Mavzu-_15_:
Profilaktika zaruriyati. ShK profilaktikasi uchun kerakli asboblar
Reja:
1.Profilaktika zaruriyati.
2.ShK profilaktikasi uchun kerakli asboblar
Shaxsiy kompyuter nosozliklarini aniqlash va yo’qotish usullari
Kompyuter texnikasidan foydalanishda
unda yuzaga keladigan ayrim
nosozliklarni aniqlash metodikalari va ularni yo’qotish usullariga doimo‘katta
e’tibor qaratiladi. Bu masalada shaxsiy kompyuter (ShK) nosozliklarini tashhis
qilish va sozlash bo’yicha axborotlarni umumlashtirib, o’rganish katta ahamiyatga
ega.
a’lumki, jamlovchi qismlari va detallarining har bir komponenti kompyuterning
noto’g’ri yoki nuqsonli ishlashiga sabab bo’lishi mumkin. Agar kompyuter umuman
ishlamasa, ishlamayotgan buzilgan elementini ShK detallarini navbat bilan ishlashi
aniq bo’lgan detallarga almashtirib, osongina aniqlab olish mumkin. Agar shunday
imkoniyat bo’lmasa, tekshirmoqchi bo’lgan barcha detallarini olib, do’stingiz yoki
qarindoshingiznikiga borishingiz mumkin. Ishlab turgan kompyuter orqali o’z
detallaringizni navbat bilan almashtirib ko’rib, buzilgan
detalni osongina topish
mumkin. To’xtab qoladigan komponentni topish ancha qiyinroq bo’ladi. Shunday
holatlarda kompyuter o’zidan-o’zi «to’xtab qolishi», yuklanishi yoki ekrani moviy
rangli bo’lib qolishi mumkin. Mana shu nosozliklar sabablarini qanday aniqlash
to’g’risida ma’lumotlar keltirib o’tamiz.
Umuman olganda, ShK muammolarini quyidagi: ishlab turgan kompyuter
qotib
qolishi, BSOD, o’z-o’zidan qayta yuklanishi va o’z-o’zidan o’chib
qolishi kabi
guruhlarga ajratish mumkin. Quyida mana shu nosozliklarni aniqlash va qaysi
dasturlar bilan ularni «davolash» kerakligini batafsil o’rganib chiqamiz.
ShK qotib qolishi.
Agar ShK tez-tez qotib qoladigan bo’lsa, unda bu holatning
asosiy sababi quyidagilar: kompyuterning qizib ketishi, sifatsiz quvvat manbai, bir
yoki bir necha komponentlarining notekis ishlashi, dasturiy ta’minotdagi (operatsion
tizim, drayverlar, qo’shimchalarda) xato‘yuz bergan bo’lishi mumkin.
Tizimning qaysi bir komponenti qizib ketayotganligini aniqlash uchun monitoring
dasturlari biridan foydalanish kerak bo’ladi. Shundan keyin ShK eng ko’p qotib
qoladigan sharoitlarni hosil qilish kerak. Monitoringni kuzatib borib, kompyuterda
nima qizib ketayotganligini aniqlang va qo’shimcha sovitish manbai kiritish
to’g’risida o’ylang. Agar hammasi joyida bo’lsa ham, muammo bartaraf
etilmayotgan bo’lsa, quvvat manbai blokiga e’tibor qarating.
Birinchi navbatda,
quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib olganlar shunday qilishlari
kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo’lsangiz, ishlab chiqaruvchilarning bloklarini
ko’rasiz. Aytib o’tilgan «brendlarning» mahsulotlar sifati yaxshi emas. Bundan
tashqari, uy sharoitlarida blokni test sinovlaridan o’tkazish
metodikasini ham
o’rganib qo’ygan ma’quldir.
O’rnatilgan dasturiy ta’minotdagi nuqson ham kompyuterning tez-tez qotib qolishi
sabablaridan biri hisoblanadi. Agar kompyuter qaysidir dastur (masalan, tizim
drayverlari, qo’shimcha tizim xizmatlari va boshqalar) o’rnatilgandan so’ng qotib
qoladigan bo’lib qolsa, unda avvaliga uni o’chirib tashlab sinab ko’rish kerak. Juda
bo’lmaganida tizimni qayta o’rnatish zarur bo’ladi. Bundan tashqari,
barcha
shleyflar yaxshi ulanganligini, xotira plankalarini, kengaytirish platalarini tekshirib
chiqish kerak. Ular mahkam va tekis ulangan bo’lishi kerak. Ba’zida sistemani
oxirgi vintigacha yechib tashlash va puxta o’ylab, yaxshilab qayta yig’ish ham
yordam beradi. Juda og’ir holatlarda unchalik zarur bo’lmagan barcha
komponentlarni —
tovush kartalari, optik disklar, tyunerlarni atrof qo’shimcha
qurilmalarini o’chirib qo’yish ham juda foydali bo’ladi. Agar shunday holatda ShK
yaxshi ishlasa, unda «devayslarni» navbat bilan o’z joyiga qaytarib, qotib qolishga
sababchi aybdorni topish mumkin.