• O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim
  • Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini qarab chiqamiz
  • Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Reja: Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari




    Download 1,41 Mb.
    bet1/3
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #139177
      1   2   3
    Bog'liq
    ZTmAMQytIocRhyacTpFAWFL8nQdLHhgmUdhTbVDt

    SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM.

    REJA:

    1. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari.

    2. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning pedagogikadagi ahamiyati.

    Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishni nazarda tutadi.

    O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim

    o’quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.

    Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim

    Ta’lim jarayonining asosiy ob’ekti o‘quvchi (talaba, tarbiyalanuvchi) bo‘lib, uning shaxsi, qadr- qimmatini yuqori o‘ringa qo‘yadigan, asosiy e’tiborni intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini boyitish, ma’naviy-axloqiy tafakkurini rivojlantirishga qaratadigan pedagogik faoliyat turi.

    Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini qarab chiqamiz:

    2. Har bir o‘quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish.

    2.Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o‘quvchi o‘zini shaxs deb sezsin, unga bo‘lgan e’tiborni tuysin.

    Ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsiga yo’naltirigan ta’limni amalga oshirish imkonini beruvchi ba’zi noan’anaviy dars mashg’ulotlaridan misollar keltiramiz:

    • Sho‘ng‘ish darsi – ma’lum bilimlarni egallash uchun qulay muhitda bo’lish yoki shunday muhit yaratish orqali mavzuni faol o’rganish mashqlaridan iborat.
    • Musobaqa darsi – o’quvchilarning o’zaro musobaqalashuvini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqlari.
    • Maslahat darsi – dars jarayonida o’quvchilarning o’zaro hamda o’qituvchining maslahatlarini tashkil etish orqali darsni o’zlashtirish mashqi.
    • Ijod darsi – o’quvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil etish darsi.

    Sinov darsi – o’quvchilarning o’zlashtirishini turli shakllarda sinash tashkil qilinadigan dars.
    Shubha bildirish darsi – dars mavzusi bo’yicha qoidalar, xulosalarni agar noto’g’ri deb hisoblansa, nimalar bo’lishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar o’tkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi.
    Ijodiy hisobotlar darsi – o’quvchilarning ayrim mavzular bo’yicha mustaqil o’rgangan bilimlari va xulosalari taqdimoti.
    Umumlashtirish darsi – ilgari o’tilgan mavzular bo’yicha olingan bilimlarni umumlashtirish mashqlarini o’tkazish darsi.
    Ilmiy fantastika darsi – o’quvchilarning o’rgangan bilimlari asosida ijodiy xayol, taxminlar o’ylab topishlari mashqini o’tkazish orqali mustaqil fikrlashlarini kengaytirish darsi.

    Download 1,41 Mb.
      1   2   3




    Download 1,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Reja: Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari

    Download 1,41 Mb.