|
Onlayn to'lov tartibi quyidagicha
|
bet | 5/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,44 Mb. | | #233122 |
Bog'liq Adham diplom ishi Onlayn to'lov tartibi quyidagicha:
2.3. Click evolution, Pay Me, Master card ilovalar haqida
Click evolution haqida
Tizim va uning imkoniyatlari
«CLICK» tizimi bu mobil banking tizimi bo'lib, u mobil telefon orqali uyali aloqa operatorlari, internet-provayderlar va boshqa kompaniyalarning xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirish; an'anaviy va internet-do'konlarda xaridlarga to'lash, kartadan kartaga mablag'larni o'tkazish va boshqa imkoniyatlarni beradi.
CLICK» tizimi orqali to'lovlarni turli usul bilan amalga oshirish mumkin: mobil telefondan USSD orqali (*880#). Mazkur texnologiya to'lovlarni istalgan joyda va vaqtda yaqin atrofda internet bor-yo'qligidan qat'iy nazar amalga oshirish imkoniyatiniberadi; CLICK Evolution mobil ilovasi orqali (Android va iOS smartfonlari uchun mavjud);
ommabop Telegram messenjerdagi maxsus bot (@clickuz) orqali;
onlayn “Shaxsiy kabinet” orqali ( https://my.click.uz, https://m.click.uz).
CLICK tizimining asosiy imkoniyatlari:
To'g'ridan-to'g'ri plastik kartadan to'lovlar - kartangiz yoningizda bo'lmagan taqdirda ham Kartadan kartaga mablag'larni o'tkazish - karta raqami yoki telefon raqami orqali
«CLICK Terminal» xizmati - do'kon/restoranlarda QR-kodni skanerlash yoki USSD orqali to'lovlar
Sizga yuborilgan hisoblarni boshqarish - tizimdagi barcha mavjud interfeyslar orqali
«Avtoto'lov» xizmati - takrorlanadigan to'lovlarni avtomatlashtirish: mobil telefonga, internetga va hokazo
To'lovlar tarixini ko'rish - kun, karta, operatsiya turlari bo'yicha.Hisoblardagi qoldiqlarni onlayn tekshirish - har bir karta bo'yicha “Do'st yordami” xizmati - kartangiz hisobida mablag' etarli bo'lmaganda to'lovlar uchun. Olingan kreditlarni qaytarish - bank yoki kredit tashkilotlardan olingan
SMS-xabarnomalar - CLICK tizimida oshirilgan barcha to'lovlar bo'yicha
CLICK-Hamyon
CLICK-hamyon nima va u qanday ishlatiladi
CLICK kompaniyasi yangiliklarni xush ko'ruvchilar uchun ajoyib yangilikni taqdim qilmoqda – elektron hamyon. Oddiy qilib aytganda, CLICK-hamyon bu virtual hisob bo'lib, uni to'ldirish, undan turli tovar va xizmatlarga to'lash va hamyonlar o'rtasida o'tkazmalarni amalga oshirish mumkin.
Barchasi oddiy plastik kartalaridek, faqat bunda bankga borishingiz, karta yoki hisob ochilishini kutishingiz kerak emas. Uni o'zingiz CLICK tizimining istalgan interfeysi orqali ochishingiz mumkin.
CLICK-hamyon qanday ochsa bo'ladi
CLICK Evolution ilovasida kartalaringizni, agar shundaylar mavjud bo'lsa, oxirigacha varaqlang va “Karta qo'shish”ni tanlang. Shu bilan birga “Kartalarim” bo'limiga o'tib, u yerda “Karta qo'shish” tugmasini bosishingiz mumkin.
Taklif qilingan variantlardan CLICK-hamyonni tanlang. Undan so'ng tug'ilgan kuningizni kiritishingiz, va ommaviy oferta shartlari bilan tanishib, ularni qabul qilishingizni tasdiqlashingiz kerak bo'ladi. E'tiboringizni
qaratmoqchimiz, haqiqiy tug'ilgan sanani kiritishingiz lozim, ma'lumotlaringiz o'chganda yoki hamyoningizni tiklashda aynan shu ko'rsatilgan tug'ilgan sana kiritilishi kerak bo'ladi.
Boshida barcha CLICK foydanaluvchilariga Light turidagi hamyon ochiladi.
CLICK-hamyonlarida qanday turlari mavjud
CLICK-hamyonlar 2 turda bo'ladi:
Light - bir qator cheklovlarga ega - misol uchun, hamyonning balansi hech bir vaqtda 5 BHMdan oshmasligi kerak (1 500 000 so'm, 1 BHM = 300 000 so'm).
Premium - CLICK-Hamyonda 500 mln so'mgacha mablag' saqlash mumkin. Bundan tashqari, Premium yordamida 30 mln so'mgacha to'lovlar amalga oshirish va mablag' o'tkazish mumkin.
Premium turiga o'tish uchun CLICK-hamyonning foydalanuvchisi identifikatsiyadan o'tishi kerak. Buning uchun kompaniya ofisiga pasportning asl nusxasi bilan murojat qilish, hamyon raqamini va yaratilayotganda kiritilgan tu'g'ilgan sanani aytish kerak bo'ladi.
