|
Maktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil
|
bet | 18/43 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 26,88 Mb. | | #125935 |
Bog'liq 5-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlarMaktab-internat MMIBDO’________________ O’.Shodmonov sana_____ _____ 20___yil
12-mavzu: Yo’l harakati qoidalaridagi asosiy tushuncha va atamalar (Yo’l harakati qoidalari).
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi : shahar tashqarisida qanday harakatlanish, intizom,
ogohlantirish va yo’l harakati qoidasiga rioya etish umr foiydasi ekanligini turli misollar
orqali tushuntirish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallash.
I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg’ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,DVD
Sinf soati mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
Aholi yashaydigan joy
Kirish va chiqish yo’llari 5.22 -5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.
Ajratuvchi bo’lak
Yo’lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, relssiz transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi yoki to’xtashi uchun mo’ljallanmagan alohida qismi.
Ajratuvchi bo’lak yotiq chiziq, yo’l sathidan baland qurilma, ko’kalamzorlashtirilgan joylar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Arava
Ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qo’shib tortiladigan, yoki odam mushak kuchi bilan tortib (itarib) harakatga keltiriladigani yurgizgichsiz (dvigatelsiz), yuk tashishga mu’ljallangan qurilma.
Asosiy yo’l
Tuproqli yo’lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va tsement betonli, tosh yotqizilgan va shunga o’xshashlar), kesishayotgan yoki tutashgan yo’lga nisbatan 2.1, 2.3.1–2.3.3 yoki 5.1 belgilari bilan belgilangan yo’l yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo’lga nisbatan har qanday yo’l. Ikkinchi darajali yo’lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo’lishi uni asosiy yo’l bilan teng huquqli qilmaydi.
|
| |