• Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • II.Asosiy qism .
  • Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil




    Download 26,88 Mb.
    bet33/43
    Sana21.12.2023
    Hajmi26,88 Mb.
    #125935
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
    Bog'liq
    5-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

    Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil


    25-mavzu: Sport-sog’lik garovi
    I.Kirish:
    Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish orqali ularni jismoniy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, o’quvchilar ongiga sog’lom turmush tarzi asosida yashash qoidalarini singdirish.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
    O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallash.
    Sinf soati mashg’ulotning jihozi: Odam tanasi a’zolari va chiniqishga oid foto va illyustratsiyalar, plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar.
    Tashkiliy qism.
    O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash. Mashg’ulot mavzusining maqsad va vazifasi bilan o’quvchilarni tanishtirish.
    II.Asosiy qism. O’quvchilar faolligini oshirish maqsadida «Nima uchun?» metodidan foydalaniladi. sinfga umumiy savol beriladi.
    N ima uchun ?



    Inson tanasi sog`lom bo`lsa, sog`lom fikrlaydi


    Insonning tana a'zosi - bosh miya faoliyatida ma'lumotlar saqlanadi va kundanlik hayotda undan foydalanish imkoniyatini beradi.




    O’qituvchi o’quvchilarni faolligiga va zerkib qolmasligini inobatga olgan holda savollar beradi hamda ularning javoblarini umumlashtirib, yangi mavzuni tushuntiradi.


    Inson organizmi atrof-muhit bilan doimiy va chambarchas bog’liqlikda bo’ladi. Unga havo haroratining, namlikning, shamol tezligining keskin o’zgarishi o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Inson organizmini maxsus tadbirlar yordamida atrof-muhitning zararli ta’sirlariga, hattoki infeksion kasalliklar kabilarga nisbatan chidamliligini oshirish mumkin.Bular chiniqtiruvchi muolajalar yordamida amalga oshiriladi.
    Chiniqish -bu organizmni kasalliklarga qarshilik ko’rsata olishi uchun jismoniy turg’unlikni o’zlashtirishiga aytiladi. Kasalliklardan tabiiy omillar yordamida forig’ bo’lish organizmni sog’lomlashtirish deyiladi.
    Musaffo havo.Musaffo, toza havo -barcha bolalar uchun foydali. Havo vannalarini quyosh va soyada olish mumkin. Havo vannalarini qabul qilayotganda ko’proq harakatda bo’lishga harakat qiling.
    Shamoldan himoyalangan joylarda havo vannalarini qabul qilish maqsadga muvofiq.Uni qabul qilishni yoz faslida boshlagan yaxshi. Birinchi vanna +16°,+18° haroratda, 2-4 daqiqa davom etishi kerak, keyinchalik esa 20 daqiqagacha uzaytiriladi. Agar harorat +20° bo’lsa -qabul qilish vaqtini ikki barobar ko’paytirish kerak. Kunduzgi uyquni toza havoda oynalari ochiq xonada, ayvon yoki shiyponda tashkillashtirish mumkin.
    Tayyorlangan joyda yelvizak bo’lishiga imkon yaratish juda ham yaxshi, lekin o’zingiz yelvizakda qolishingiz kerak emas. Havoning tozaligini muntazam kuzatib borish, tungi uyqudan oldin xonani shamollatish maqsadga muvofiq.
    Suv bilan chiniqish. uvning asosiy sog’lomlashtirish xususiyati: organizmda mavjud bo’lgan moddalar almashinuvining zararli mahsulotlarni chiqarishda teriga yordam beradi va kasallik qo’zg’atuvchi mikroblardan tozalaydi (cho’miliganda, vanna qabul qilganda).

    Download 26,88 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




    Download 26,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil

    Download 26,88 Mb.