Shaxsiy himoya vositalarini o’rganish va




Download 77,93 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2024
Hajmi77,93 Kb.
#151213
1   2   3
Bog'liq
Shaxsiy himoya vositalarini o’rganish va

Shaxsiy himoya vositalari. Shaxsiy himoya vositalaridan sanitar-gigiyenik, texnik va boshqa tadbirlar yordamida sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish imkoniyati bo‘lmagan hollarda foydalaniladi.
Shaxsiy himoya vositalari jamoa himoya vositalaridan farqli holda har bir insonni individual alohida himoya qiladi. O‘zining funksional belgilanishi bo‘yicha individual himoya vositalari nafas olish, ko‘rish, eshitish, organlarini, teri qoplamasini va organizmni butunlay himoyalash vositalariga bo‘linadi.
Nafas olish organlarining individual himoya vositalari. Nafas olish organlari filtrlovchi va izolyatsiyalovchi individual himoya vositalari yordamida himoyalanadi. Filtrlovchi individual himoya vositalari hajm bo‘yicha nafas olinadigan havoda kislorod
18 % dan kam bo‘lmaganda va zararli moddalar konsentratsiyasi cheklanganda qo‘llaniladi.



1rasm. Changga qarshi respiratorlar:
a-,,Lepestok"; b-,,Astra-2": v-F-62 SH; g-F-62 SHM; D-U-2k; ye-RP-K.
Nafas olish organlarini himoyalovchi vositalarning filtrlovchi elementlari maxsus FPS-15 yoki FPP-70 materiallaridan tayyorlanadi. Nafas olish organlarini himoyalashda changga qarshi respiratorlar (lepestok, Astra-2, F-62SH, F-62SHM, U-2k, RP-K) dan va gazga qarshi RU-60M, RPG-67 respiratorlaridan keng foydalaniladi (7.10.-rasm).
Changga qarshi respiratorlar aerozollarning ruxsat etilgan eng kam konsentratsiyasi 200 gacha bo‘lganda foydalaniladi. Gazga qarshi respiratorlar gaz va bug‘larning ruxsat etilgan eng kam konsentratsiyasi 15 gacha bo‘lganda ishlatiladi. Changga qarshi respiratorlarni foydalanib bo‘linganligini mezoni nafas olishni og‘irlashganligi va filtrlarni xizmat muddati hisoblanadi (1-jadval).



a b


2-rasm. Gazga qarshi respiratorlar: a-RU-60 M; b-RPG-67.

Changga qarshi respiratorlarning filtrlarini taxminiy xizmat muddati


1.-jadval






Respiratorlar nomi

Zararli changlar konsentratsiyasida filtrlarning xizmat muddati

25 mg/m3

100 mg/m3

300 mg/m3

Mu’tadil (o‘rtacha) ish

Og‘ir ish

Mu’tadil (o‘rtacha) ish

Og‘ir ish

Mu’tadil
(o‘rtacha) ish

Og‘ir ish

U-2k

2 smena

5 soat

3 soat

1 soat

0,5 soat

15 minut

F-62sh

5 smena

3 smena

1,5 smena

0,5 smena

3 soat

2 soat

«Astra-2»

10 smena

5 smena

5 smena

2,5 smena

6 soat

3,5 soat

Filtrlovchi gazga qarshi moslamalarni himoya muddati zararli moddalarning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi va u 30 dan 360 minutga o‘zgaradi.


Gazga qarshi moslamalarning foydali chetki himoya imkoniyatidan zararli moddalarning konsentratsiyasi oshganda, quvurli izolyatsiyalovchi nafas olish apparatlar (PSH-1, PSH-2, RMP-62, LIZ-5 va boshqalar) dan foydalaniladi. (3-rasm).



3-rasm. PSH-1 gazga qarshi uskunasi.

Ko‘zni qattiq zararlardan, changlardan, suyuqliklardan, nurlarni shafaqlantiruvchi yorug‘liklardan hamda ultrabinafsha, infraqizil, lazer, radioto‘lqin nurlanishlardan himoyalash uchun ochiq va yopiq ko‘z oynaklar, yuzni va bo‘yinni berkitadigan qo‘lda ushlanadigan va boshqa boshga
kiyiladigan qalpoqchalardan foydalanadi.
Eshitish organlari quloqqa qo‘yiladigan quloqchin ko‘rinishdagi shovqinni yutadigan qurilmalar yordamida himoyalanadi. Ular shovqinni 8-12 dB ga kamaytiriladi. Darajasi 12 dB gacha bo‘lgan yuqori chastotali shovqindan himoyalash uchun VSNIIOT – 1, VSNIIOT – 2M, VSNIIOT – 4A va boshqa quloqchinlardan foydalaniladi. Boshni har xil xavflardan himoyalash uchun maxsus kaskalardan foydalaniladi.
Teri qoplamasini himoyalash. Insonning teri qoplamasini himoya qilish uchun maxsus ust kiyim, oyoq kiyim, qo‘lqop, maxsus himoya maz va pastalardan foydalanadi. Funksional belgilanishi bo‘yicha maxsus ust kiyimlar kislotadan, neftdan, changdan, zahardan, elektrdan himoya qiluvchi bo‘ladi.
Oyoqni himoya qilish uchun teridan, rezinadan, plastmassadan va kigizdan tayyorlangan oyoq kiyimlardan foydalaniladi. Qo‘lni himoya qilish uchun brezent, yung, paxta, rezina, teri, asbest va kapron materiallardan tayyorlangan qo‘lqoplar ishlatiladi.

Download 77,93 Kb.
1   2   3




Download 77,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsiy himoya vositalarini o’rganish va

Download 77,93 Kb.