ShKning o’z-o’zidan o’chib qolishi




Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/144
Sana14.05.2024
Hajmi4,04 Mb.
#231129
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   144
ShKning o’z-o’zidan o’chib qolishi. 
Kompyuterning o’z-o’zidan o’chib qolishida 
markaziy protsessorning yoki quvvat blokining qizib ketishi eng birinchi 
sabablardan hisoblanadi. Zamonaviy ona platalar protsessor ma’lum darajada qizib 
ketganida quvvat manbaidan o’chiradi. O’chirilishi kerak bo’lgan ko’rsatkichlar 
BIOS’da o’rnatiladi. Shunday muammoga duch kelganingizda birinchi navbatda, 
albatta protsessorni yetarlicha sovitilayotganligiga ishonch hosil qiling. Ba’zi 
platalarda dasturiy monitoring, ko’rsatkichlarni ba’zan juda oshirib yuborib, ba’zan 
juda pasaytirib yuborib, aniq ishlamaydi. Bunday holatlarda protsessor kuleri 
radiatoriga barmoqlarni tekkizib ko’rib (ehtiyot bo’ling — kuyib qolish mumkin!) 
haroratni aniqlash eng oddiy usul hisoblanadi. Agar barmoqni uzoq vaqt tekkazib 
turish mumkin bo’lsa, demak, hammasi joyida. Agar uzoq vaqt tekkazib turish 
mumkin bo’lmasa, kulerning yaxshi o’rnatilganligini tekshirib ko’rishga to’g’ri 
keladi. Agar kuler to’g’ri o’rnatilgan, biroq uning quvvati yetmayotgan bo’lsa (buni 
ishlab chiqaruvchi saytidan u qaysi protsessorlar uchun mo’ljallanganligini topib 
aniq bilib olish mumkin), unda yanada kuchliroq sovutish tizimini o’rnatish haqida 
o’ylashga to’g’ri keladi. Ko’pincha sistema bloki ichiga chang to’planishi (bu holat 
yerda turadigan sistema bloklarida ko’p uchraydi), ventilyatori to’xtab qolishi yoki 
juda issiq yoz kunlari sababli qizib ketish muammosi paydo‘bo’ladi. 
Quvvat manbai bloki qizib ketishi sababini aniqlash ham oson. Birinchi navbatda, 
ventilyatori ishlayotganligini tekshirib ko’rish zarur. Agar ishlayotgan bo’lsa, 
haydalayotgan havo‘harorati qanday? Iliq «shabada» xavf tug’dirmaydi. Issiq 
havo‘esa ta’minot bloki ortiqcha yuklama bilan ishlayotganligini bildiradi. 
Zamonaviy bloklarning ko’pi qizib ketishdan himoyalanish tizimi bilan 
ta’minlangan. Quvvat elementlari harorati 100
o
C darajaga yetganida avtomatik 
tarzda o’chiriladi. Agar shunday muammoga duch kelgan bo’lsangiz, quvvat blokini 
almashtirishga to’g’ri keladi. 
ShK barqarorligini tekshirish uchun S&M eng oddiy dastur hisoblanadi. Xalq 
orasida unga «sado‘maza» deb nom berdilar. S&M yordamida protsessorni kuchli 
ishlatish va maksimal qizdirish mumkin bo’ladi. Agar test sinovlari jarayonida 
protsessor qizib ketmasa, demak, sovutish masalasida muammolar yo’q. Qiziqarli 
tomoni faqat bitta yadrosi qizishini tanlash mumkin. Protsessor yuklamasini 100 
foizdan kamga qo’yilganida ish rejimi siklik davriy pulsatsiyaga aylanadi — 
protsessor va ta’minot bloki quvvat tizimini tekshirish uchun haqiqiy «sado»ga 
aylanadi. «Quvvat bloki» qismi ham juda qiziqarli. Uni tekshirish paytida dastur 
faqat xotira bilan protsessorni emas, balki videokartani ham yuklaydi. Ventilyatorlar 


harorati, quvvati va aylanish tezligining shaxsiy monitoringini birlashtirish ham juda 
foydali bo’ladi. 

Download 4,04 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   144




Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ShKning o’z-o’zidan o’chib qolishi

Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish