Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko




Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/144
Sana14.05.2024
Hajmi4,04 Mb.
#231129
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   144
VGA
, USB, 
DVI

HDMI
,.. kiradi. 
Monitor ishlab chiqaradigan asosiy firmalar quyidagilar: 
— Acer; 
— Apple; 
— Asus; 
— BenQ; 
— Philips; 
— Samsung; 


— LG. 
Shaxsiy kompyuterlar quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:

sistema bloki;

monitor;

klaviatura;

«sichqoncha»;

tashqi qurilmalar.
Monitor 
Birinch kompyuterlarda monitor bo`lmagan, faqat yoni – o`chuvchi diodlampalar va 
natijalarni qog`ozga chop qiluvchi printer bo`lgan. Kompyuter texnikasi rivojlanishi 
bilan monitor paydo‘bo`lgan va hozirgi vaqtda u kompyuterning asosiy qurilalardan 
biri bo`lib xizmat qiladi. 
Monitor
– bu chiqarish qurilmasi bo`lib, kompyuterda matnli va grafikli 
ma’lumotlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. 
Foydalanuvchilarning 
nuqtayi 
nazariga 
ko`ra, 
monitorlarning 
asosiy 
xarakteristikalari quyidagilar hisoblanadi: 

dioganal bo`yicha o`lchami; 

tasvirlash qobilyati; 

regeneratsiya chastotasi. 
Monitor o`lchami.
Monitor ekrani dioganal bo`yicha duyymlarda 
hisoblanadi. O`lchamlar 9 duyyimdan (23 sm) to‘42 duyym (106 sm) orasida 
o`zgaradi. Ekran qancha katta bo`lsa, monitor shuncha qimmat bo`ladi. Hozirda 14, 
15, 17, 19 va 21 duyymlilar keng tarqalgan. Katta o`lchamdagi monitorlarni 
nashiryotda va grafik ishlarda ishlatish yaxshi bo`lib, ekranda tasvirning barcha 
detallairni yaqqol ko`rinadi. 
Tasvirlash qobilyati
. Tasvirlash qobilyati ekranning gorizontali va vertikalidagi 
nuqtalar soni bilan beriladi. Ya’ni, tasvirlarni hosil qilishda ularni hosil qiluvchi 
piksellar (nuqtalar) o`lchovining katta – kichikligidir. “Tasvirlash qobilyati 800×600 
” ifodasi, monitor 600 ta gorizontal qatorning har birida 800 tadan nuqtalarni 
tasvirlashi mumkinligini anglatadi. Quyidagi tasvirlash qobilyati rejimlari standart 
hisoblanadi: 800×600, 1024×786, 1152×864 va yuqori. Monitorning bu xususiyati 
ekran nuqtalarining o`chovlari bilan aniqlanadi. Tasvirlash qobilyati 800×600 ga 
teng bo`lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31 mm ga, 1024×786 ga teng 
bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm ga teng bo`lishi kerak. Tasvirlash 
qobilyati qancha katta bo`lsa shuncha tasvir sifati oshadi. Monitorning tez ishlashi 


uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasa – da, 
grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. 
Regeneratsiya chastotasi
. U monitor vasvirni ekranda necha sekunda to`liq 
namoyish etishini ko`rsatadi. Regeneratsiya chastotasi gertslarda (Гц) o`lchanadi. 
Chastota qancha katta bo`lsa, shuncha ko`p ishlash mumkin va ko`z kam charchaydi. 
Bu parametr videoadapter xarakteristikasiga ham bog`liqdir. 
Videoadapter
Monitorning ishini maxsus plata boshqarib, uni videoadapter yoki videokarta deb 
ataydilar. Birinchi kompyuterlarda videokarta bo`lmagan. Tezkor xotirada ekran 
uchun xotiradan joy ajratilib, unga protsessor vasri haqida ma’lumot kiritgan. 
Monoxrom monitorlardan rangli monitorga o`tgandan va ekran imkoniyatlari 
ortgandan so`ng, grafik ma’lumotlarga videoxotiradan joy yetmay qoldi, protsessor 
esa tasvirlarni qayta ishlashga ulgirmadi. Ekranni boshqarishga taaluqli barcha 
operatsiyalar alohida bir blokka o`tkazildi – bu videoadapterdir. 
Videoadapter alohida plat ko`rinishida bo`lib, sistema plataning ma’lumbir slotiga 
o`rnatiladi (hozirgi zamon ShK bu AGP slotidir). Videoadapter videokontrollyor, 
videoprotsessor va videoxotira funktsiyalarini bajaradi. 
ShK lar paydo‘bo`lgandan boshlab videoadapterlar o`zgarib bordi: 

MDA (Monochrom Display Adapter) – monoxrom, 

CGA (Color Graphics Adapter) – 4 xil rangli, 

EGA (Enchanced Graphics Adapter) – 16 xil rangli, 

VGA (VideoGraphics Array) – 256 xil rangli, 

SVGA (Super VGA) – 16,7 mln. xil ranggacha. 
Hozirgi kunda IBM PC kompyuterlari asosan SVGA monitorlari 
bilan, NOTEBOOK lar esa suyuqkristalli monitorlar bilan ta’minlangan. 
Videoxotira

Videoxotira monitor ekranida Videoma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish 
uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter 
xotirasidan ko`p joy egallaydi. Shuning uchun Videoxotira hajmi qancha katta 
bo`lsa, shuncha yaxshi albatta. 
Kompyuter bilan bo‘ladigan bevosita muloqatni ekranda ko‘rish uchun monitor 
xizmat qiladi. Monitor ikki xil rejimda: matn yoki grafik ma’lumot chiqaradi 
Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustunga, 25 satrga bo‘linadi. Xar 
bir belgi joyga 256 simvoldan biri mos kelishi mumkin. 


Grafik rejimda axborotlar nuqtalar to‘plamidan iborat bo‘lib, xar bir nuqta rangga 
egadir. (ranglar jilosi 16 rangdan 16,8 mln.ranggacha). Nuqtalar soni qancha oshsa, 
tasvirlar sifati shuncha oshadi. Monitorlar quyidagi imkoniyatli bo‘lishi mumkin. 
640 x 200 nuqtalardan 1600×1280 nuqtalarni hosil qilishi mumkin. 
Monitorlar monixrom (oq-qora) va razmerlari (14 dyumdan – 21, 24 dyumgacha) 
bilan farqlanadi. Ekrandagi minimal (nuqtaviy) tasvirning ko‘rinishi piskel ( picture 
element) deyiladi. Odatda EGA adapteri to‘rtvurchakli piksel tashkil qilsa, 640×350 
nuqtalar hosil qila oladi. VGA – 640×480, SVGA – 640×480, 800×600, 1024×768 
– kvadratni hosil qiladi. Kompyuterga monitor ulash uchun videoadapter zarur. 
Videoadarter – tasvir to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan 
qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizasiya signallarini 
gorizontal (satrli) va vertikal (ustun )taqsimlab, shakllantirishdan iborat. 
Monitor sifati bo‘yicha : ekrandagi kadrlar chastotasi – 75 Gs ni tashkil etishi lozim. 
Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar 100 kadrni o‘tkazishi mumkin. 
Notebook kompyuterlari monitori suyuq kristalli monitorlardir. 
Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash 
(ko‘rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko‘rinishidan u televizorga o‘xshab 
ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va 
rangsiz bo‘ladi. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning tasvirlash 
qobiliyatidir. Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner, 
modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar. 

Download 4,04 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   144




Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko

Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish