• Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Natija
  • O’qituvchi
  • Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»




    Download 26,88 Mb.
    bet10/43
    Sana21.12.2023
    Hajmi26,88 Mb.
    #125935
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
    Bog'liq
    5-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

    I II.Yakuniy qism:
    Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantiriladi


    Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil
    6-mavzu: Ona tilim - jonu dilim (O’zbekiston Respublikasi «Davlat tili to’grisida» gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)
    Kun shiori: «Ona tili - bu millatning ruhidir»
    Maqsad: O’quvchilarga Ona tili - bu millatning ruhi, til -dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo’lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
    Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz», Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
    Doskada: «Ona tilim, davlat tilim, o’z tilim-bo’lgin deyman-jahon tillaridan biri»
    O’qituvchi:
    Ma'lumki, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruhidir.
    Avvalo, respublika Oliy Kengashi qoshida davlat tili bo'yicha taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus komissiya tashkil qilindi. Komissiya a'zolari aholining turli ijtimoiy qatlamlari, siyosiy guruhlar, barcha millat va elat vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni atroflicha o'rganib, respublika rahbariyati va keng jamoatchilikka doimiy axborot berib borar edi. Ana shunday ishchanlik ruhida Oliy Kengash sessiyasiga taqdim etiladigan loyihaning har bir moddasi bo'yicha har taraflama fikr almashuv, bahs va munozaralar bo'lib o'tdi.
    Nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o'ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qo'yildi. Va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so'ng mamlakatimizda o'zbek tili davlat tili deb e'lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo'lmish ona tilimiz o'zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo'ldi. Bu Vatanimiz tarixida torn ma'nodagi buyuk voqea edi.
    1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo'yildi. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog'i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.



    Download 26,88 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




    Download 26,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»

    Download 26,88 Mb.