Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko




Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/144
Sana14.05.2024
Hajmi4,04 Mb.
#231129
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   144
Ctrl+Num Lock 
Dasturning bajarilishini to’xtatib turish 
Ctrl+S 
Dasturning bajarilishini to’xtatib turish 
R1—R12 funktsional klavishalari klaviaturaning юqori qismida joylashgan. Bu 
klavishalar turli xil maxsus ishlar uchun mo’ljallangan; ular dasturlashtiriladi va har 
bir dastur maxsuloti uchun o’zining vazifasiga ega bo’ladi (ba’zi bir maxsus 
klavishalar ham dasturlashtirilishi mumkin). 
Ko’pchilik dasturlarda bunday qabul qilingan: F1 klavishasi (Help — yordam 
klavishasi) aytib berishni chaqirish bilan bog’langan. Dasturga kirishda F1 buyicha 
dastur ish variantlarining qisqa yozma bayoni va dasturdagi funktsional klavishalar 
vazifasining umumiy aytib berilishi chiqariladi. Dastur bilan ishlashda F1 bo’yicha 
kontekstga bog’liq aytib berish chiqariladi, ya’ni dastur tomonidan xozirgi vaqtda 
amalga oshirilayotgan rejim bo’yicha, vazifa bo’yicha aytib berish chiqariladi. 
Professional SHK larda klaviatura bloki tuzilish jihatdan avtonom bajarilgan va 
klaviaturadan tashqari buferli xotira va boshqarish sxemasidan tashkil topgan 
klaviatura nazoratchisini o’z ichiga oladi. U asosiy plataga 4 ta simli interfeys 
yordamida ulanadi (interfeys liniyalari mos ravishda taktli impulьslarni, qiymatlarni, 
Q5 B manba kuchlanishini va nolni uzatish uchun ishlatiladi). 
Ekzotik klaviaturalardan quyidagilarni ta’kidlab utish kerak: 
• 
simsiz klaviatura, 
u xona bo’yicha erkin harakatlanish va kompьюterda istalgan 
qulay joyda, hatto divanda yotgan holda ishlash imkonini beradi; 
• 
egiluvchan rezinali klaviatura, 
chiroyli turli xil rangli — u shovqinsiz, ishonchli 
(turli xil mexanik va kimyoviy ta’sirlarga muvaffaqiyatli qarshilik ko’rsatadi), 
shunchalik ingichkaki, uni tsilindr shaklida urash mumkin; 
• 
telekommunikatsiey 
tizimlar 
elementlari 
bor 
bo’lgan 
ko’p 
funktsionalli klaviaturalar va 
b. 


Klaviatura nazoratchisi quyidagilarni amalga oshiradi: 
• klavishalar holatlarini skanerlash ( so’roqlash ); 
• MP tomonidan klaviaturani ikki qo’shni so’roqlash orasidagi teng vaqtga 20 
tagacha klavishaning aloxida kodlarini buferlash (vaktincha eslab kolish ); 
• dasturlashtiriladigan tizimli jadvallar yordamida (klaviatura drayveri) klavishalarni 
bosish kodlarini (SCAN-kodlar) ASCII kodlariga uzgartirish; 
• SHKni ulanganda klaviaturani testlash (ishga layoqatliligini tekshirish). 
Klavishani bosganda va qo’yib юborilganda klaviatura nazoratchisining buferli 
xotirasiga baytning ettinchi bitiga bosish va qo’yib юborish kodi (mos ravishda 0 va 
1) va baytning qolgan 7 ta bitiga klavishaning nomeri yoki uning SCAN-kodi keladi. 
Buferli xotiraga istalgan ma’lumot kelganda, klaviatura tomonidan yuzaga 
keltiriladigan apparatli uzishga so’roq юboriladi. Uzilish bajarilganda SCAN-kodi 
ASCII kodiga aylantiriladi va ikkala kod (SCAN-kod va ASCII-kod) mashina 
TeEQQ, sining moc maydonlariga юboriladi, bunda qo’yib юborish kodi bor 
bulganda, navbatdagi klavishani bosish vaktida qolgan hamma klavishalar qo’yib 
юborilganligi tekshiriladi (bu Shift, Ctrl va Alt klavishalari bilan birgalikda ishlashni 
tashkil etish uchun kerak). 
Klaviatura nazoratchisi klavishali amalni avtomatik takrorlashni ham tashkil 
etadi: agar klavisha 0,5 s dan ortiqroq bosilsa, u holda doimiy oraliqlar orqali 
klavishalarni bosishni takroriy kodlari shunday юzaga keltiriladiki, xuddi klavisha 
qaytadan bosilgandek bo’ladi. 
Izoh. Har qanday ASCII-kod klavituradan kichik raqamli klaviturada (44-rasm 
o’ngda) io’nlik kodni terish yo’li bilan kiritilishi mumkin, bu O’NLIK kod UN 
oltilik ASCII-kodiga teng va Alt klavishasini bir vaqtning o’zida (va terish vaqtida 
ushlab turish bilan) bosish bilan kiritiladi. Shunday qilib, ASCII-kodlar jadvalida 
ko’rsatilgan (18-jadval) istalgan boshqarish belgisini va psevdografika belgisini 
displey еkraniga ham, SHK ga ham kiritish mumkin. Masalan, belgini kiritish uchun 
Alt klavishani bosilgan holatda ushlab turish va 25 sonini terish kerak, klavishalarni 
quyib yuborilgandan keyin еkranga belgi chiqariladi. 

Download 4,04 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   144




Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko

Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish