51
XD hozirda 256 MB gacha qo‘llab-quvvatlaydi, ammo uni 8 Gb
gacha oshirish rejalashtirilmoqda. Kartalar SmartMediadan ancha
kichikroq va og‘irligi taxminan 2 gramm.
«MultiMedia Card» ва «Reduced Size MultiMedia»
«Secure Digital»
MultiMedia Card (MMC) standarti 1997 yilda Sandisk va Siemens
tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu turdagi kartalar kichik o‘lchamlari,
pochta markasining o‘lchamiga mos keladigan va og‘irligi 1,5
grammdan kam bo‘lganligi bilan ajralib turadi: ular mobil telefonlarda
foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Tuzilishi bo‘yicha MMC bilan bir xil, ammo hajmi va vazni
kichikroq (grammdan kam) «Kichik o‘lchamli MultiMedia» (RS-
MMC) kartalari yaratilgan. Ko‘chma qurilmalar uchun mittilik juda
dolzarb.
Kartaning maksimal hajmi 256 MB gacha, ammo ishlashning past
tezligi va har qanday mavjud qurilmalarga ulanish uchun adapterdan
foydalanish zarurati ushbu standartdagi kartalarni istiqbolli deb
tasniflashga imkon bermaydi.