Peroli plotterlar (Pen Plotter) — bu vektorli tipdagi
еlektromexanik qurilma
bo’lib, ularda tasvir umumiy holda pero deb atalgan yozuvchi еlement yordamida
chiziqlarni chizib chiqish yo’li bilan yaratiladi. Perolar sifatida plotterlarning turli
modellarida perolar, fibrali (juda pishik qog’ozli) va plastik sterjenlar (flomasterlar
buyog’i ichidan chizib keladigan yozish quroli), bir marta va ko’p
marta
ishlatiladigan sharikli uzellar, qalamli grifellar (toshqalam) va bo’rchalar ishlatiladi.
Peroli plotgerlar rulonli (o’ramli) va planshetli bo’lishi mumkin.
Rulonli plotgerlar ixchamroq, ishlatishda ko’lay va aniqdir; ular ko’proq A1, AO
formatli — yirik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi,
shu bilan birga
rulonli qog’ozdan varaqni o’rab chiqarish va kesish avtomatik bajariladi.
Planshetli
plotterlar odatda A3 va undan kichik formatli chizmalarni yaratish uchun
ishlatiladi.
Siyoxdta ishlatuvchi peroli plotterlar ham bir tusli, ham rangli tasvirlarning yuqori
sifatli bo’lishini ta’minlaydi, lekin yuqori bo’lmagan chizib chiqish tezligiga еga,
chunki bo’yoqiing perodan chiqishi va uning ko’rishiga vaqt kerak bo’ladi. Bundan
tashqari, suyuq bo’yoqli yozuvchi uzellar bo’yoqni uzatish kanalining tez-tez, shu
jumladan, qotib qolgan bo’yoq zarralari bilan tiqilib qolishi sababli doimiy ravishda
xizmat ko’rsatish va tozalashni talab еtadi. Kalamli grifellarni ishlatishda sifat
yomonroq, lekin chizish tezligi yuqori va asosiysi yozuvchi uzelga xizmat ko’rsatish
ancha oddiyroq va arzondir (kancelyariya dukonida sotib
olinadigan grifel bilan
oddiygina almashtiriladi).
Flomasterli va sharikli peroli plotterlar o’zlarining tavsiflari bo’yicha yuqorida
ko’rib o’tilganlar orasidagi holatni еgallaydi.
Peroli plotgerlarni tayyorlovchi etakchi firmalar: CalComp (1959
yidda jahonda
birinchi yaratgan plotterlar modeli CalComp 565), Hewlett Packard,
Summagraphics, Mutoh (xususan, Mutoh XP 620 qalamli modeli).
Aytish kerakki, peroli plotterlar
doimo va jadallik bilan, xususan, purkagichli
plotgerlar tomonidan siqib chiqarilmoqda.