• (21 MART -NAVRO’Z BAYRAMI MUNOSABATI BILAN) Kun shiori: «Har tuning qadr o’libon, Har kuning o’lsun Navro’z» Alisher Navoiy Maqsad
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • O’qituvchi
  • Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»




    Download 26,88 Mb.
    bet34/43
    Sana21.12.2023
    Hajmi26,88 Mb.
    #125935
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
    Bog'liq
    5-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

    III.Yakuniy qism.O’quvchilarga mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollarni «Kim topqir» o’yini orqali berish mumkin.
    Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil


    26-MAVZU: NAVRO’Z -MEHR-OQIBATNI ULUG’LOVCHI QADRIYAT
    (21 MART -NAVRO’Z BAYRAMI MUNOSABATI BILAN)
    Kun shiori: «Har tuning qadr o’libon, Har kuning o’lsun Navro’z»
    Alisher Navoiy
    Maqsad: O’quvchilarda milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat,milliyligini yo’qotmaslik, boy,qimmatli asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolishni singdirish.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Sinf soati mashg’ulotning jihozi: Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta, DVD.
    D oskada:
    Yuraklarga solib hayojon,
    Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
    Yelkasida bayram libosi,
    Qo’llarida ochil dasturxon.
    Dala dashtga bag’ishlab chiroy,
    Yurtga keldi yana ko’klamoy.
    Komil Sindarov
    O’qituvchi:
    Aslida, har qanday an’ana, urf -odat hamda rasm -rusumlar muayyan hayotiy zarurat tufayli paydo bo’lgan. Ular muayyan xalqning turmush tarzi, ruhiyat, ma’naviy dunyosi orzu -istaklarining ifodasi bo’lib, ketma -ket kelguvchi avlodlar ma’naviy -axloqiy qiyofasining shakllanishiga ham hal qiluvchi ta’sir o’tkazadi. Aksariyat an’analar mazmun -mohiyatida xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikk, yaxshilikka chorlashdek o’lmas g’oyalar yotadi. Ular davrlar talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib, shunday an’analar borki ular o’zining ijobiy ta’siri, ko’pchilikni ruhiy ehtiyojlariga mos tushishiga ko’ra umrboqiylik kasb etib, xalqning ma’naviy qadriyati darajasiga ko’tariladi. Sharq xalqlarining ana shunday ma’naviy boyliklaridan biri Navro’zdir.
    Navro’z -yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishiga guvoh bo’lmish yangi kunning boshlanishidir.
    «Navro’z « forscha so’zi bo’lib, « yangi kun « degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 -mart kuni -kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, Navro’z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin -tekin ishlarini boshlanish pallasiga to’gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
    Vasli aro ko’rdim, teng emish bo’yi -yu sochi,
    Tun -kun ekan, zohir o’lur bo’ldi chu Navro’z.
    Navro’z juda qadimiy bayramdir. Bu faktni o’tmish allomalarimiz o’z asarlaridan asoslab berganlar. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlikka « Umar Hayyomning « Navro’znoma « , Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma», Xoja Ali Termiziyning « Navro’znoma «, Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» asarlari Navro’z va uning paydo bo’lish tarixi, u bilan bog’liq urf -odat, rasm -rusumlar haqida muhim ma’lumotlarni beruvchi qimmatli manbalardir. Mustaqillik yillarida esa Navro’z bayrami ilgari hech qachon ko’rilmagan ko’lam va shukuh -la madaniy hayotimizdan munosib joy oldi. Topshiriq:
    «Navro’z « bayrami bilan bog’liq bo’lgan an’ana va udumlarimizni
    «Diolog» usulida ochib beradilar.
    Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



    Download 26,88 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




    Download 26,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»

    Download 26,88 Mb.