|
Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil
|
bet | 7/43 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 26,88 Mb. | | #125935 |
Bog'liq 5-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlarMaktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil
4-mavzu: Jahonda bo’lmasa muallim agar, hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar
(1 oktabr -O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan)
Kun shiori: Dunyo imoratlari ichida eng ulig’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Maqsad: O’quvchilarda o’qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg’usini singdirish, ustozlarning ulug’ligini va ularga doimo ehtirom ko’satishligini uqtirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz», Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada:
«Haqiqatan ham ustoz ilm berishi bilan kishining nomini ulug’lab, avlodlar og’zida qoldiradi va ikkinchi hayot bag’ishlaydi « Ogahiy
To’rt narsa o’lik dilni tiriltiradi: ustod, yaxshi do’st, muvofiq yor va davlatu iqbol sababchisi bo’ladigan dono aql. Muiniddin Juvayniy
Maktab bor ekan albatta, bu dargohda ustoz degan ulug’ zot bor.
|
| |