|
Shovot tumani Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internati
|
Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 2,4 Mb. | | #252193 |
Bog'liq 44-dars Kiritmalar - Hamisha yaragil xalq xizmatiga,
- Bеzak bo‘l olam-u, odam zotiga.
- ( Nizomiy Ganjaviy)
- …“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
- o‘quvchilarimizni yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimli, keng mushohadali, ijodkor, eng asosiysi, savodxon qilib tarbiyalash, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish
- BUGUNGI KUNNING DOLZARB VAZIFASI:
Kiritmalar(kirish so’z) - Kiritmalar undalmalar singari gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydi, shuning uchun ko'pincha vergul va tire bilan, ba’zan esa qavs bilan, talaffuzda kichik to'xtamlar bilan ajratiladi: Essiz, shuncha mehnatlarim zoye ketdi.
Kiritmalar quyidagi ma’nolarni bildiradi: - l.So'zlovchining o'zi ifodalayotgan fikrga munosabatini (achinish, gumon, ishonch, dalillash, inkor, eslatish, xulosalash kabilar): Darvoqe, darsimiz soat 12 da tugaydi. Hali- veri yomg'irli kunlar to'xtamaydi, shekilli To'yga, albatta, boramiz.
- 2.Fikrning ahamiyatlilik darajasi, ya’ni tartibi (awalo, awalambor, nihoyat, birinchidan, ikkinchidan...): Avvalo, testga bilim va ruhiy jihatdan tayyorgarlik kо 'rish kerak.
- 3.Fikrning birovga nisbatlanishi, ya’ni birovga qarashliligi: Menimcha, bugun musobaqa o 'tkazilmaydi. Bobomning aytishicha, ilgari bu yerlar to 'qayzor bo'lgan. Tabibning tabiricha, tuzalmaydigan kasalning o'ziyo'q. Ahmadning aytishicha, bu yil dehqonchilik yaxshi bo 'ladi.
- 4.Aytilayotgan fikrga qo'shimcha axborot berish yoki izohlash (bu ko’proq kiritma gaplarda bo'ladi): Bir kuni kechqurun-bu voqea 1991-yilda bo'lgan edi eshik taqillab qoldi.O'ktam temirqo 7 (u mushti bilan g'isht ushatar edi) Nortoy polvonga qichqirdi.
- .
- Sodda kiritmalar so'z va so'z-gaplar bilan ifodalanadi. Sodda kiritmalar kiritma so'z ham deyiladi. Seningcha, bu kimning ishi bo 'lishi mumkin. Xullas, u sabr-qanoatni unutdi.
- ESLATMA: Kiritma so'zlar asosan modal so'z bilan, ba’zan tartib sonlar (birinchidan, ikkinchidan), olmosh (menimcha, seningcha) bilan ifodalanadi.
Murakkab kiritmalar so'z birikmasi, kengaygan birikmalar va gaplar bilan ifodalanadi. Shunga ko'ra murakkab kiritmalar 2 xil bo'ladi: - Murakkab kiritmalar so'z birikmasi, kengaygan birikmalar va gaplar bilan ifodalanadi. Shunga ko'ra murakkab kiritmalar 2 xil bo'ladi:
- A) Kiritma birikma: so'z birikmasi, kengaygan birikma bilan ifodalanadi: O'qituvchimizning aytishicha, bu yil kirish ballari pastroq bo ladi. Hech bir xalq bas kelolmas, mening bilishimcha, sening xalqingga Qo'shnimizning so'zlariga qaraganda, bu yil bug 'doy arzon bo ladi.
- B) Kiritma gap: gap bilan ifodalanadi: Matluba va Salima ikkovlari - o'shanda hali tong yorishmagan edi - paxtazorga qarab yo 'l olishdi. Biz (sinf rahbarimiz aytdi) ertaga sayohatga chiqamiz. Men sizga aytsam, bu topshiriqni uddalasa bo 'ladi.
- ESLATMA: Ajratilgan bo' laklar, undalma, kirishlar qatnashgan gaplar murakkablashgan gaplar deyiladi
- .
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
|
| |