|
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Reja: Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari
|
bet | 3/3 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #139177 |
Bog'liq ZTmAMQytIocRhyacTpFAWFL8nQdLHhgmUdhTbVDtYangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv fanidan o‘quvchiga emas, o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi. Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat bo‘ladi; • o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish; • shaxsning yaxshi xislatlarini izlash; • shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish. Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur: - • shaxsga, yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak.
- • bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik.
- • pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish.
Yaponiyaning zamonaviy pedagog-olimlari bolani kuniga 200 martagacha erkalatishni tavsiya beradilar. Bu zamonaviy g‘oyalarning debochasi, buyuk ajdodimiz Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib quchoqlamoq haqida» yoritilgan. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarning o‘zagi shaxslar o‘rtasidagi yuqori qadriyatlarga, teng huquqlilikka asoslangan munosabat hisoblanadi. Bu qadriyatlar Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «SHirin so‘z odam haqida», «So‘kmoq va la’natlamoq ta’qiqlanganligi haqida» batafsil yoritilib berilgan. Unda shaxsni so‘kish uni o‘ldirish bilan tenglashtirilgan.
|
| |