|
«Ustoz ko’rgan elmiz illo, bu an’ana etar doimo»
|
bet | 8/43 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 26,88 Mb. | | #125935 |
Bog'liq 5-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar«Ustoz ko’rgan elmiz illo, bu an’ana etar doimo»
O’qituvchi: «Ustoz»ning tarix zarvaraqlaridagi o’rni
Ibn Abbosdan:
-Sen qanday qilib shuncha ilmga erishding,-deb so’radilar.
U shunday deb javob berdi:
-Savol beruvchi til, biluvchi qalb va chidamli o’qituvchi bilan.
Bir kuni Iskandardan:
-Sen ustozingni onangdan ko’ra yaxshiroq hurmat qilar emishsan, shu rostmi?-deb so’radilar.
-Ha,-deb javob berdi Iskandar,-onam meni yo’qlik osmonidan olib tushdi, ustozim esa yerdan ko’kka ko’tardi. Kimki ustodiga ixlos ila izzat qilsa, Haq aning manzilini jannati rizvon ayladi.
Mashg’ulot davomida, O’quvchilarning ustozlariga bag’ishlangan tabriklari,tilaklari, she’ru, qo’shiqlari va raqslari.
Izoh: (Har yili 1 oktabr -O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o’qituvchi o’z maktabining faollar zalida ustozlarni madh etuvchi tadbirlar o’tkazishi mumkin) O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi.
Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil
5-mavzu: «Siyosiy huquqlar» to’g’risida tushuncha
I.Kirish:
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga siyosiy huquq to’g’risida tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallash.
|
| |