SHaxsiy komp’yuter tuzilishining axboriy- mantiqiy asoslari. SHaxsiy komp’yuterlarning
funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi. Komp’yuterlarning rivojlanish yo’nalishlari.
Kundalik hayotimizda turli mulohazalardan foydalanamiz. Mulohaza bu –narsa va
hodisalarning sifatini
anglatuvchi darak gapdir.
Mulohazalar sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Odatda
murakkab mulohazalar sodda
mulohazalardan “VA”, “YOKI”, kabi bog’lovchilar, “EMAS” shaklidagi ko’makchilar yordamida
tuziladi.
Mulohazalarni lotin alifbosi bilan belgilash qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: “rost”
yoki “yolg’on” mantiqiy qiymatga ega bo’lishi mumkin. Qulaylik uchun “rost” ni 1 raqami bilan,
“yolg’on” ni esa, 0 raqami bilan belgilaymiz.
Biror shart yoki usul bilan bog’lanmagan hamda, faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar
sodda
mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida
amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish
mumkin.
Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo’lgan ba’zi amallar bilan tanishamiz.
Mantiqiy ko’paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda amallarni “VA” bog’lovchisi bilan