• Kognitiv qism
  • Attityud tushunchasining mohiyati va attityudning vazifalari




    Download 24,24 Kb.
    bet2/5
    Sana14.05.2024
    Hajmi24,24 Kb.
    #232355
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari N. Ismoilova va D. Abdullayeval-fayllar.org

    Attityud tushunchasining mohiyati va attityudning vazifalari
    Keyinchalik G ‘arb va AQSH olimlari tomonidan ijtimoiy ustanovka tushunchasi «Attitude» — «attityud» so‘zi bilan ifodalanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya fanlarining ilmiy kategoriyasi sifatida kiritilgan. 1935-yilda G.Ollport «ehtimol attityud tushunchasi, hozirgi zamon amerika ijtimoiy psixologiyasi uchun eng zarur va xarakterli tushunchadir», deb ta’kidlagan edi. «Attitude» atamasi o‘zbek tiliga tarjima qilinganda «yaroqlilik» yoki «moslik» degan ma’noni bildiradi. «Attitude» so‘ziga yana bir ta’rif quyidagicha: «individ tomonidan ijtimoiy obyektning qimmatini, mazmun-mohiyatini, ma’nosini psixologik his qilish»dir. «Attitude» ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan quyidagicha tushunilgan: — ongning ma’lum bir holati; — reaksiyaga tayyorlikni aks ettiruvchi holat; — inson tomonidan maxsus tashkil etilgan holat; — avvalgi tajribaga asoslanuvchi holat; — xulq-atvorga dinamik ta’sir ko‘rsatuvchi holat; U.Tomas, F.Znanetskiy, G.Ollport, M.Smit, D.Kats va boshqalar attityudni shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvori mexanizmlarini o‘rganuvchi obyekt sifatida qaraganlar. Demak, ijtimoiy psixologiyada birinchi bo‘lib «attityud» tushunchasi «individning ijtimoiy maqsadi va mohiyatiga nisbatan psixologik 86 , tayyorgarligi sifatida yoki ayrim ijtimoiy sifatlarni anglashga nisf batan namoyon bo‘luvchi individning ongli holati» sifatida taJ- { qin qilingan va bu talqin qator eksperimental tadqiqotlar asosida ; mustahkamlangan. G.Ollport attityudga shaxsning harakatga tayyorgarlik jarayoni sifatida qarab, u xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi yakunlangan manba ekanligini e’tirof etadi va bunday ta’rif, ijtimoiy psixologiyada shaxsning yo‘nalishini o‘rganish uchun juda muhimdir. Xuddi shunday mulohazani E. Bogardusning «Attityud — bu atrof-muhitdagi ayrim omillarga mos yoki qaramaqarshi harakat qilish an’anasidir», degan fikri bilan ham izohlash mumkin. Attityudning aniq psixologik tuzilmasini asoslashga oid yangicha qarash I.Aytsen va M. FishbaynJar tomonidan taklif qilingan «komponentlilik» nazariyasi bilan bog‘liqdir. Ular murakkab ustanovka tushunchasini faqat affektiv baholash komponenti doirasida kognitiv, affektiv va konativ komponentlari bilan chegaralashni tavsiya etadilar va buni g‘arb ijtimoiy psixologiyasidagi ustanovka muammosining 4 jihati: harakat, maqsadli obyekt, bajarish konteksti jarayoni va bajarilish vaqti asosida talqin qilinishi bilan ham ifodalash mumkin. 1942-yilda M. Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra attityudda uch qism bo‘lib, bular kognitiv, affektiv va konativ qismlaridir.
    Kognitiv qism — shaxsdagi attityud obyektiga nisbatan bilimlar yig‘indisi bo‘lib, shu obyektning shaxs tomonidan anglanishidir. Unga shaxsdagi bilimlardan tashqari g‘oyalar, tasavvurlar, prinsiplar va hokazolar kiradi. 87 Attityudning affektiv qismi (emotsional) — o‘sha obyektni hissiy-emotsional baholash bo‘lib, obyektga nisbatan yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi. Konativ qism — xulq-atvor bilan bog‘liq qism bo‘lib, unga obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor ko‘rinishlari kiradi. Xulq-atvor komponenti o‘z ichiga obyektga nisbatan real (inson tomonidan bajarilayotgan) yoki potensial (shaxs bajarishga tayyor bo‘lgan) xatti-harakatlarni qamrab oladi
    ljtimoiy ustanovkalarni o‘rganish jarayonida ularning jamiyatda bajaradigan uchta asosiy vazifalarini ajratish muhimdir:

    Download 24,24 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 24,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Attityud tushunchasining mohiyati va attityudning vazifalari

    Download 24,24 Kb.