Yaqinda potencial relefni barabanga tushirish
uchun lazer nurini еmas, balki
nuqtali yarim o’tkazgichli yorug’lik diodlaridan
qilingan (light emitted diod — LED) chizg’iyani ishlatuvchi lazerli plotterlar paydo
bo’ldi, bu plotterni yanada oddiy va ishonchli qildi (bu
LED-plotter deb
ataladigan plotterlar). Ular ham nisbatan qimmat,
lekin murakkab tizimlarda
etarlicha jadal qo’llanilmoqda.
Lazerli LED-plotterlarga misollar: CalComp Solus 4-AO, OSE 9555,JDL4000E.
Plotterlar rulonli va planshetli bo’ladi, ularning ko’pchiligi yaxshi sig’imli ichki
sozlangan xotira (2 dan 64 Mbaytgacha), displeyga еga, bir nechta (2—7 ta)
qiymatlar formatini tanlash imkonini beradi, boshqa bir qator servis imkoniyatlariga
еga. Plotgerlardagi ichki sozlangan xotira uning funkcional ko’rsatkichlarini
(tezkorliligi,
ishlash qulayliligi, avtonomligini) yaxshilash uchun ishlatiladi; bu
buferli xotiraga grafik ma’lumot yuklanadi, bu ma’lumot tasvirni yaratish jarayonida
plotter processori tomonidan qayta ishlanadi. Peroli plotterlar uchun bu xotira faqat
uning avtonom ishlashini ta’minlaydi, rastrli plotterlar uchun еsa u yana tezkorlik,
o’tkazish qobiliyati va tasvir formatini ta’minlash uchun muhimdir.