• O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • «Tabiatni muhofaza qilish- har bir shaxsning burchi»
  • Topshiriq: Guruhlarga tabiatga oid so’zlardan «Guldasta» tuzish mashqi qo’llanadi




    Download 26,88 Mb.
    bet6/43
    Sana21.12.2023
    Hajmi26,88 Mb.
    #125935
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    5-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

    Topshiriq: Guruhlarga tabiatga oid so’zlardan «Guldasta» tuzish mashqi qo’llanadi.Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi.
    Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil
    3-mavzu: Obodlik ko’ngildan boshlanadi
    Kun shiori: «Atrof-muhitga bir kunlik nazar»
    Maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,atrof-muhitga bo’lgan mehrlarini va qiziqishlarini rivojlantirish.
    Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
    O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o’qib-o’rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallaydi
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantiradi
    Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar:O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Abdulla Oripov «Adolat ko’zgusi», Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
    Doskada: «Tabiatni muhofaza qilish- har bir shaxsning burchi»
    O’qituvchi:
    Tabiat shunday odil mo’jizaki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Chunonchi, chiqarilgan karbonat angidridni o’simliklar yutib, uni kislorodga aylantiradi. Demak, o’simliklar dunyosi, ramziy ma’noda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan tozalab beruvchi bebaho vositadir. Bundan inson o’z atrofini o’rab turgan tabiatni, uning o’simliklar dunyosini ko’z qorachig’iday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo’lidan kelganicha ko’proq daraxt ekishi, ko’kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa kelib chiqadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz daraxt ekish, bog’-rog’ yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi obod bo’ladi, deb bejiz aytishmagan.
    Inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdanolinadi, hattoki insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklash uchun zarur bo’lgan dori-darmonlar ham ona tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a’zo bo’lmaganiday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo’q. Ularning hammasi hayot uchun zarur.
    Bugun O’zbekistonda olib borilayotgan har bitta atrof-muhitni tozalash va obodonlashtirish bo’yicha amaliy ishlar qilinmoqda.
    Bu yo’nalishda tanlovlar olib borilmoqda.


    Topshiriq: «Obod mahalla» munosabati bilan yurtimizda qanday bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda? degan savolga o’quvchilar respublika bo’yicha va o’zlari yashayotgan hududlari bo’yicha javob beradilar.
    Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



    Download 26,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 26,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Topshiriq: Guruhlarga tabiatga oid so’zlardan «Guldasta» tuzish mashqi qo’llanadi

    Download 26,88 Mb.