Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko




Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/144
Sana14.05.2024
Hajmi4,04 Mb.
#231129
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   144
Harf-raqamli klavishalar 
klaviaturaning markaziy qismini еgallaydi. 
Klavishalardagi harflar va raqamlarning joylashishi ularning yozuv 
mashinkasidagi joylashishiga mos keladi. Lotin harflari klaviaturada harfli 
klaviaturaning yuqori qismidagi birinchi oltita harf ketma-ketligi bo’yicha 
nomlangan — QWERTY standarti bo’yicha joylashgan.
Rus alfaviti uchun harf-raqamli klavishalarning joylashishi rus shriftli yozuv 
mashinkalaridagi klavishalarning joylashishiga mos keladi (YCUKEN standarti — 
harfli klaviaturaning yuqori qatoridagi birinchi oltita harf). 
Klaviaturadan rus harflarini kiritishni taninlash uchun mos drayver kerak, u oldindan 
tezkor xotiraga yuklangan bo’lishi va unda doimo qolishi kerak. 
Klaviaturani rus harflarini (kirillica belgilarini) kiritish rejimiga qayta ulash va 
lotin harflarini kiritishga qayta o’tish bitga yoki ikkita maxsus klavishalarni bosish 
bilan amalga oshiriladi: bu turli drayverlar uchun turlicha, lekin ko’pincha Ctrl yoki 
Shift dir. 
Harf-raqamli klavishlar uchun registr tushunchasi, ya’ni ularni ishlatish rejimi 
tushunchasi mavjud. 
Ikki juft registrlar bor: 
yuqori/pastki va lotincha/ruscha.
Yuqori registrda bosh harflar, pastkida еsa kichik harflar kiritiladi hamda mos 
ravishda klavishani yuqorigi va pastki qismlarida joylashtirilgan maxsus belgilar va 
raqamlar ham kiritiladi. 
Ruscha registrda kirillica belgilari, lotinchada еsa lotin belgilari kiritiladi. 
Registrlar turli birikmalarda ishlatilishi mumkin, masalan, yuqorigi lotincha, pastki 
ruscha va h.k. 


Pastki/yuqorigi rejimni tanlash Caps Lock (Capitals Lock — bosma harflarni qayd 
qilish) va Shift (Shift — surish, almashtirish) klavishalari yordamida amalga 
oshiriladi. Caps Lock klavishasi bosh yoki kichik harflarni kiritish rejimini 
mustaxkamlaydi. Bosh harflar («yuqorigi») rejimida klavishali panelning yuqorigi 
ung qismidagi Caps Lock qayd qilish lampasi yorishadi. Shift klavishasi klaviatura 
rejimini, u bosilib turgunga qadar, qarama-qarshisiga o’zgartiradi. Space klavishasi 
belgilar qatoriga probelni — bo’sh joyni kiritadi. 

Download 4,04 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   144




Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko

Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish