• KALIT SO‘ZLAR
  • She’rda mantiq kerakmi?




    Download 23,2 Kb.
    bet1/2
    Sana24.07.2024
    Hajmi23,2 Kb.
    #268451
      1   2
    Bog'liq
    maqola Quronov tahrir3


    DILMUROD QURONOVNING “SHE’RDA MANTIQ KERAKMI?” MAQOLASI XUSUSIDA
    Ma’rufaliyeva Feruzabonu Ma’rufjon qizi Muxamatova Dilbar Xayot qizi Nizomiy nomidagi TDPU Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 302 – guruh talabalari Ilmiy rahbar: F.f.f.d. (PhD).,dots. Burxanova Feruza Abdurazaqovna
    ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada Dilmurod Quronovning hayoti va ijodiy faoliyati o‘rganilgan. “She’rda mantiq kerakmi?” maqolasi tahlilga tortilib, munaqqidning uslubiy o‘ziga xosligi, tanqidchining mahorati tadqiq etilgan
    ANNOTATSIYA:: the life and creative activity of Dilmurod Kuronov are studied in three articles. "Does poetry need logic?" article was analyzed, the critic's methodological uniqueness, the critic's skills were studied
    KALIT SO‘ZLAR: tanqid, “She’rda mantiq kerakmi?”, munaqqid, mantiq, shoir
    KEY WORDS: criticism, “She’rda mantiq kerakmi?” ,critic, logic, poet.

    O‘zbek tanqidchiligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan munaqqid Dilmurod Quronov qator ilmiy asarlar, darslik va monografiyalari muallifi. Ma’lumki, professor, filologiya fanlari doktori Dilmurod Quronov Haydaraliyevich 1960 yil 27-oktabrda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati Toshko‘mir shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan adabiyotga qiziqqan ijodkor o‘rta ta’limni olgach, Andijon davlat tillar pedagogika institutida tahsil oladi. Tahsil olish davomida ma’naviy va ma’rifiy ishlarda faol qatnashadi. Ijodkor Dilmurod Quronov adabiyotning tanqid yo‘nalishida o‘tkir qalamini tebratadi. Tanqidchining “Mutolaa va idrok mashqlari”, “Cho‘lpon: hayoti va ijodiy merosi”, “Adabiy jarayonda “Mom sindromi” , “Zavqimdan bir shingil”, “Ruhiy dunyo tahlili” nomli kitoblari ma’lum va mashhur.


    Munaqqidning ilmiy izlanishlari hozirgi adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi va tarixini o‘z ichiga oladi. Tanqidchining “Adabiyot nazariyasi asoslari” “Adabiyotshunoslikka kirish” asarlari Oliy o‘quv yurtlari o‘zbek filologiyasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun asosiy darslik sifatida foydalanib kelinmoqda. Olim ilmiy faoliyati davomida yosh kadrlarga ustoz sifatida o‘zining tajribalari orqali o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Hozirga qadar uning rahbarligida 1 nafar fan nomzodi,4 nafar falsafa doktori va 1 nafar fan doktori tayyorlagan.
    “So‘nggi vaqtlarda nazmbozlik kasaliga yo‘liqqanlar – jo‘n gaplarni ham she’rga soladigan, eng yomoni, ularni “she’r” deb e’lon qiladiganlar ko‘payib ketdi. Bularning baxtiga ovoz kuchaytirgichu fonogrammalar zamoni kelib, iste’dodu diddan mosuvo qo‘shiqchilar ham to‘lib toshdi. O‘xshatmaguncha uchratmas, deganlari shu-da: bular narigilari bitgan maza-matrasiz she’rlarni xorijdan o‘g‘irlangan kuylarga solib, kompyuterlar yordamida sayqallab, chunon “kuylay” boshladilarki, tezda FM to‘lqinlarini zabt etib, qo‘l telefon “chip”larini to‘ldirdilar.”1 Darhaqiqat, ustozning gaplarida anchagina jon bor. 7 yil ilgari yozilgan bu maqola va unga qo‘yilgan tanqidlar hozirda o’z ahamiyatini yo‘qotmay kelyapti.
    Sizga qancha mehrim bersam ham,
    To‘ymadingiz, to‘ymadingizda.
    Endi faqat men sizni deyman,
    Qo‘ymadingiz, qo‘ymadingiz-da.2
    Tahlil jarayoni juda ham chiroyli va aniq ochib beriladi. Lirik qahramon yoriga mehr bersa-da, yori “toymaydi”. Dastlabki ikki misrani tushunish mumkin. Mumtoz adabiyotda ham shunday holatlar juda kop uchraydi, ammo keyingi ikki misra shoirning oziga qarshi ishlaydi: “endi” sozi biror ish-harakatning boshlanish nuqtasini anglatadi. Agar keyingi ikki misraga e’tibor bersak, shoirning endilikdan oz yoriga mehr berganini tushunishimiz mumkin, dastlabki ikki misrada esa avvaldan mehr berayotgani haqida gap ketgan. Eng qiziq jihati,yori oshiqning mehriga “toymagani” uchun qahramonimiz “ endi faqat sizni deyman” deb, ozini ozi inkor qiladi.
    Muhabbat izlaysiz ko‘zimdan,
    Qolmang deysiz jonim o‘zimdan,
    Sharpadek kezasiz izimdan,
    Qo‘ymadingiz, qo‘ymadingiz-da.3
    Ikkinchi bandda ham uzviy parokandalik sezilib turadi. Sevgan insonning kozi muhabbatdan yonib turishi aniq ,ammo negadir bizning oshigimizning kozidan shu muhabbat korinmayapti. Ma’shuqa oz oshigi kozidan “muhabbat izlash” bilan band. Birinchi misraning ozi yuqoridagi bandni inkor etyapti. Dilmurod Quronov bu she’rninig har bir soziga e’tibor berib tahlil qilar ekan, ma’shuqaning oshiqni hol-joniga qo‘ymay ortidan “sharpadek kezishi”, “o‘zimdan qolmang” deya o‘tinishi ham birinchi band mazmunini inkor qilishini darrov payqaydi. Tanqidchi ta’kidlaganidek, eng yomoni shuki, maromga solib o‘qish asnosida o‘quvchilar ma’noviy jihatiga deyarli e’tibor bermaydi.
    Xohlang yig‘lab, xohlang kulaman,
    Siz istagan oshiq bo‘laman,
    Sevish kerak bo‘lsa sevaman,
    Qo‘ymadingiz, qo‘ymadingiz-da4
    She’r borgan sari o‘zini o‘zi inkor qilib boryapti: “endi faqat sizni deyman”, “sharpaday kezdirgan” qahramon o‘z sevgisini unutib, “sevish kerak bolsa sevaman” deb o‘quvchini shoshirib qo‘yadi. Bungacha sevmagan bo‘lsa, gap o‘zi nima haqida borayotgandi?
    O‘quvchi shoshib qolganiga hayron qolmasa ham bo‘ladi, zero, gap qanday tuyg‘u-kechinma haqida ketayotganini lirik qahramonning o‘zi ham bilmaydi:
    Farqi yo‘qdir, hazilmi, chinmi,
    Endi tanlab bo‘ldim men sizni,
    Olay endi bir ko‘nglingizni,
    Qo‘ymadingiz, qo‘ymadingiz-da.5
    Maqolani bir oqishda tanqidchi Ahad Qayumni rosa “dopposlagan”ga oxshashi mumkin, ammo xulosa qismida Dilmurod Quronov shunday fikrni bayon etadi: “Avvalo, shuncha tanqidiy fikrlar faqat Ahad Qayumga emas, balki uning misolida ayrim xonandalarni qo‘shiq so‘zlari bilan ta’minlashning uddasidan chiqayotgan “shoir”larga, nafaqaga chiqqach tuyqus o‘zlaridagi shoirlik iqtidorini fahmlab qolgan otaxonu onaxonlarga, xullas, yaxshi niyat bilan qalam surayotgan barcha havaskorlarga taalluqli. Shoyadki, yuqoridagi mulohazlarimiz sabab ayrimlar she’riyat muqaddas dargoh ekanligini his etsa…
    Biz maqolamizning intihosida Dilmurod Quronovning tanqidchilik xususiyati haqida biroz toxtalsak: ustoz fikriy tadrijiylikka ega, qalami otkir tanqidchi ekanligiga birgina maqola orqali guvoh bolib turibmiz. Shu orinda adabiyot atalmish ulug dargoh himoyachisi, adabiyotshunos bolsalar-da, tilimizga e’tiborsiz emasliklari korinib turibdi.



    Download 23,2 Kb.
      1   2




    Download 23,2 Kb.