Shisha maxsulotlarni turlari, xossalari, ishlatilishi




Download 271.5 Kb.
bet2/3
Sana23.10.2023
Hajmi271.5 Kb.
#90023
1   2   3
Bog'liq
Shisha maxsulotlarni turlari, xossalari, ishlatilishi
Ochiq dars 3.docx, Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bosqichlari, 2-laboratoriya variantlari, vektorlar-va-ular-ustida-amallar, GkaqL3WnuJjUt0ZYtrxYOo6Ahl4iUaUNDegwzBZe, O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari, \'jamiyat falsafasi, учебное пособие 24 2, Haqberdiyev Alimardon Инсон-фалсафаси
Naqshli oyna (37-rasm) rangsiz yoki rangli suyuqlantirilgan massani
naqshli jo‘valarda chig‘irlab olinadi. Taxta oynaning bu turi manzaraliligi va yorug‘lik sochish xususiyati bilan ajralib turadi. Undan arxitektura bezaklari, shuningdek, oyna orqali bevosita ko‘rinish yoki sochma yorug‘lik talab etilmaydigan hollarda eshik, deraza va boshqa to‘siqlarni oynalash uchun foydalaniladi.
Issiqlik yutuvchi oyna tarkibida asosan quyosh spektrining infraqizil
nurlarini yutadigan qo‘shilmalar mavjudligi bilan farq qilinadi. Undan issiq iqlimli hududlarda quyosh radiatsiyasini kamaytirish uchun foydalaniladi. Toblangan oyna muayyan rejim bo‘yicha termik ishlash yo‘li bilan olinadi. Bunday oynaning egilishga mustahkamlik chegarasi odatdagi oynaga nisbatan 5-8 marta, issiqlikka chidamliligi 2 marta va zarbga mustahkamligi 4-6 marta ortiq bo‘ladi. Toblangan qalin oyna eshik, to‘siqlar uchun, tomlarga yopish uchun va boshqa shu kabilarda ishlatiladi. Qalinligi 6 mm li toblangan oynaning orqa tomoniga rangli sopol bo‘yoqlar qoplansa, bunday taxtalar stemalit deb ataladi. Undan ko‘p qatlamli osma panellar, yaxlit oyna eshiklar va to‘siqlar tayyorlanadi. Taxta oynani tashish, saqlash va o‘rnatishda alohida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak. Oyna yog‘och yashiklarga, oralarga yog‘och qipig‘i solib taxlanadi. Oyna faqat tik vaziyatda saqlanadi va tashiladi. SHishadan yasaladigan buyumlar
Hozirgi vaqtda shishadan xilma-xil buyumlar tayyorlanadi: ichi bo‘sh
bloklar, shisha paketlar, oyna quvurlar, eshik tavaqalari, qoplama plitka va boshqalar. Ichi bo‘sh oyna bloklar (38-rasm) zichlangan ikkita oynani payvandlash yo‘li bilan olinadi. Kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi oyna bloklarining o‘lchamlari 294x294x98 mm gacha bo‘ladi. Bloklarning zichligi 800 kg issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘rta hisobda 0,46 VtS), yorug‘lik o‘tkazishi 50-
60% va yorug‘lik sochishi 25% ga yaqin. Bloklar rangsiz va turli ranglarga bo‘yab tayyorlanadi; ular deraza o‘rinlari va shaffof qoplamalar va to‘siqlar uchun ishlatiladi.
Oyna paketlari – oynaning ikkita yoki undan ortiq taxtalaridan iborat
qurilish buyumi bo‘lib, perimetrlari bo‘ylab metall hoshiya(ramka) bilan orasida quruq havo bilan to‘ldirilgan berk bo‘shliq hosil qilib tayyorlanadi. Oyna paketlari quyidagi taxtalardan: odatdagi deraza oynasi, toblangan, issiqlik yutadigan va boshqa oynalardan tayyorlanadi, binolarni oynalash uchun foydalaniladi. Oyna paketlaridan yasalgan derazalar terlamaydi va muzlamaydi, tovush o‘tkazuvchanligi 2-3 marta, 1 m3 deraza bloki uchun yog‘och sarfi 1,5-2 marta kamayadi, binolarning tashqi ko‘rinishi yaxshilanadi. Oyna profilit (profil oyna) qutisimon, tavr shaklidagi, qovurg‘ali va boshqa profilli oynadan yasalgan yirik o‘lchamli qurilish buyumidir (39-rasm). U o‘zaklangan qilingan yoki o‘zaklanmagan, rangsiz va bo‘yalgan oynadan uzluksiz
prokatka qilish usuli bilan olinadi. SHishaprofilit oynalar shaffof tik va yassi to‘siqlar, fonarlarni oynalashda va turar joy binolarida ishlatiladi.



Oyna quvurlar tik yoki yassi cho‘zish va markazdan qochirma shakllash
usulida tayyorlanadi. Ularning diametri 0,1-40 (yupqa) dan 50-200 mm (qalin) va uzunligi 1,5-3 m gacha chiqariladi. Ular suyuqlikning 1200S gacha haroratiga va 0,3 MPa bosimga mo‘ljallangan.
SHisha quvurlar oziq-ovqat, meditsina va ximiya sanoati va boshqa
sohalarda ishqorli suyuqliklarni chiqarib yuborish yoki tashish uchun keng ko‘lamda ishlatiladi. Oynadan yasalgan quvurlarlar shaffof gigienik va silliq bo‘ladi, bu esa suyuqlik oqimi qarshiligini kamaytiradi. Oyna quvurlar ulash va zichlash qurilmalari- muftalar, rezina manjetlar yordamida birlashtiriladi va metal tasmalar bilan siqib qo‘yiladi. Eshik tavaqalari toblangan yirik gabaritli taxta oynadan tayyorlanadi. Tavaqalarning qirralariga ishlov beriladi va yordamchi metall elementlarni mahkamlash uchun o‘yiqlar bo‘ladi. Ular savdo binolari, pavilonlar va shunga o‘xshashlarda tashqi va ichki eshiklar uchun xizmat qiladi.

Download 271.5 Kb.
1   2   3




Download 271.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shisha maxsulotlarni turlari, xossalari, ishlatilishi

Download 271.5 Kb.