mavjud.
Tavsiya etilmaydi
Ushbu yordam dasturidan noutbukda yoki kompyuterda
buzilgan Videokartani sinab ko'rish uchun foydalaning,
chunki adapter ishlamay
qolishi mumkin.
Mavzu-_13_:
Monitorlar. Monitorlarning turlari va tamoyillari
Reja:
1.
Monitorlar.
2.
Monitorlarning turlari va tamoyillari
Kompyuter monitori(monitor) — grafik, matnli ma’lumotlarni ekranga chiqarib
berish uchun xizmat qiladigan qurilmadir, ekranga chiqarish monitor displeyi orqali
amalga oshiriladi. Raqamli signallar (0 va 1) videokarta orqali Videosignallarga
aylantirilib, monitor orqali odamlar tushunadigan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, monitor mashina va odam orasidagi bog‘lovchidir.
Ma’lumotlarni ekranga chiqarish bo‘yicha monitor 2 xil ko‘rinishga ega:
Bu monitor ekranga faqat yozuv yoki raqamlarni chiqarib beradi,
grafikalarni
chiqara olmaydi, misol qilib dastlab chiqarilgan monitorlarni, kalkulyatorlar,
peydjerlarni olish mumkin.
— grafik ko‘rinishda ko‘rsatuvchi monitor. Bu
tur monitorlar raqam, yozuv,
simvollardan tashqari grafikani ham namoyon qila oladi.
Asosan monitorlar, ishlash texnologiyasi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Elektrnurli trubka asosida ishlaydigan monitor(CRT, ЭЛТmonitor). Bu
turdagi monitor elektrnurli trubkadan chiqayotgan elektronlar asosida
ishlaydi, elektronlar lominoform bilan qoplangan sloyga ichki tomondan
urilib, 3 ta asosiy rang(qizil, yashil, ko‘k RGB) asosida qolgan ranglarni
chiqaradi.
Hozirgi kunda bu turdagi monitor quyida keltirilgan kamchiliklari sababli, texnika
bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotdi:
— katta hajmdaligi;
— og‘irligi;
— elektro-magnit nurlanishning kuchliligi;
— elektr ta’minotni katta sarflashi.
Shunday bo‘lsa ham, bunday monitor rasm va boshqa ob’yektlarni
aniq va tiniq
ko‘rsata oladi, shu sababli arxitektor, dizayner va shunga o‘xshash kasb egalari CRT
monitoridan voz kechishganligi yo‘q.
2.
Suyuqkristallardan tashkil topgan monitor(LCD — Liquid Crystal
Display). Bu monitor to‘liq suyuq kristallardan tashkil topgan. Dastlab
bunday texnologiya kalkulyatorlarda, kvars soatlarda qo‘llanib ko‘rilgan,
keyinchalik monitorlarga ham ishlatila boshlangan.
Asosi suyuqlik
bo‘lganligi sababli, bu hildagi monitorning ko‘rish burchagi bo‘lib,
monitordagi ob’yektlar har xil burchak ostida har xil(har xil rangda desa
bo‘ladi) namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda bu turdagi monitor IT bozorini egallab olgan, bunga sabab:
— hajmi kichik;
— yengil;
— elektro-magnit nurlanishlar kam;
— elektr toki kam sarflaydi.
3.
Plazmali monitorlar(PDP — gas-plazma display panel).Bu tur monitorning
asosi gaz bilan to‘ldirilgan oynali paneldir.
Bu tur monitorlar hali unchalik rivojlanmagan, sababi
— qimmat;
— energi sarfi ko‘proq.
Shunday bo‘lsa ham, bu tur monitor keyinchalik butun bozorni egallashi
kutilmoqda, afzalliklariga kelsak, eng asosiysi katta o‘lchamda mavjud va tasvirlar
juda aniq ko‘rsatiladi.
Bulardan tashqari yana, svetodiodlardan tayyorlangan LED(light-emitting diode)
monitor,
proyektor, lazer monitorlar ham mavjud, lekin bular unchalik
rivojlanmagan(ko‘p ishlatilishi mumkin, lekin talab kam).
Ko‘rsatishi bo‘yicha monitorlar ikki o‘lchamli(2D)yoki uch o‘lchamli(3D)bo‘lishi
mumkin.
Monitorlar har xil portlar orqali kompyuter yoki boshqa
qurilmalarga ulanishi
mumkin, bunday portlarga misol qilib: