, gaz va vodoprovod quvurlarini ta’mirlashda maxsus avtomobil va vertolyotlardan foydalaniladi. Maxsus avtomobillar, vertolyotlar va mototsikllardan transport vositalarining haydovchilari yo’l qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish uchun ham foydalaniladi. Bunday avtomobil va mototsikllar „Sirena» turidagi maxsus tovush signali bilan jihozlanadi. Bundan tashqari maxsus avtomobil kuzovining tomiga qizil yoki havo rangli pirpirovchi (yoki miltillovchi) chiroq o’rnatiladi. Militsiya mashinalariga, shu jumladan DYHXX avtomobillariga hamda qutqaruv ishlarini olib
    borishda ishlatiladigan avtomobillarga radiokarnay o’matiladi.
    Haydovchilar va piyodalar transport oqimida darhol ko’rishlari uchun, avtomobillar maxsus ranglarga bo'yalgan bo'ladi. O’t o’chiruvchi mashinalar qizil rangga bo'yaladi. Militsiya mashinalari kuzovining yon tomonlariga zarur hollarda qo’ng’iroq qilish uchun olti yoki yetti raqamli telefon raqamlari yoziladi. „Tez yordam" mashinalarining kuzoviga esa 103 raqami tushirilgan bo'lib, bu telefon orqali tez tibbiy yordam chaqiriladi.
    Qutqaruv ishlarini olib borish uchun katta quvvatga ega bo’lgan yuk avtomobillariga o'rnatilgan turli jihozlardan: yuk ko'taruvchi kranlardan, yuklovchi qurilmalardan, harakatlanuvchi elektr stansiyalaridan va boshqa jihozlardan foydalaniladi.
    Tramvay va trolleybus yo'nalishlarining simlarini ta’mirlash uchun, o’zi ko'tariluvchi maydonchasi bor yuk avtomobillaridan foydalaniladi.
    Gaz tarmoqlarini ta’mirlash xizmati avtomobillarining kuzovida sariq rangdagi chizig tushirilgan boladi.
    Maxsus avtomobillar hodisa ro’y bergan joyga borayotganda „sirena» tovush signalini ulaydilar va kuzov tepasidagi pirpirovchi chiroqni yoqadilar. Bunday vaziyatlarda bu avtomobillar svetoforning har qanday ishorasida ham to’xtamasdan harakatlanish huquqiga egalar va boshqa transport vositalari haydovchilari ularga darhol yo’l berishlari shart. Piyodalar „sirena» tovushini eshitishlari bilan yo'lni bo'shatishlari va maxsus mashinalar o’tib ketmaguncha yo’lkadan tushmasliklari kerak



    Download 26,88 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




    Download 26,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil

    Download 26,88 Mb.