CLICK-hamyondan to'lovlarni amalga oshirish
CLICK-hamyon foydalanuvchilari bunday to'lovlar uchun moslangan barcha tovar va xizmatlarga to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin. CLICK-hamyonlardan to'lovlarni qabul qilmaydigan hamkorlar ilovada kulrang bo'lib qo'rsatiladi. Аgarda foydalanuvchida CLICK-hamyondan tashqari plastik karta ham bo'lsa, unga kartadan to'lash taklif qilinadi.
Shu bilan birga CLICK-hamyon foydalanuvchilariga hamyondan hamyonga va hamyondan bank plastik kartalariga pul o'tkazish imkoniyati joriy qilingan.
CLICK-hamyonni yopish
Qandaydir sababdan CLICK-hamyonni yopishni istasangiz “Hamyonni yopish” tugmasini bosishingiz kerak bo'ladi. Аgar hamyonda qoldiq bo'lsa, ilova uni to'lovga, xayriyaga ishlatishni yoki uni olishni taklif qiladi.
Pay Me haqida
Plastik kartalar
Payme‘da SMS-xabarnoma xizmatiga ulangan plastik kartalardan foydalaniladi. SMS-xabarnoma bepul ravishda, istalgan bank yoki infokioskda ulanadi.
Agar UZCARD Online plastik kartalaringiz bir nechta bo‘lsa, siz ilovaga barcha kartalaringizni qo‘shishingiz, har biriga alohida nom berib, dizaynini tanlashingiz mumkin. Agar karta yuqolib qolsa, ilovada uni bloklash ham mumkin. Bu orqali kartadagi pulingizni asraysiz.
Pul o‘tkazmalari
Payme‘da pul kartadan kartaga bir lahzada o‘tadi. O‘tkazma qabul qiluvchining karta raqamini har gal takroran kiritib o‘tirmaslik uchun Payme‘da o‘tkazma qabul qiluvchining ism-sharifini saqlab qo‘yish mumkin – keyingi gal qabul qiluvchi ismini tanlasangiz, bas.
Agar to‘lov uchun kartada pul yetarli bo‘lmasa, Payme orqali pul o‘tkazishni so‘rashingiz va bexavf to‘lovga havolani istalgan messenjerdan yuborishingiz mumkin.
To‘lovlar Pay me orqali bank kreditlarini, maishiy texnika uchun kreditlarni, YHXBB jarimalarini, soliqlar va yig‘imlarni, byudjet tashkilotlari xizmatlari, elektr, gaz, internet va boshqa ko‘plab xizmatlar haqlarini to‘lash mumkin.
Payme to‘lovlari chek bilan tasdiqlanadi. Payme cheklarni "To‘lovlar monitoringi"da saqlaydi. Monitoringdagi chek bo‘yicha to‘lovni takrorlash va saralanganlar sahifasiga kiritib qo‘yish mumkin. Chekning o‘zini telefonda va Google Diskda saqlash imkoniyati ham bor.
"Joyida" to‘lash
"Joyida" to‘lash – Android va iOS uchun mo‘ljallangan Payme mobil ilovasi yordamida tovarlar va xizmatlar haqin to‘lashning muqobil usulidir. "Joyida to‘lash" muassasalarida Payme QR-kod yoki NFC-belgi bo‘yicha ilova orqali xizmatlar haqini to‘lash va xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Payme-bu sizning Uzcard Online kartangizni boshqarish va ko’plab foydali operatsiyalarni bajarishning oson yo’lidir:
-Kartadan kartaga pul o’tkazish
-Uzcard kartasini blok holatiga tushirish
-Uzcard kartasi yordamida amalga oshirilgan barcha to’lovlarni nazorati va tahlili
-Joylarda to’lovni amalga oshirish: telefoningiz yordamida restoran va savdo markazlari nuqtalarida to’lovni amalga oshirish imkoniyati
-Xizmatlar uchun internet to’lovlar
Anorbank haqida
ANORBANK mobil ilovasi bilan cheksiz imkoniyatlar
Qulay interfeys
Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlar.
Karta buyurtma qilish va yetkazish
Humo, Mastercard va boshqa kartalarga ilovada buyurtma bering. 24/7 bepul va tez yetkazib berish.
Mikroqarz olish
Ortiqcha ma’lumotnomalarsiz va bankka kelmasdan tezda mikroqarz olishingiz mumkin.
Karta va hisob-raqamlardan boshqa karta va hisob-raqamlarga o‘tkazmalar
Komissiyalarsiz lahzali va foydali o‘tkazmalar.
Omonatlarni ochish va boshqarish
Onlayn-omonatni osongina ochish, qulay to‘ldirish va yechish. Yuqori foiz stavkali moslashuvchan omonatlar.
Overdraft
To’satdan pullaringiz tugab qolsa, TRIA kartangizda overdraft xizmatini faollashtiring.
Muddatli to‘lov kartasi
ANOR muddatli to’lov kartasiga buyurtma bering va maxsulotlarni foizlarsiz va ortiqcha ustamalarsiz bir yilgacha bo’lib to‘lash sharti bilan xarid qiling.
Monitoring
Tranzaksiyalar tarixini istalgan vaqtda qayta ko‘rib chiqish mumkin.
.
To‘lovlar Mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar va boshqalarga to‘lov qiling
Kreditni qulay to'lash
Kreditlarni to'lash yanada oson va qulayroq bo'ldi.
|
| |